1-qism: Har bir topshiriq 0,9 balldan


-qism: Har bir topshiriq 1,5 balldan baholanadi


Download 26.27 Kb.
bet5/9
Sana12.10.2023
Hajmi26.27 Kb.
#1699806
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-qism Har bir topshiriq 0,9 balldan-fayllar.org

2-qism: Har bir topshiriq 1,5 balldan baholanadi
11. Quyidagi qaysi voqeadan so‘ng Yevropa va Osiyoni bog‘lab turgan savdo yo‘llari ustidan nazorat
Usmoniylar imperiyasi qo‘liga o‘tadi?
A) Nikeya va Nikomediya shaharlari egallanib, Qora dengiz sohiliga chiqilganidan so‘ng
B) Misr poytaxti Qohira egallanganidan so‘ng
C) Vizantiya poytaxti egallanganidan so‘ng
D) Qrim yarimorolida Usmonlilar hukmronligi o‘rnatilganidan so‘ng
12. Alouddin Atomalik Juvayniy tomonidan Jaloliddin Manguberdi faoliyatiga bag‘ishlab yozilgan asarni
ko‘rsating.
A) “Tarixi jahonkusho”
B) “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mengburni”
C) “Vaziyati bahor Jalol ad-Din Mengburni”
D) “Al-Komil fit-tarix”
13. Ko‘rsatib o‘tilgan belgilardan qaysi biri kapitalizmga xos emas edi?
A) xususiy mulk B) bozor munosabatlari
C) tadbirkorlik faoliyatining cheklab qo‘yilishi D) demokratiya
14. 1775-yil Amerikaning Filadelfiya shahrida II Kontinental Kongress chaqirilgan bo‘lib, Kongress
qatnashchilari …
A) urush boshlashga ovoz berdilar va Amerika qurolli kuchlarining bosh qo‘mondonini tayinladilar.
B) urushni to‘xtatishga ovoz berdilar va “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni qizg‘in muhokama qildilar.
C) “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni parlamentga topshirdilar va prezidentlik lavozimiga ovoz berdilar.
D) mustamlaka shtatlarni Angliya hukumati bilan kelishtirishga, tinch yo‘l bilan mustaqillikni qo‘lga
kiritishga harakat qildilar.
15. Ma’lumki, Yaponiya 1592-yil Koreyaga qarshi hujum boshlagan edi. Lekin bu hujum samarasiz
yakunlandi. Bunga sabab nima edi?
A) Dengizda dovul turib, Yapon kemalarining halokatga uchrashi
B) Yevropa davlatlarining Koreyani harbiy qurollar bilan ta’minlashi
C) Yaponiyada boshlangan ichki g‘alayonlar
D) Xitoyning Koreyaga ko‘rsatgan harbiy yordami
16. Shayboniylar davrida devon faoliyati temuriylar davridagidek nufuzga ega emasdi. Bunga ...
A) dargohdagi mansablar mavqeyining kuchli bo‘lmaganligi sabab bo‘ldi;
B) ma’muriy tuzum yaxshi tashkil etilmaganligi bo‘ldi; C) boshqaruv sohasida muammolar borligi sabab bo‘ldi;
D) dargohdagi mansablar faqat xonga yaqin kishilardan tayinlangani sabab bo‘ldi;
17. Quyidagi javoblardan Buxoro xonligida ashtarxoniylar hukmronligi davrida ta’limga oid to‘g‘ri berilgan
javobni aniqlang.
1. XVII-XVIII asrlarda shahar va qishloqlarda ko‘plab maktablar faoliyat yuritgan;
2. o‘g‘il va qiz bolalar alohida-alohida maktablarda o‘qitilgan;
3. o‘g‘il bolalar maktablari masjidlar, madrasalar, xo‘jalik yurituvchi ustaxonalar qoshida yoki xususiy
maktabdorlar xonadonlarida tashkil etilgan;
4. qiz bolalar maktablari badavlat kishilar yoki o‘qituvchi ayollar uylarida tashkil etilgan;
5. bolalar maktabga 5-6 yoshdan berilgan;
6. bolalar maktabda 5-8 yil davomida boshlang‘ich ta’lim olganlar;
A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 6 C) 1, 2, 3, 4, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5
18. Buyuk Britaniya uchun Gibraltar bo‘g‘ozi Fransiyaning emas, balki boshqa qaysi davlat tasarrufida
bo‘lishi ma’qul edi?
A) Ispaniya B) Rossiya C) Italiya D) AQSh
19. XIX asrda Buxoro amirligi hududi shimolda qayergacha borgan?
A) Amudaryoning chap qirg‘ogi B) Sirdaryo
C) Pomir tog‘lari D) Xiva xonligi
20. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda musiqa san’ati ancha rivojlangan edi. Birgina Buxoro shahrining o‘zida
usta hunarmandlar tomonidan necha turdagi cholg‘u asboblari yasalgan?
A) o‘n besh turdagi B) yigirma turdagi C) o‘n turdagi D) o‘ttiz turdagi

Download 26.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling