1-qism Qarshi 2010 «Kasbiy ta’lim va o‘qitish uslubiyoti»


Kurs uchun mavzular va ularga ajratilgan soat


Download 144.61 Kb.
bet2/69
Sana09.01.2022
Hajmi144.61 Kb.
#262977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
psixologiyad004

Kurs uchun mavzular va ularga ajratilgan soat



Mashg‘ulot mavzulari

Ajratilgan

soat

1.

Psixologiya fanining predmeti va fanlar tizimida tutgan o‘rni

2

2.

Hozirgi zamon psixologiya fanini tuzilishi, metodlari

4

3.

Biologik evolyutsiyada psixikaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi

4

4.

Shaxsning tuzilishi va shakllanishi. Shaxs psixologiyasi

4

5.

Shaxs faoliyati. Faoliyat haqida umumiy tushuncha

4

6.

Guruh va jamoa psixologiyasi

4

7.

Diqqat. Diqqat haqida tushuncha

2

8.

Shaxsning bilish jarayonlari. Sezgi

2

9.

Idrok: idrok haqida tushuncha

2

10.

Xotira. Xotira haqida tushuncha

2

11.

Tafakkur. Bilish faoliyatining oliy shakli-tafakur haqida tushuncha

2

12.

Nutq va muloqot

2

13.

Xayol. Xayol haqida tushuncha

2




Jami soat

36

KIRISH

XXI asrning buyuk o‘zgarishlar davri bo‘lishiga shubha yo‘q. Bu o‘zgarishlar avvalo inson tafakkurida, uning fikrlash tarzida ro‘y berishi muqarrar. Tabiiyki, bu holat shaxs ma’naviyati va u orqali jamiyatning ma’naviy qiyofasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. O‘zbekiston Respu- blikasining Prezidenti I.A.Karimov milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish ishining hayotiy zarurati va dolzarbligi haqida gapirar ekanlar, «Milliy g‘oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo‘lishimiz zarur», deb alohida ta’kidlaydilar. Bu vazifalar, birinchi navbatda kelajakning bun- yodkorlari bo‘lmish yosh avlodning bilim olish, yuqori malakali kadrlar bo‘lib o‘z yurti va xalqiga sitqidildan xizmat qilish, ozod yurt ravnaqi va baxt saodati uchun halol mehnat qilishga o‘rgatishni nazarda tutadi. Zero, mustaqillik aynan fidoiy, o‘z Vatani manfaatlariga g‘oyat sadoqatli, yuqori malakali kadrlarning jamiyatni boshqarishni taqozo etadi.

Ushbu ma’ruzalar matni ham mustaqillikning bizga yaratgan cheksiz imkoniyatlari, ijodiy va mustaqil tafakkur qilishning dastlabki mevalaridan bo‘lib, u jamiyatning yangilanishi davrida inson ma’naviyati va ruhiyatida ro‘y beradigan o‘zgarishlarning psixologik tabiatini anglashga yordam be- radi. Mustaqil O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ish- lari, shaxs kamoloti uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar uning o‘zligini an- glab borishi va o‘z ustida muttasil ishlagan tarzda yurt ravnaqi va Vatan tar- aqqiyoti uchun fidokorona mehnat qilish uchun iqtidori va aqli shuurini sa- farbar etishga undaydi. Islohotlar va ularning tom ma’nodagi mohiyatini esa birinchi navbatda yoshlar, ularning ilg‘or vakillari bo‘lmish talaba-yoshlar anglaydilar. Chunki zamonaviy kadrlar oldiga qo‘yiladigan eng muhim vazi- falardan biri - malakali mutaxassislar sifatida o‘zligini, o‘z qobiliyatlari, in- dividualligi, shaxsiy fazilat hamda xislatlarini bilgan tarzda atrofidagilar mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha so- halarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faollik ko‘rsatishdir.

Bu o‘rinda inson ruhiyati qonuniyatlarini o‘rganuvchi psixologiya fanining o‘rni va roli benihoya kattadir. Yosh avlodni yangicha ta’lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutaxassislar qilib tarbiyalash ishi oliy o‘quv yurtlarida taxsil olayotgan yoshlar uchun yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, risolalar tayyorlashning ham yangicha uslublarini talab etmoqda. Ushbu ma’ruza matni yoshlarga aynan psixologik bilimlar asoslarini bersada, umid qilamizki, ularni o‘z atrofida ro‘y berayotgan islohotlarga xolis baho berish, o‘zi va o‘zgalar ruhiyati sir - asrorlariga befarq bo‘lmaslik, o‘z layoqatlarini o‘stirishning elementar vositalaridan boxabar bo‘lishga yordam beradi.

Bu ish esa o‘zidan tashqari atrofdagilar bilan bo‘ladigan muomalada eng ilg‘or va Vatan mustahkamligiga xizmat qiluvchi fikrlarni ongga sing- dirish kabi muhim vazifani bajarishga xizmat qiladi. Zero, yurtboshimiz ta’kidlaganidek, bu ishlarning samarasi «...avvalambor, yoshlarimizning iy- mon - e‘tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mus­taqil fikriga ega bo‘lgan borkamol insonlar etib tarbiyalash» da ifodasini to- padi.





  1. Download 144.61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling