1. Qishloq xo‘jaligida infratuzilmaning mohiyati va ahamiyati Ishlab chiqarish infratuzulmasining iqtisodiy ahamiyati
Ijtimoiy infratuzilma va uning qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi roli
Download 90.5 Kb.
|
Qishloq xo`jaligida infratuzilmani rivojlantirishning zaruriyati va axamiyati
3. Ijtimoiy infratuzilma va uning qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi roli.
Korxonalarning sifatli ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlash xodimlarga mehnat jarayonida ham va ish kuchini takror ishlab chiqarish jarayonida me’yordagi sharoit yaratishni talab qiladi. Bu vazifani bajarish ijtimoiy infratuzilma xizmati va bo‘linmalari zimmasiga yuklatiladi. Ijtimoiy infratuzilma deganda, ishlab chiqarish jarayonida xodimlarning samarali harakat qilish uchun zaruriy sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining bir qismiga aytiladi. Ijtimoiy infratuzilmaning bosh vazifasi qishloq aholisining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yanada yaxshilashdir. Ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari bevosita pirovard mahsulot yaratishda katnashmaydi, lekin ishlab chiqarish jarayonini me’yor darajasida rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. Ijtimoiy infratuzilmaning roli shundan iboratki, ular ishlab chiqarishning malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash imkoniyatini beradi, ularni takror ishlab chiqarish va qishloq joylarida samarali ishlashlariga yordam beradi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta’minlaydi. Bo‘linmalar ham korxona xodimlari, ham ularning oila a’zolarining kommunal-maishiy ehtiyojlarini kondirish uchun sharoit yaratishda qatnashadi. Ijtimoiy infratuzilmada qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiriladi. Ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari, qishloq xo‘jalik korxonalari resurslari va aholining pul mablag‘lari hisobiga, hamda uy-joy, maktabgacha bolalar muassasalari, maktablar, madaniyat uylari, poliklinikalar, aloqa tarmoqlari va boshqalarni rivojlantirish davlat investitsiyasidan samarali foydalanish yo‘li bilan yaratiladi. Qishloq joylardagi ijtimoiy bo‘linmalar nafaqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarga, balki korxona hududida yashovchi aholining boshqa qatlamlariga ham xizmat ko‘rsatadi. Qishloqdagi ijtimoiy infratuzilma xo‘jalik hududi bo‘yicha bo‘lib-bo‘lib joylashtirilsa, ulardan samarali foydalanishni qiyinlashtiradi. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning mavsumiy xarakteri ijtimoiy infratuzilma xizmati va bo‘linmalari shunda ham o‘z izini qoldiradi. Uning yaratilishi va ratsional harakat qilish, shu ob’ektlar joylashgan qishloq xo‘jalik korxonalari iqtisodiyotining rivojlantirish darajasiga bog‘liq. Ijtimoiy infratuzilma bo‘linmalarining vujudga kelishiga xo‘jaliklar zarur bo‘lgan moddiy-pul va mehnat resurslarini ajratadilar. Qishloq xo‘jaligida ijtimoiy infratuzilma ob’ektlariga uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘linmalari tibbiyot va maktabgacha bolalar muasasalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari, o‘quv ishlab chiqarish kombinatlari, mehnat muhofazasi bo‘yicha xizmatlar, sport-sog‘lomlashtirish tashkilotlari, ishchi va xizmatchilarga xizmat qiluvchi transport, aloqa va axborot xizmatlari kiradi. Barcha xizmatlarini maqsadli yo‘naltirilganligiga, shakllanish manbalariga, hududiy joylashishiga va ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi bo‘yicha ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga xo‘jalik bo‘linmalariga joylashgan, korxona mablag‘lari hisobiga ko‘rilgan va ishlab chiqarish jarayonida xodimlarning dam olish va texnika xavfsizligi, mehnat sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan ob’ektlar tegishli. Bu guruhga brigadalar va chorvachilik fermalaridagi maishiy xonalar, bo‘linmalar umumiy ovqatlanish (bufetlar, tamaddixonalar, oshxonalar) punktlari, sog‘liqni saqlash, madaniyat va dam olish (profilaktoriyalar, tibbiyot punktlari, ma’naviyat burchaklari), yong‘inga qarshi xavfsizlik punktlari kiradi. Ular chorvachilik komplekslarida, fermalarda, ustaxonalarda, brigadalarda va dala shiyponlarida joylashtiriladi. Download 90.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling