Lotinchada sotsialis-umumiy, ijtimoiy tushunchasi ostida odamlarning shakllari, ular o’zaro munosabatlarining turli shakllari bilan bog’liq barcha narsa tushuniladi


Download 59.23 Kb.
bet1/6
Sana11.11.2023
Hajmi59.23 Kb.
#1766761
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bolalarning ijtimoiy moslashuv fanidan. Maxsus sirtqi 1-kurs talabasi Saksonova Dilafruz


  1. Ijtimoiy” (lotinchada sotsialis-umumiy, ijtimoiy) tushunchasi ostida odamlarning shakllari, ular o’zaro munosabatlarining turli shakllari bilan bog’liq barcha narsa tushuniladi. Bu degani, agar pedagogika o’sib kelayotgan avlodlarning ta’lim tarbiyasi haqidagi fan bo’lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatdagi hayotga qo’shilishiga bog’liq xodisalarni aloxida ajratadi. Bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani qo’lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari) ijtimoiylashuv deyiladi.

  2. Ijtimoiy pedagogika — bu pedagogik fanlarning muxim yo’nalishlaridan biri, uning tadqiqot obe’kti shaxs bo’lib, u aniq manzilga ega. Ya’ni ijtimoiy pedagogikaning obekti jamiyatdagi barcha shaxslar emas, balki ijtimoiy xayotda adashgan, odob-axloq, me’yorlaridan og’ishgan, ijtimoiy pedagogik yordamga muxtoj shaxslar, shuningdek, jamiyat a’zolarining ongini tarbiyalashdan iboratdir. Ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa — bolaning ijtimoiylashuvi jarayonidir. Ijtimoiy pedagogika — bu shaxslarning ijtimoiylashuvi hamda ularga ijtimoiy ta’lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o’rganuvchi pedagogika fanining tarmog’idir. SHaxsning ijtimoiylashuvi esa — bu ma’lum jamiyatga mos bilimlar, qadriyatlar, me’yorlar, xatti-xarakatlar tizimidan iborat ijtimoiy xayotga kirisha borish jarayonidir.

  3. Ijtimoiy moslashuv esa - bu ma'lum jamiyatga mos bilimlar, qadriyatlar, me'yorlar, hatti-harakatlar tizimidan iborat ijtimoiy hayotga kirisha borish jarayonidir. “Ijtimoiylashuv” so’zi dastlab siyosiy-iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiyiqtisodiyotda yer, ishlab chiqarish vositalarining umumiylashuvi ma’nosini anglatgan. “Ijtimoiylashuv” atamasining muammoli deb bu atamani “Ijt__ nazariyasi” (1987) kitobida hozirgiga yaqin ma’noda qo’llagan amerikalik sotsiolog F.G.Keddings hisoblanadi. Uning zamonaviy ma’nosi-“ ijtimoiy tabiat yoki individ xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir.Bolaning ijtimoiy moslashuvi – juda uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi. Har qanday jamiyat shunga intiladiki, har bir bola ma’lum ijtimoiy va ahloqiy qadriyatlar tizimiga, shu jamiyat me’yor va qoidalariga ega bo’lishi, shu jamiyatda yashash uchun, teng huquqli a’zosi bo’lishga intiladi.


  4. Download 59.23 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling