1. Qòģirchoq teatri turlari
Download 4.66 Kb.
|
1. Qòģirchoq teatri turlari-fayllar.org
1. Qòģirchoq teatri turlari Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogik instituti masofadan oqitish fakulteti Maktabgacha talim mutaxassisligi 1- O kurs talabasi Ziynatdinova Hurlimanning Bolalarni saxnalastirish va ijodkorlikga òrgatish fanidan "Soya teatri". mavzusida Mustaqil ishi Fan òqitivchisi. D. ToremuratovaReja
2. Soya teatri haqida malumot 3. Soya teatri personallarin tayyorlash O'zbekistonda qo'g'irchoq teatri o'zining uzoq tarixiga ega. Bizda "Qo'g'irchoq o'yin" deb yuritiluvchi bu san'atning xususan, qo'lga kiyib o'ynatiladigan va soyasi tushiriladigan turlari o'tmishda keng tarqalgan. Chodiri, sahnasining tuzilishi, qo'g'irchoqlarining yasalishi va o'ynatilishi spektakllarning mavzusi, g'oyaviy-badiiy xususiyatlariga ko'ra ushbu teatr turlar bir-biridan xiyla farq qilsa-da, uch jihati ularni yaqinlashtirib turgan. Har bir teatr tomoshalarda musiqa muhim rol o'ynagan Bola uchun teatr har doim ham bayram, yorqin, unutilmas taassurotlardir. "Bolalikning buyuk olami" iborasi bo'sh so'z emas. Bolaning hayotida yaxshi his-tuyg'ular, o'zgarish va sehrli narsalar bilan ertak bor. Bu hikoya bolalar uchun juda yaqin va tushunarli, ular fantaziya timsolini va o'zlarining dunyoqarashlarini teatrda aks ettiradi. Guruhlarda bolalarning qo'shma va mustaqil teatr faoliyati bilan shug'ullanish uchun "Teatr burchaklari" yaratildi. Maktabgacha tarbiyachilarning shaxsiy manfaatlarini, qobiliyatlarini va ehtiyojlarini ro'yobga chiqarish uchun mavzu-makonli muhit har bir bolaning sevimli faoliyatiga yoki sevimli ishini dramatizatsiyalash huquqi va erkinligini ta'minlashi kerak Soya teatri - qo'g'irchoq teatrining o'ziga hos turlaridan hisoblanadi. Unda qo'g'irchoqlar emas balki shakllardan iborat o'yinchoqlar o'ynaydi. Tomosha qiluvchilar saxna ro'parasida o'tirib, ekranda yorug'lik orqali harakatlanayotgan soy alar: odamlar, hayvonlar va qushlar soyasini ko'rishi mumkin. Soya teatr uchun odam va hay von soyalarini bolalarning o'zlari chizib, qirqa oladilar. Bolalarga shakllarni boshlari dumlarini qimirlatadigan qilishni o'rgatish kerak, buning uchun tarbiyachi yordamida detallarni simlar bilan biriktirib, spiral holatda aylantirib qo'yiladi. Harakatlanuvchi qismlar qattiq simdan tayyorlanadi. Bunday o'yinchoqlarni shablon yordamida yoki o'zlari o'ylab, siluet chizadilar. Bolalar detallarni qirqib olganlaridan so'ng figuraga ko'zini qilish kerakligi taklif etiladi Tarbiyachi ko'z o'rnini o'tkir asbob bilan teshib beradi, bolalar qalam yoki mo'yqalam tayoqchasi bilan teshikchani kengaytiradi va yaltiroq qog'oz bilan ko'zini yelimlaydi. Bolalar yelimga qora bo'yoq aralashtirib ko'zini chizib qo'yishlari mumkin. Teatrni ko'rsatishlari uchun tarbiyachi ekranni yupqa matodan yoki kalka qog'ozidan 2x1,5 metrli ramkaga sirib tayyorlanadi. 100 voltli lampa kerak. Chiroq quti ichiga joylashtiriladi, ichini qora rangga bo'yaladi. Tarang qilib sirilgan matoga qog'ozdan dekorasiya jihozini applikasiya qilib qo'yish mumkin. Bolalar o'zlari tayyorlagan figuralarni ekranda ko'rib, shodliklari beqiyos bo'ladiki, ularning kichik shakllari mo'jiza bo'lib ko'rinadi. Soya teatrini bolalarga kattalar qo'yib beradilar Avvalo karton yoki faner orqali ekran yasalib, ekranni yupqa oq doka surp bilan tortib mahkamlanadi. So'ngra har bir guruh yoshiga mos ravishda ertakni tanlab uning qahramonlarini kartonga tushirib, juda ehtiyotkorlik bilan qirqiladi. Keyin uni qora guash bilan bo'yaladi va qirqiladi. So'ngra chiroq ya'ni yorug'lik tushirib, sahnalashtirilgan ertak namoyish qilinadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. T.: O’qituvchi. 1993. 2. Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006. 3. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. T.: Tafakkur bo`stoni 2013 N.Kayumova. Maktabgacha pedagogika. T.: TDPU 2013. 4. Nurmatova M.SH. Xasanova SH.T. Rasm buyum yasash va bolalarni tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi. “Sho’lpon” T:.2010y. 5. Nurmatova M.SH. Xasanova SH.T. D.Azimova. Ustahonada amaliy mashg’ulot. “Musiqa” T:.2010y http://fayllar.org Download 4.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling