1-qism Qarshi 2010 «Kasbiy ta’lim va o‘qitish uslubiyoti»
Psixologik nazariyalarning yo‘nalishlari
Download 144.61 Kb.
|
psixologiyad004
Psixologik nazariyalarning yo‘nalishlari. Psixologiya fanining ko‘p yillik taraqqiyoti bir qancha yo‘nalishlar maydonga keldi.
Psixologiya oqimlaridan biri BIXEVORIZM (inglizcha “bhaviour” so‘zidan olingan bo‘lib, xulq-atvor ma’nosini bildiradi) dastavval AQSh da hayvonlarni kuzatish sifatida yuzaga keldi. Uning namoyondalari - Uotson (asoschisi), E.Torndayk. Bixevorizmning asosida psixologik tadqiqotning predmeti sifatida psixikani ongni inkor qilish yotadi. Ularning fikricha psixologiyaning o‘rganish predmeti xulq-atvordir. Bixe- voristlarning fikricha, psixologiyaning vazifasi stimulga (turtki, qo‘zg‘atuvchi) (S) ga qarab bunga qanday javob, reaktsiya (R) bo‘linishi va aksincha reaksiyaga qarab uning stimulini aniqlash, aytib berishdan iboratdir. Klassik bixevorizmning formulasi S - R demakdir. Klassik bixe- vorizm mexanistik yo‘nalish bo‘lib, bu yo‘nalish tarafdorlari ishining xulq- atvorini oddiy mexanik, bir taraflama tushuntirishga harakat qilganlar. Le- kin hayotda bir stimul ko‘plab, turli-tuman reaksiyalar, harakatlar tug‘dirishi va aksincha bir xil reaksiyaning asosida bir-biriga o‘xshamagan turli stimullar yetishi mumkin. Stimul va reaksiya orasidagi bog‘lanishlar atrof-muhitning ta’siriga, kishining ichki dunyosiga, ongiga, qiziqishiga va boshqalarga bog‘liq holda yuzaga chiqadi. Shulardan kelib chiqqan holda neobixevoristlar (yangi bixevorislar) o‘z sxemalariga ko‘p variantlilikni kiritganlar S-R yoki R2 yoki R3 va h.k. FREYDIZM. Asoschisi venalik psixiatr va psixolog Z.Freyd bo‘lib, bu yo‘nalish ko‘pchilik pisxologik oqimlar orasida eng ta’sirga ega bo‘lgan oqimlardan biri. Ularning fikricha odamning hulq-atvori, hatti-harakatlari ikkita printsipga «rohatlanish prinsipi» (hayvonlar instinktiga o‘xshash jinsiy moyillik ko‘zda tutilgan) va «reallik prinsipi» (jamiyat talabiga mos kelmaydigan, uyat va man qilingan o‘zining jinsiy hirslariga erk bermasli- gi) ga bo‘ysunadi. Rohatlanish va reallik prinsiplarining to‘qnashishi na- tijasida qondirilmagan mayllar ongsizlik (ong osti) sohasiga siqib chiqari- ladi. Ammo ular butunlay yo‘qotilmaydi, balki ongsizlik sohasidan turib kishi xulq-atvori va hatti-harakatlariga ta’sir qilib ba’zan boshqarib turadi- lar. Download 144.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling