1. Qishloq xo‘jaligida infratuzilmaning mohiyati va ahamiyati Ishlab chiqarish infratuzulmasining iqtisodiy ahamiyati
Download 90.5 Kb.
|
Qishloq xo`jaligida infratuzilmani rivojlantirishning zaruriyati va axamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Ijtimoiy infratuzilma va uning qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi roli. 1. Qishloq xo‘jaligida infratuzilmaning mohiyati va ahamiyati
Qishloq xo`jaligida infratuzilmani rivojlantirishning zaruriyati va axamiyati. Reja:
1. Qishloq xo‘jaligida infratuzilmaning mohiyati va ahamiyati 2. Ishlab chiqarish infratuzulmasining iqtisodiy ahamiyati. 3. Ijtimoiy infratuzilma va uning qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi roli. 1. Qishloq xo‘jaligida infratuzilmaning mohiyati va ahamiyati Agrosanoatda ishlab chiqarishning pirovard natijasi nafaqat bevosita qishloq xo‘jaligining rivojlanishi darajasigina emas, balki unga xizmat qiluvchi tarmoqlarning ham rivojlanishi darajasiga bog‘liq. Qishlok xo‘jaligida mahsulot hajmining ko‘payishi bilan birga moddiy –texnika resurslaridan, zarur xom–ashyolardan, yordamchi materiallardan va boshqalardan foydalanish miqdori o‘sib boradi. Xo‘jaliklarning elektro–energiyaga, transportga, aloqa vositalariga, mahsulotni saqlash uchun omborlar va boshqalarga bo‘lgan ehtiyoji ortib boradi. Qishlok xo‘jaligi ishlab chiqarishning texnika – ta’mirlash xizmatiga, moddiy–texnika ta’minoti tashkilotiga, injenerlik, zooveterinariya, agrokimyo xizmati va boshqa xizmatlar bog‘liqligi o‘sadi. Bunda qishloq xo‘jalik mahsulotlarning zarur miqdorini olishga moslashgan tarmoq va ishlab chiqarishlarni rivojlantirish bilan bir qatorda mahsulotdan samarali foydalanishni ta’minlovchi va uni iste’molchiga yetkazib beruvchi tashkilotlarni rivojlantirish ham muhimdir. Iqtisodiyotda bunday tarmoqlar va xizmatlarning to‘plamini infratuzilma deb atash qabul qilingan. Infratuzilma deganda, iqtisodiy va ijtimoiy takror ishlab chiqarishning me’yoriy sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan kompleks tarmoq va ishlab chiqarishlar tushuniladi. U ishlab chiqarish jarayonida paydo bo‘ladigan texnologik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va tashkiliy aloqalarni amalga oshirish yo‘li bilan agrosanoat majmuining samarali harakat qilishga imkon beradi. Infratuzilma jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarning ajralmas qismi hisoblanadi. U korxona va tashkilotlarniing samarali faoliyatini ta’minlaydi va agrosanoat majmuining ko‘proq va sifatliroq pirovard mahsulot olishiga yo‘naltirilgan. Yalpi qishloq xo‘jalik mahsuloti ishlab chiqarish pirovard natijada bir tomondan asosiy ishlab chiqarish fondiga va aylanma vositalar bilan, texnika bilan, jihozlar bilan, malakali mehnat resurslar bilan ta’minlash darajasiga va ikkinchi tomondan xizmat ko‘rsatadigan ishlab chiqarish va xizmatlarning darajasiga bog‘liq. Bular ichida agrokimyoviy, zooveterinariya, konsultativ, axborot va boshqa xizmatlar muhim rol o‘ynaydi. Infratuzilma qishlok xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning va uning samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biridir. Xom–ashyo, materiallar, tayyor mahsulotlarning o‘z vaqtida yetkazib berilishi ko‘p jihatdan xo‘jalik oborotida bo‘lgan resurslar hajmini aniqlab beradi. Infratuzilma tarmoqlarini vujudga keltirishning bosh shart–sharoiti mamlakat iqtisodiy potensialining umumiy o‘sishi hisoblanadi. Agrosanoat majmui infratuzilmasining ancha tez rivojlantirishning zaruriyati uning tarkibiga kiruvchi tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni o‘stirish omillarining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Industrlashtirish, kimyolashtirish, melioratsiya va ishlab chiqarishning boshqa omillarini jadallik bilan rivojlantirish, faqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish vositalarini miqdor jihatdan ko‘paytirishgagina emas, balki moddiy–pul resurslaridan ancha samaraliroq foydalanishni ta’minlaydigan xizmatlar tizimini tashkil qilishga ta’sir ko‘rsatadi. Bozor munosobatlarining rivojlanishi sharoitida infratuzilma tarmoqlari va ishlab chiqarishning vazifalari deyarli o‘zgaradi. Qishloq xo‘jaligini moddiy resurslar, texnika uskunalar bilan ta’minlash tizimi tashkil topadi. Agrosanoat majmui korxonalariga moddiy resurslarni sotish bo‘yicha harakatdagi ishlab chiqarish va xizmatlar bazasida turli xil hissadorlik (aksiyadorlik) jamiyatlari, shirkatlar va boshqalar rivojlantiriladi. Moddiy ishlab chiqarish infratuzilmasining muhim vazifasi qishloq xo‘jaligi korxonalarini asta–sekin ishlab chiqarishga xizmat qilish bo‘yicha vazifalarni bajarishdan ozod qilish va asosiy ishlab chiqarish faoliyatini kuchaytirish hisoblanadi. Infratuzilma ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirib borish va asosiy turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining sifatini yaxshilash uchun me’yoriy sharoitni yaratishga qaratilgan. Infratuzilmaga kiruvchi tarmoqlar, ishlab chiqarish jarayoniga bir xil ta’sir ko‘rsatmaydi va ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimida o‘ziga xos o‘rnini egalaydi. Shu boisdan infratuzilma tarmoqlarini, ularning asosiy belgilari bo‘yicha guruhlash amaliy ahamiyatga ega. Infratuzilmalarni turlash alohida element sifatida ham va ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimida bir butun tarmoq sifatida ularning o‘rnini aniqlash imkonini beradi. U tarmoqlararo aloqalarni o‘rganishga va asosiy ishlab chiqarish tarmoqlari va xizmat qiluvchi tarmoqlar o‘rtasida optimal nisbatni aniqlashga yordam beradi. Infratuzilma elementlarining ko‘p tomonlama harakatlarini hisobga olgan holda uni aniq bir belgi bo‘yicha turlash qiyin muammo. Agrosanoat majmui infratuzilmasining barcha elementlarini to‘rtta belgi bo‘yicha quyidagicha guruhlash tavsiya etiladi: 1.Ishlab chiqarish jarayoniga ta’siri darajasi bo‘yicha: Ishlab chiqarish Ijtimoiy 2.Hududiy belgi bo‘yicha: Xalq xo‘jaligi Region Lokal 3.Tarmoq belgisi bo‘yicha: Tarmoqlararo Tarmoq ichida 4.Funksional belgisi bo‘yicha: Sferalar(sohalar) Qishloq xo‘jaligiga xizmat qilish bo‘yicha Mahsulotni iste’molchiga yetkazib berish bo‘yicha Izoh: Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning samaradorligi keyingi boblarda kengroq o‘rganiladi. Xalq xo‘jaligi infratuzilmasi deganda, xalq xo‘jaligining samarali faoliyat ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan tarmoq va xizmatlarning tizimi tushuniladi. Bular, yirik infratuzilma kompleksi bo‘lib, mamlakat yagona energetika tizimi, yagona transport tizimi, yagona aloqa tizimi va boshqalar hisoblanadi. Ular halq xo‘jaligining elektro energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga, pochta, telegraf va transport aloqalarini me’yorida ta’minlashga xizmat qiladi. Region infratuzilmasi alohida iqtisodiy tumanlarni rivojlantirish, hududiy ishlab chiqarish komlekslarini vujudga keltirish bilan bog‘langan. Lokal yoki ishlab chiqarish infratuzilmasi alohida korxonalar faoliyatini ta’minlovchi ishlab chiqarish va elementlardan tashkil topadi. Bunga misol qilib, mashina-uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi va ta’mirlovchi, energetikaga, omborxona va sovutkichlarga xizmat ko‘rsatuvchi va ta’mirlovchi, xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichidagi qurulishlar bo‘yicha tashkilotlar va boshqalarni olish mumkin. Tarmoqlararo infratuzilma halq xo‘jaligining ko‘pchilik tarmoqlariga birinchi navbatda, transport, elektr ta’minoti, aloqaga xizmat qilishga qaratilgan. Tarmoq ichidagi infratuzulma aniq tarmoqning faoliyatiga moslashgan. Masalan, qishloq xo‘jaligining tarmog‘i sabzavotchilikni jadal rivojlantirishni urug‘chiliksiz, mahsulotni saqlash uchun zaruriy sharoitlarni yaratmasdan, texnika va uskunalarni ta’mirlash va ularga xizmat qilishni yo‘lga qo‘ymasdan amalga oshirish mumkin emas. Chorvachilikda tarmoq ichidagi ishlab chiqarish infratuzilmasida muhim o‘rinni veterinariya xizmati egallaydi. Bunday xizmatning zaruriyati asosan tarmoqda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentratsiyalashni rivojlantirish sharoitida yuzaga chiqadi. Chorvachilikda tarmoq ichidagi infratuzulmani vazifasi tarmoqni uskunalar, preparatlar, priborlar va asboblar bilan ta’minlash va shu asosda ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini keskin oshirish hisoblanadi. Bevosita qishloq xo‘jaligiga xizmat qiluvchi sohaga mashina uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi va ta’mirlovchi tarmoq va korxonalar, shuningdek transport, melioratsiya tashkilotlari, agroximiya, veterinariya, axborot xizmati, moddiy texnika ta’minoti va elektrlashtirish tizimi kiradi. Mahsulotni istemolga yetkazib beruvchi sohaga mahsulotni tayyorlash, transportirovka qilish, saqlash bo‘yicha tashkilotlar kiradi. Agrosanoat majmui normal faoliyat ko‘rsatishi yetarli miqdorda saqlash xonalarisiz katta hajmli va mayda idishlar bilan hamda boshqa qadoqlash materiallari bilan ta’minlamasdan turib ro‘yobga chiqmaydi. Download 90.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling