Ii. Asosiy qism: XX asrning 90- yillarida Fransiyaning iqtisodiy hayoti


Download 35.16 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi35.16 Kb.
#1536956
  1   2   3   4
Bog'liq
Ravshan


I.Kirish.
II.Asosiy qism:
1.XX asrning 90- yillarida Fransiyaning iqtisodiy hayoti.
2. XX asrning 90- yillarida Fransiyaning siyosiy rivojlanishi.
3.Fransiyaning tashqi siyosatidagi pozitsiyasi.Davlat rahbarlarining olib borgan siyosati.
III.Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
1988 yilda bo‘lgan ikkala saylov kompaniyasidagi muvaffaqiyatlariga qaramasdan, FSP a'zolari faoliyatidamarkazdan kuchish tendensiyasi kuchaygani ko‘rindi. Hukumat boshlig‘i M. Rokar "birgalikda yashay olish" yillaridao‘zining partiyadagi mavqeini mustahkamlashga erishdi. Rokar xukumati ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda keskinharakatlar qilishdan qochdi. U na xususiy biznesning rivojlanishini va na davlat sektorining qayta tiklanishinixoxladi. Rokarning bu yo‘li "yo‘q-yo‘q" degan nom oldi. Bunday murosachilik siyosati ham o‘nglar tomonidan, ham FSPda tanqidga uchradi.1990 yil kuzidan FSPda antirokar oppozisiya kuchaydi. Oppozisiya lideri Rokarning iqtisodiy siyosatidannorozi bo‘lib, xukumat tarkibidan namoyishkorona chiqqan Edita Kresson edi.
Mamlakat Prezidenti Kressonni so‘lxukumat va partiya ichida birlikni saqlaydigan harakatchan shaxs sifatida baholab, 1991 yil 15 mayda unga prem'erministrlik lavozimini topshirdi. Edita Kresson xonim takabburlik bilan Fransiya sanoatini rivojlantirishdasturini ilgari surdi. Uning ba'zi g‘oyalari gollchilarning bundan o‘n yillar oldingi quruq safsatasiningtakrorlanishi edi. Kresson yuqori texnologiyaga ega bo‘lgan sanoat tarmoklarini va fransuzlarning Yevropa hamdauchinchi dunyo mamlakatlari bilan olib borayotgan agressiv savdo ekspansiyasini ximoya qilish siyosatini qo‘llabquvvatladi.


I.Asosiy qism:
XX asrning 90- yillarida Fransiyaning iqtisodiy hayoti. Biroq Kressondan fransuz "temir xonim"i chiqmadi. 1991 yil oxirida uning reytingi 20% ga tushibketdi. Prezident Mipsranning ham reytingi 25% ga tushdi. 1992 yil yanvarida FSP raxbarligiga L. Fabiusninigkelishi ham partiyaning obro‘sini saqlab qola olmadi.1992yil martdagi munisipal' saylovlarda sosialistlar faqat 18% ovoz oldi, xolos. 1990 yilda "Fransiya uchunittifoq" konfederatsiyasiga birlashgan SFD va OPR o‘ng bloki saylovchilar ovozining 30% ini, kommunistlar 8%ini oldilar.1993yil martida Milliy Majlisga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovda o‘nglar ishonarli g‘alabani qo‘lga kiritdi.577 mandatdan 484 tasini o‘ng partiyalar (OPR - 247, SFD - 213, ularni qo‘llab-kuvvatlagan gruppalar 24 mandat)egalladi.
Milliy Majlisda FSP - 54, FKP 26 mandatga ega bo‘ldilar. 1993 yil Parlamentga bo‘lgan saylovlarda ham o‘nglar g‘alaba qildi va Eduard Valadyur boshchiligida xukuma tuzildi. Valadyur ishsizlikka qarshi kurash va sinish yoqasida turgan ijtimoiy sug‘urtani saqlab qolishnixukumatning vazifasi deb bildi. Moliyaviy bazani mustaxkamlash uchun davlat zayomi chikarildi, natijada 110 mlrdfrank mablag‘ yigildi. Benzin va spirtli ichimliklarga egri soliqlar oshirildi. "Ijtimoiy ehtiyojlar" (barchadaromadlarni ko‘zda tutgan) solig‘i joriy qilindi. Hukumat idoralarida ishlayotganlarga sarflanayotgan mablag‘nitejash kompaniyasi va xususiylashtirish ishlari boshlandi. 1993 yildan davlat sektoridagi anchagina korxonalarxususiylashtirildi. Xukumat Yevropa Ittifoqidan bo‘lgan xorijiy sarmoyachilarning aksiyalarni sotib olishiga yo‘lochib berdi.
Bu esa chet el sarmoyalarining mamlakat ichkarisiga kirib kelishiga imkoniyat yaratdi. Ko‘rilgan barchachora-tadbirlar tufayli davlat byudjetidagi tanqislikning kamayishiga va yangi ish o‘rinlarining yaratalishiga olibkeldi. Xukumat mamlakatga immigrantlarning kirib kelishining oldini olish choralarini ko‘rdi. Immigrantlarning noqonuniy ravishda ish joylarini egallab olishlariga qarshi kurash olib bordi. Valadyurningbu siyosati mamlakatda keng omma tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Xukumatning qo‘llab-quvvatlanishi iqtisodiyo‘sishda ham aks etdi.1994yilda inflyasiya yillik darajasi 1,8% ga pasaydi, ishsizlik kamaydi, Yalpi ichki mahsulot 2,9% ga o‘sdi,byudjet tanqisligi pasaydi. Valadyur Prezidentlikka asosiy da'vogarlardan biri bo‘lib qoldi.
1995yili Prezidentlikka saylovning birinchi turi Saylovning ikkinchi turi Shirak bilan Valadyur o‘rtasida bo‘lib, Shirak. - 20,6%, Valadyur 18,5% ovoz oldi va1997 yil may-iyun oylarida Parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovda o‘ng partiyalar qattiq mag‘lubiyatgauchradilar. Sosialistlar lideri L. Jospen boshchiligidagi so‘llar g‘alaba qilib, 252 deputatlik mandati(kommunistlar - 39, ekologlar - 7) bilan Parlament va hukumatda ko‘pchilik o‘rinni egallashdi. L. Jospenboshchiligidagi "pushti-qizil-yashil"lar ittifoqi harakatchan va ishchan chiqdi. 1997 yili o‘nglar qarshiligigaqaramay, Jospen yirik korxonalarning daromadiga solinadigan soliqlar miqdorini 15% ga oshirdi. 1997 yilnatijalariga ko‘ra, sanoat ishlab chiqarishi 1996 yilgi 1,7% ko‘rsatkichga qarshi o‘laroq 6,7% o‘sishga erishildi. 2000yili 35 soatlik ish kupi to‘g‘risida qonun kuchga kirdi. Buning natijasida 100 ming o‘rinli ish joylari yaratildi.Ishsizlar sonini 10% ga qisqartirishga erishildi.XX asr 90- yillari oxirida Fransiyaning siyosiy hayotida bir qancha shov-shuvli janjallar bo‘lib o‘tdi. F.Mitteranning qonunga xilof ravishda siyosiy raqiblarning telefondagi gaplarini yozib olish to‘g‘risida buyruqberganligi ma'lum bo‘ldi.
Mitteranni Mudofaa vaziri Sharl' Ernyu Bolgariya, Ruminiya va SSSRga xizmat qilayotganjosus sifatida fosh qilindi. 2000 yil dekabrida Mitteranning ug‘li Jan Kristof xalqaro savdodagifiribgarligi uchun turmaga tashlandi. 2001 yil yanvarida Mitteranning do‘sti - Tashqi ishlar vaziri Rolan Dyumaporaxo‘rlikda ayblanib, sud qilindi. FKP liderlari J. Marshe va R. Yular partiyani yashirin ravishda mablag‘ bilanta'minlab turishda ayblanib, sud qilindi. 2002 yilning 5 may kuni Fransiyada Prezidentlik uchun uzoq davom etgan saylovoldi kurash o‘z nihoyasiga yetdi.Saylov natijasi, xususan, amaldagi Prezident J. Shirak 82% dan ortiq ovoz olib mamlakatni yana besh yilboshqarish huquqini qo‘lga kiritdi. Unglar nomzodi Le Pen mag‘lubiyatga uchradi. To‘g‘ri birinchi bosqichda Le Penma'lum muvaffaqiyatga erishgandi.
Telemuloqotlarda raqiblar bir-birlarini tanqid qilish, ta'bir joiz bo‘lsa,"tomorqasiga tosh otish" bilan ham mashg‘ul bo‘lishdi. Bu - Fransiya saylov tizimi uchun tabiiy bir hol. Ikki nomzodo‘rtasidagi kurashda ularning saylovchilarga bergan saylovoldi va'dalari ham muhim ahamiyat kasb etdi. Fransiyaxalqi tajribali siyosatchi bo‘lgan Jak Shirakni tanladi.2007 yil 6 may kuni Fransiyada navbatdagi Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu safarso‘llar nomzodi sosialist Segolen Ruayal xonim o‘nglar nomzodi Nikola Sarkoziga qarshi turdi. Ikkinchi bosqichda saylovchilarning 53% ovozini olgan N. Sarkozi mamlakat Prezidenti etib saylandi. Liberal yo‘nalishdagi o‘ngkuchlar nomzodining g‘alabasi uzok yillardan beri iqtisodiyotda keng kamrovli islohotlar o‘tkazilishini kutayotgan. qatlamning muvaffaqiyati bo‘ldi. Yangi davlat rahbari mamlakatda radikal va hatto jiddiy o‘zgarishlarni amalgaoshirishga kirishdi. U bu bilan turg‘unlikni boshidan kechirayotgan Fransiyani yana jahondagi raqobatbardoshmamlakatlardan biriga aylantirish niyatida ekanligini ko‘rsatdi. Mutaxassislarning fikricha, Jak Shirak,hakiqatan xam, o‘z vorisiga murakkab vaziyatdagi mamlakatni qoldirdi. Buning ustiga, 2008 yil yozidan boshlanganjahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi murakkab vaziyatni yanada og‘irlashtirdi.
Bir tomondan, Fransiya ijtimoiytizimi o‘ta rivojlangan, iqtisodiy taraqqiyot bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinda tursa-da, davlatchilikning ijtimoiysohaga yo‘naltirilganligi jamiyat zimmasiga yil sayin og‘ir yuk bo‘lib tushyapti. Moliyaviy institutlar ma'lumotigaKaraganda, ijtimoiy ta'minotga berilayottan bu qadar katta e'tibor iqtisodiyotning raqobatbardoshligini izdanchiqaryapti. Ikkinchidan, G‘arbiy Yevropaning yetakchi mamlakati savdo taqchilligidan aziyat chekmoqdaki, oqibatda
milliy iqtisodiyotning o‘sishi Yevropa Ittifoqidagi ayrim mamlakatlar bilan solishtirganda, uncha katta emasligisezilib qolmoqda. Uchinchidan, Fransiyadagi ishsizlik darajasi rivojlangan mamlakatlar orasida eng yuqori bo‘lib,ishlash qobiliyatiga ega yoshdagilarning atigi 68% i doimiy ish bilan ta'minlangan. Ishsizlik darajasi 2010 yilda10% dan oshib ketdi. To‘rtinchidan, byudjetdagi taqchillik, frankning qadrsizlanib borishi va soliqdarning og‘iryuki mamlakat iqtisodiyotani og‘ir ahvolga solib qo‘ydi.
Biroq, shunga qaramay, Fransiya Yevropa qit'asidagi engkuchli iqtisodiyotga ega ikkinchi mamlakat hisoblanib, jahonda YaIM salmog‘i jihatidan beshinchi o‘rinii egallabyuqori, Yevropaning yuqori texnologik rivojlangan mamlakatlaridan biri hisoblangan Fransiya mudofaa, aerokosmik texnika va elektronika sohalarida G‘arbiy Yevropa sanoati yutuqlarini o‘zida mujassam etdi. Fransiya yadro-energetik texnologiyalar va atomelektrostansiya eks porti bo‘yicha ham dunyoda yetakchi mamlakatlardan biridir. Fransiya o‘zining ilmiy-texnikayutukdari: zamonaviy aviasiya, o‘ta tezyurar poezdlari, birinchi klassli "Reno", "Sitroen", "Pejo" avtomobillari,ilg‘or kemasozlik sanoati bilan ham ajralib turadi.XXI asrning boshlarida dunyo miqyosida yaratilgan zamonaviy texnika va texnologiyalarning 5,1% i Fransiya hissasiga to‘g‘ri keladi.Fransiya aholisining 6% i qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadi. Ishlab chiqarish texnikalari bilan yaxshiqurollanganlik va agrokimyo fani yutuqlarini joriy etish tufayli mamlakat aholisi qishloq xo‘jaligimahsulotlari bilan to‘la ta'minlangan, hatto chorvachilik mahsulotlari eksportga jo‘natiladi. Aholining 85% iniyollanma mehnat kishilari: ishchilar, xizmatchilar, ziyolilar tashkil etadi.
Fransiya va xalqaro munosabatlarning hozirgi tizimi XX asr 80- yillar oxiri 90- yillar chegarasida Fransiya diplomatiyasi bir qancha muammolarga duch keldi. Jahonsosializm sistemasining yemirilishi, SSSRda boshlangan siyosiy inqirozlar jarayoni Parijni befarq qoldirmadi.Mitteran separatizm (ajralib chiqishga urinish) va millatchilikning har qanday ko‘rinishlariga qarshi chiqdi.


Download 35.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling