1-qism Qarshi 2010 «Kasbiy ta’lim va o‘qitish uslubiyoti»


Hozirgi zamon psixologiya fani va uning fanlar tizimida tut­gan o‘rni


Download 144.61 Kb.
bet10/69
Sana09.01.2022
Hajmi144.61 Kb.
#262977
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69
Bog'liq
psixologiyad004

Hozirgi zamon psixologiya fani va uning fanlar tizimida tut­gan o‘rni. Hozirgi vaqtda psixologiya o‘zining predmetiga, maxsus vazi- falariga va maxsus tekshirish metodlariga ega. Bugungi kunda psixologiya sohasiga taalluqli bir qancha psixologik tashkilotlar, ilmiy muassasalar, o‘quv yurtlari va nashriyotlar mavjud. Shuningdek, psixologlarning ilmiy assotsiatsiyalari va psixologlar jamiyati ish ko‘rmoqda. Psixologiya muammolari bo‘yicha Respublikamizda xalqaro konferensiyalar, kongress- lar o‘tkazmoqda. Psixologiya fanini, uning ilmiy va amaliy ahamiyatini hozirgi kunda hamma tan olmoqda. Ma’lumki psixologiya fani XX asrda falsafa fani tarkibidan mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. O‘z-o‘zidan ravshanki bu bilan psixologiya falsafadan chetda qolib, undan butunlay uzoqlashgani yo‘q. Hozirgi zamon psixologiya fanining asosini falsafadagi ilmiy-falsafiy tasavvurlar, turli falsafiy qarashlar tashkil qiladi. Shu bilan birga psixologiya sohasida erishilayotgan ilmiy va amaliy yutuqlar o‘z navbatida falsafa fanini, falsafiy amliyot va nazariyani boyitadi.

Psixologiya fani faqatgina falsafa bilan emas, tabiiy fanlar bilan ham uzviy bog‘liq. Bu borada psixologiya fanining rivojlanishiga fiziologiya sohasidagi yutuq-larning (miya faoliyati, nerv sistemasi, oliy nerv faoliyati, psixikaning reflektor tabiati, psixik jarayonlarning neyrofiziologik mex- anizmlari haqidagi bilimlar) ta’sirining rolini oshirib baholash juda qiyin.

Tabiiy fanlar sohasida olingan bilimlar psixologiya fanining tabiiy- ilmiy asosi-ni tashkil qiladi.

Hozirgi zamon texnik taraqqiyoti kishi psixikasiga katta talablar qo‘yadi. Barcha sohalarda psixik omillarning roli oshib bormoqda. Ki­shining xotirasiga, tafakkuriga, idrokiga, temperamenti xususiyatlariga, reaksiya tezligini hisobga olishga e’tibor kuchaymoqda. Chunki odamning ishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymasligi, ishni buzmasligi uning psixik va shaxsiy fazilatlariga ko‘p jihatdan bog‘liq. Shu sababli «odam-mashina» tizimini to‘g‘ri tashkil qilishda psixologiya fanining ahamiyati ortib 12

bormoqda. Bu esa texnik fanlar va psixologiya o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishiga, bir-biriga kirishib ketishiga olib kelmoqda.

Psixologiya va pedagogika o‘rtasidagi aloqalarni alohida ko‘rsatib o‘tish lozim. Garchi psixologiya va pedagogika o‘zaro bog‘liq fanlar bo‘lmasada, ular orasidagi aloqa bir necha yillar mobaynida ko‘p jihatdan psixologiyaning pedagogikaga «moslashuviga», pedagogika esa psixologi­ya sohasida erishilgan «tayyor mahsulotlarni» yuzaki hisobga olish tarzida bo‘ldi.

Har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash vazifasi psixologiya sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar ta’lim va tarbiya jarayonini takomil- lashtirishda psixologiyaning imkoniyatlaridan keng foydalanish imkonini beradi.

Psixologiya oldida turgan vazifalardan biri, pedagogik amaliyotda qo‘llani-layotgan qoidalarni (ta’lim va tarbiya mazmuni, metodlari, usullari va h.k.) psixologik pedagogik amaliyotdan oldinda borishi, pedagogika uchun yangi yo‘llar ko‘rsatishi lozim. Psixologiyaning yordamisiz peda­gogika o‘z oldiga qo‘ygan ko‘plab vazifalarni muvaffaqiyatli hal qila olmaydi. Chunki texnik taraqqiyot, o‘zlashtirilshi lozim bo‘lgan infor- matsiyalar hajmi va o‘zlashtirish sur’atini keskin oshishi, mustaqil va ijodiy fikrlashga talabning oshishi amalda psixologik bilimlardan keng foydalanishni taqozo etadi.

O‘z -o‘zini tekshirish savollari



  1. Psixologiya so‘zining lug‘aviy ma’nosini aytib bering.

  2. Psixologiya fanining predmeti nima ?

  3. Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishida Demokrit ta’limotini tushuntiring.

  4. Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishida asosiy to‘rt bosqichni tushuntring.

  5. Psixik jarayonlar deganda nimani tushunasiz ?

  6. Psixik holatlar nima ?

  7. Psixologik nazariyalarning asosiy yo‘nalishlarini tushuntiring.

  8. Bixevorizm yo‘nalishini ta’riflang.

  9. Freydizm nazariyasining asosini nima tashkil etadi ?

  10. Psixik hodisalarning shakllarini aytib bering.

2-mavzu. HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYA FANINING TUZILISHI VA METODLARI


Download 144.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling