Psixik hodisalar va ularning shakllari. Psixologiya fanining taraqqiyoti jarayonida uning o‘rganish ob’ekti ham aniqlashib bordi. Hozirgi zamon psixologiya fani «jon», «ruh»ni emas, balki insoning ichki dunyosini, ya’ni uning psixik xususiyatlarining yuzaga chiqishini o‘rganadi. Inson psixikasining barcha shakllari umumiy qilib psixik hodisalar deb ataladi. Odatda psixik hodisalarning uchta katta guruhi farqlanadi: psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar (sifatlar) va psixik hola- tlar.
Psixik jarayonlar-ob’ektiv voqelikning sub‘ektiv aks ettirilishi shakllaridir. Psixik jarayonlar yordamida tashqi olam o‘rganiladi, turli bilim, ko‘nikma, malakalar shakllantiriladi. Psixik jarayonlarning quyidagi asosiy turlari farqlanadi: sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, tasavvur, emotsiyalar, iroda. Ular quyidagi uch guruhga birlashtiriladi: bilish ja- rayonlari, emotsional (hissiy) va irodaviy xususiyatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |