Ii. Asosiy qism: XX asrning 90- yillarida Fransiyaning iqtisodiy hayoti


XX asrning 90- yillarida Fransiyaning siyosiy rivojlanishi


Download 35.16 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi35.16 Kb.
#1536956
1   2   3   4
Bog'liq
Ravshan

2.XX asrning 90- yillarida Fransiyaning siyosiy rivojlanishi.Shu sababli fransuz diplomatiyasi SSSRdagi gorbachyovchilik boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatladi. Rossiya PrezidentaB. Yel'sin ta'sirining oshib borayotganini "payqamadi". 1992 yil B. Yel'sin rasmiy tashrif bilan Fransiyaga bordi.
Muzokaralar chog‘ida har ikkala tomon o‘zaro ishonch ruhida munosabatlarni rivojlantirish to‘g‘risida kelishibkayfiyati saqlanib turdi.Bunaqa kayfiyat, ayniqsa, 1993 yili Moskvada bo‘lgan vokealar paytida yaqqol ko‘rindi.Parij xuddi shunday siyosatni Yugoslaviyaning parchalanishi davrida ham yuritdi. Fransiya diplomatiyasiSerbiyaga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘ldi. Hatto qurolli to‘qnashuvlar boshlanib ketgandan keyin ham Parijdashu kayfiyat saqlanib turdi. Bosniyada urush ketayotgan vaqtda, Mitteran tinchlikparvar kuchlardan belgilanganmandat qoidalaridan chiqmasdan harakat qilishni talab qildi. Hatto, urush xavfiga qaramasdan, Mitteran shaxsan o‘qyomg‘irlari ostida qolgan Saraevoga bordi. Mitteran oldida xalqaro munosabatlarning yangi tyzimida, ya'ni AQSh vaNATOning xalqaro munosabaglardagi ta'siri o‘sib borayotgan bir paytda, Fransiyaning o‘rnini aniqlab olishdekvazifa turardi. Ayniqsa, mahalliy qarama-qarshiliklar kuchayib, Bolqon va Fors qo‘ltig‘ida urushlar ketayotgan birpaytda bu muxim edi. Fors qo‘ltig‘idagi urush Yevropa davlatlari tashqi siyosatining Vashington ta'siriga tushibqolganligini ko‘rsatdi.
Hatto Fransiya ham, Iroq bilan iqtisodiy va harbiy-siyosiy sohalardagi an'anaviyaloqalarga qaramay, Iroqqa qarshi koalisiyada qatnashishga majbur bo‘ldi. Keyingi yillarda Mitteran ilojiboricha mustaqil tashqi siyosat yuritishga harakat qildi. AKSh bilan munosabatlarda ma'lum darajada sovuqlikpaydo bo‘ldi. 1991 yili Fransiya Prezidenti AQShning Yevropa ishlariga aralashishiga, xususan, sobiq sosialistikdavlatlarga yordam berish bahonasida ichki ishlariga aralashishiga namoyishkorona qarshi chiqdi. 1992 yili Fransiyava AQSh "savdo urushi" holatiga kelib qoldi.

Yevropa ishlariga gegemoncha kayfiyatda aralashishiga javoban,Fransiya Xukumati AQShning YeIH bilan tuzadigan shartnoma va bitimlari Fransiya iqtisodiy manfaatlariga zidkelsa, unga qarshi veto berishini ma'lum qildi.1994 yildan boshlab, Mitteran gollchilarga tashabbusni berib qo‘ya boshladi va "Tinchlik uchun hamkorlik"Dasturiga ko‘shilishga hamda Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan aloqalarni faollashtirish al'yansiga qo‘shilishgamajbur bo‘ldi.


Usha yili Parijda "Mudofaa qilishning Oq kitobi" nashrdan chiqsi. Yangilangan fransuzdoktarinasi Fransiya yadro qurolining avtonomiyasini va milliy hududlar manfaatlarini himoya qilishni ko‘zdatutar edi. Fransiya Hukumati Yevropa Ittifoqini shakllantirish muzokaralarida va Maastrixt Bitiminingimzolanishida o‘z hissasini qo‘shdi. Mitteranga mamlakat ichkarisidagi qarshiliklarni ham yengib o‘tishga to‘g‘rikeldi. Nihoyat, 1992 yil sentyabrida umummilliy referendumda YeI Shartnomasi qo‘llab-quvvatlandi va ratifikasiyaqilindi.90- yillarning o‘rtalarida bo‘lgan hokimiyat o‘zgarishi (J. Shirakning Prezident bo‘lishi) ham tashqi siyosatdabiron-bir o‘zgarishga olib kelmadi. J. Shirak ham F. Mitteranning tashqi siyosiy yo‘lini tutdi. Fransiya-AQShmunosabatlari 1998 yilda yanada yomonlashdi. Parij NATOning Yugoslaviyaga qarshi operatsiyasini va Serbiyahududining bombardimon qilinishini qattiq qoraladi. Fransiya Yevropada yagona pul birligi uchun kurashdi. J.Shirak tashqi mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va shu orqali mamlakat xalq xo‘jaliginirivojlantirishni ko‘zladi. Faqat 1996 yilning o‘zida Shirak tashqi mamlakatlarga 15 ta rasmiy tashrif uyushtirdi.Natijada bir yil ichida tuzilgan shartnomalardan 100 mlrd frank (16 mlrd frankni bevosita Shirakning xizmatibilan) mablag‘ mamlakat iqtisodiga kelib tushdi.
Ayniqsa, 1996 yilda Shirakning Yaponiyaga rasmiy tashrifi kattaaks-sado berdi. Tashrif ikki o‘rtadagi taranglashgan munosabatlarga chek qo‘ydi va 1997 yil Fransiyada "Yaponiyayili", 1998 yil Yaponiyada Fransiya yili deb e'lon qilindi. Fransiya-Xitoy munosabatlarida ham muvaffaqiyatlarqo‘lga kiritildi. 1996 yil XXR raisi Li Pen Parijda J. Shirak bilan muzokaralar olib bordi.

1997 yil Shirakjavob tashrifi bilan Pekinga bordi. Shu vaqtdan boshlab kosmik texnologiya, sanoat ob'ektlarini qurish vaaviasozlik bo‘yicha Fransiya-Xitoy hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.1997-1998 yillardan boshlab Fransiyaning arab davlatlari bilan aloqalari faollashdi.


FransiyaPrezidentining shaxsan tashabbusi bilan Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirligi va Suriya davlatlarigaqurol-yarog‘ sotish bo‘yicha olib borilgan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi. Shirak Jo‘lon tepaliginingSuriyaga qaytarilishini, mustaqil Falastin davlatining tuzilishini qo‘llab-quvvatladi. Natijada FransiyaningIsroil bilan munosabatlari yomonlashdi.Shirak 1997 yil sentyabrida Moskvaga rasmiy tashrif bilan keldi. Rossiya Prezidenti bilan shaxsiy do‘stlashuvyuzaga keldi. 1998 yili Moskva yaqinidagi Rossiya-Fraisiya-Germaniya davlatlarining uch tomonlama uchrashuvi, "Katta sakkizlik" Sammitining Birmingem uchrashuvlari davlatlarni bir-biriga yaqinlashtirdi. Birok Checheniston urushitufayli Fransiya-Rossiya munosabatlariga sovuqlik tushdi. 1999 yil noyabrida shaxsan Shirakning tashabbusi bilanYeXXTning Istambul Sammitida Rossiyaga qarshi sanksiya qabul qilindi. Faqat Rossiyaning yangi Prezidenti V.Putinning 2000 yil okgyabrida Parijga rasmiy tashrifi ikki o‘rtadagi munosabatlarni ma'lum darajada yaxshiladi.
2008 yil avgustida Janubiy Osetiya masalasida Rossiya bilan Gruziya o‘rtasida kelib chiqqan urush Fransiya-Rossiyamunosabatlarida sovuqlikni keltirib chiqardi. Bugungi Fransiya Yevropaning emas, balki jahonning yetakchi, davlatlaridan biridir. U xalqaro munosabatlarningyangi arxitekturasining shakllanishida, dunyoda bo‘layotgan geosiyosiy va geoiqtisodiy jarayonlarga salmoqli ta'sirko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, Fransiya BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zosi, shuningdek, NATO, YeI vaYeXHTlarning nufuzli a'zosi bo‘lib, ushbu tashkilotlarda o‘zining alohida siyosiy yo‘liga egaligi bilan ajralibturadi.



Download 35.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling