1-qism Qarshi 2010 «Kasbiy ta’lim va o‘qitish uslubiyoti»


Download 144.61 Kb.
bet44/69
Sana09.01.2022
Hajmi144.61 Kb.
#262977
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   69
Bog'liq
psixologiyad004

Diqqatning xususiyatlari. Diqqat ko‘p tomonli jarayondir. Uning asosiy xususiyatlaridan biri diqqatning barqarorligi va tebranishiga to‘xtalib o‘tamiz.

Diqqatning davomiyligi va uning tebranishi nimalarga bog‘liq. Ayrim tadqiqotchilar diqqatning davomiyligini sof biologik ritm (tebranish)lar bilan bog‘lashga intilganlar. Diqqatning tebranishi odatda bilinar-bilinmas qo‘zg‘atuvchilar orqali o‘rganiladi. Masalan, soatning chiqillashiga quloq solsak, ovoz kuchayadi, ba’zan kuchsiz eshitildai. Bu tebranishlar bir kadar barqaror harakaterga ega. Ularning davomiyligi 1,5 sekunddan 2,5 sekundgacha yetadi. Bu tebranishning mexanizmi diqqatning tebranishi bi­lan emas, balki sezgi a’zoalrining vaqti-vaqti bilan toliqishi va ularning o‘zidagi biologik tebranish bilan bog‘liqdir.

Boshqa tomondan esa diqqatning tebranishi, yetarli darajada barqaror bo‘lmasligi diqqatning ob’ekti bilan ham bog‘liq. Masalan, diqqatni biror harakatsiz narsa ustida uzoq vaqt to‘xtatib turib bo‘lmaydi.

Diqqatning o‘zgaruvchanligi va tebranish ikkilanma (masalan, kesik piramida tasviri) tasvirlarda yaxshi ko‘rinadi agar diqqatimiz biror o‘zgaruvchan faoliyatga yo‘naltirilgan bo‘lsa, masalan koptok o‘yinini tomosha qilayotgan bo‘lsak, diqqatni barqaror emas deya olamizmi? Yo‘q bu holda diqqatimiz dinamik harakatga ega bo‘lgan bir ob’ektga nisbatan barqaror yo‘naltirilgan. Garchi diqqat biror ob’ekt ustida uzoq vaqt davom- ida to‘xtab tura olmasa ham, lekin diqqat uzoq vaqt bitta faoliyatning o‘zida to‘planib turishi mumkin.

Diqqatning barqarorligi uchun bajarilayotgan faoliyatning aktivligi nixoyatda katta ahamiyatga ega.

Diqqatning barqarorligi - uning biror obekt ustida uzoq vaqt davomida to‘planib turishini ko‘rsatuvchi xususiyatdir.

Diqqatning bo‘linishi (taqsimlanishi).Diqqatning bo‘linishi - psixik faoliyatning shunday tashkil qilinishiki, bunda ayni bir vaqtning o‘zida ikkita va undan ham ko‘p ish-harakat bajariladi. Diqqatning bo‘linishiga mi- sol: bir vaqtning o‘zida arifmetik hisoblarni bajarish va biror qo‘l mehnati turini bajarish. O‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, diqqat­ning taqsimlanishining samaradorligi bir qancha omillarga bog‘liq ekan. Shular orasidan eng katta rol o‘ynaydiganlari: kishining diqqatining individ­ual xususiyatlari (diqqatning rivojlanganligi) bajarilayotgan ishlardan birortasining avtomatlashganlik darajasi. Bajarilayotgan ishlardan birortasi juda yaxshi o‘zlashtirilgan bo‘lsa, u diqqatni taqsimlashda ko‘p murakkablik tug‘dirmaydi. Shu sababli ko‘pchilik sohalarda birinchi davrda ishni o‘zlashtirish, bir vaqtning o‘zida bir qancha ishlarni bajarish, ularni boshqarish va muvofiqlashtirish juda qiyin kechadi. Faoliyat o‘zlashtirilib borilgach ko‘p takrorlanadigan ish harakat avtomatlashadi, ular maxsus ongli nazoratni talab qilmaydi. Shu sababli kishi ishni bajarish davomida boshqa narsalar haqida o‘ylashi, kuylashi, ishga «e‘tibor bermasdan» ish- lashi mumkin.

Diqqatning ko‘chishi. Diqqatning muhim xususiyatlaridan biri, uning ko‘chishidir, ya’ni bir faoliyat turidan boshqa bir faoliyatga tez o‘tish qobiliyatidir. Diqqatning ko‘chirilishiga ba’zan aynan bir vaqtning o‘zida idrok qilinadigan, ikkita o‘zaro farqlanadigan qo‘zg‘atuvchini aks ettirishda murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Misol tariqasida kompliekatsiya deb atalgan tajribani ko‘rsatish mumkin. Tajribada 100 qismga bo‘lingan tsifrblat bo‘ylab strelka tez aylanib turadi, ayni shu tez aylanish davomida tsifrblat- ning qaeridadir qo‘ng‘iroq chalinadi. Tekshiriluvchi qo‘ng‘iroq chalinganda strelka tsifrblatning qaysi bo‘lagida turganini aniqlashi kerak. Bu ishni aniq bajarish juda qiyin. Turli tekshiriluvchilar turlicha aniqlaydi, biri 35- bo4 lagida desa, boshqasi 25-bo‘lagida deyishi mumkin. Hayotda esa diqqat­ning ko‘chishi ikkita narsani (ob’ektni) to‘g‘ri idrok qilishga yordam beradi. Masalan, notiqqa qarash va uni eshitish ancha yengil bo‘ladi; bu yerda eshit- ish va ko‘rish qo‘zg‘atuvchilarn bir-birini kuchaytiradi.

Diqqatning chalgishi-diqqatning ongli ravishda ko‘chishiga butunlay o‘xshamaydi. Shu sababli ularni adashtirib yuborib bo‘lmaydi. Diqqatning osonlik bilan chalg‘ishi, uning yetarli darajada barqaror emasligidan darak beradi. Albatta kuchli, kutilmagan, umuman ixtiyorsiz diqqatni keltirib chiqaradigan sabablar diqqatning chalg‘ishiga olib keladi. Ammo diqqatning o‘ta tez bo‘linishi (chalg‘ishi), uning barqaror emasligi faoliyatga o‘qishga xalaqit beradi.

Parishonxotirlik. Parishonxotirlik diqqatning salbiy tomonlaridan biri- dir. Parishonxotirlik ikki turi farqlanadi. Birinchisi, biror ishga (fikrga, uyga) nihoyatda berilib ketish natijasida kishining atrofdagi narsalarga, voqealarga va kishilarga e‘tibor bermasligi.

Parishonxotirlikning tomoman boshqa holati- kishining biror narsa us- tida diqqatni doim o‘tib ketaverishidir. Katta kishilarda bunday parishonx- otirlik toliqqan paytlarda uchraydi. Bolalarda esa diqqatning to‘g‘ri rivojlanmaganligi oqibatida bu xususiyat shakllanishi mumkin. Bundan tashqari parishonxotirlikning bunday turi ruhiy kasallik holatlarida ham uchrashi mumkin.




Download 144.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling