1-qism: Har bir topshiriq 0,9 balldan


Download 26.27 Kb.
bet1/9
Sana12.10.2023
Hajmi26.27 Kb.
#1699806
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-qism Har bir topshiriq 0,9 balldan-fayllar.org


1-qism: Har bir topshiriq 0,9 balldan

11-sinf
1-qism: Har bir topshiriq 0,9 balldan


1. Qachon BMT rahnamoligida Orol bo‘yi mintaqasi uchun maxsus jamg‘arma tuzildi?
A) 2021-yil B) 2001-yil C) 2018-yil D) 2000-yil
2. Quyidagilardan qaysi biri Rimdagi Xalq majlisi vakolatlariga kirmaydi?
A) Barcha muhim mansabdor shaxslarni tayinlash B) Yangi qonunlarni tasdiqlash
C) Sulh tuzish D) Armiyaga, inshootlarga mablag‘ ajratish
3. Toshkent shahrida Zulfiya Zokirova va uning frontdan qaytmagan besh o‘g‘li, sadoqatli kelinlari
xotirasiga atab bunyod etilgan muhtasham haykalga qanday nom berilgan?
A) “Matonat madhiyasi” B) “Motamsaro ona” C) “Qahramon ona” D) “Hazrati inson”
4. XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligida sudlov, notarial ishlari, ta’lim muassasalarini kimlar
boshqargan edi? A) Qozilar B) Raislar C) Ruhoniylar D) Muftiylar
5. Bir davrda bo‘lgan voqealarni toping.
A) Xan imperiyasi quladi, Rim imperiyasining kuch qudrati zaiflasha boshladi
B) Zama jangi bo‘lib o‘tdi, Buyuk ipak yo‘li vujudga keldi
C) Plateya jangi, Buyuk Xitoy devorining qurilish ishlari boshlandi.
D) salavkiylar davlatiga asos solindi, Rimning barcha fuqarolari mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida teng
6. Quyidagi qaysi tarixiy voqelik O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va ommaviy axborot vositalari
xodimlari kuni nishonlanishiga asos bo‘lgan?
A) «Turkiston viloyatining gazeti» chiqa boshlashi
B) «Taraqqiy» gazetasining birinchi soni chiqishi
C) Ilk bosma to‘plam «Taqvim»ning chop etilishi
D) «Tarjimon» jurnalining chop etilishi
7. Buyuk davlatlarning o‘zgalar hududlarini, bozorlarini, xomashyo manbalarini bosib olishga, siyosiy va
iqtisodiy ta’sir doiralarini kengaytirishga qaratilgan siyosatlarini anglatuvchi atamani toping.
A) demobilizatsiya B) anneksiya C) irredentizm D) ekspansiya
8. Turk xoqonligining Sosoniylar va Vizantiya bilan yaqinlashuviga sabab bo‘lgan siyosiy vaziyatni
aniqlang.
A) Turk xoqonligining ikkiga bo‘linib ketishi
B) Eftallar bilan to‘qnashuvning muqarrarligi
C) Sosoniylar va Vizantiya bilan savdo-sotiq aloqalarining manfaatliligi
D) Bu davlatlar o‘rtasida diniy yaqinlikning mavjudligi
9. Nemis knyazlari tomonidan Fridrix II qirol deb tan olinganidan necha yil o‘tib, u imperator deb e’lon
qilingan? A) 12 yil B) 8 yil C) 10 yil D) 11 yil
10. Islom olamida “musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovor bo‘lgan
allomani aniqlang.
A) Burhoniddin al-Marg‘inoniy B) Imom al-Buxoriy
C) Mahmud az-Zamaxshariy D) Abu Mansur al-Moturidiy

Download 26.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling