1-qism Qarshi 2010 «Kasbiy ta’lim va o‘qitish uslubiyoti»


Psixologik tadqiqot o‘tkazishning asosiy bosqichlari


Download 144.61 Kb.
bet19/69
Sana09.01.2022
Hajmi144.61 Kb.
#262977
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69
Bog'liq
psixologiyad004

Psixologik tadqiqot o‘tkazishning asosiy bosqichlari. Har qanday tadqiqot va o‘rganishlar o‘z maqsadiga, yo‘nalishiga, qo‘llanilayotgan vositalarning xususiyatiga, amaliy yoki nazariy ahamiyati- ga ko‘ra turlicha o‘tkaziladi. Shu bilan birga ularning umumiy tomonlari ham mavjud. Masalan, har qanday tadqiqot to‘rt bosqichda o‘tkaziladi.

Birinchi bosqich - tayyogarlik bosqichi. Bu bosqichda material turli vositalar bilan o‘rganiladi, o‘rganilayotgan hodisalar haqida dastlabki mate- riallar to‘planadi. To‘plangan materiallar tahlil qilinadi. Bu bosqichda ma’lum gipoteza (faraz) paydo bo‘la boshlaydi. Bu faraz tadqiqot jarayonida yoki tasdiqlanadi. Yoki inkor qilinadi. Har qanday tadqiqotning samara­dorligi to‘g‘ri tadqiqot yo‘lini tanlash ko‘p jihatdan tayyorgarlik bosqichiga bog‘liq.

Ikkinchi bosqich-bevosita tadqiqot o‘tkazish bosqichi. Bunda tadqiqot­ning konkret metodlari ishga solinadi. Bu bosqichda tadqiqotchi o‘z tadqiqotlar maqsadidan kelib chiqqan holda bir yoki bir necha konkret metodikalardan (eksperimentlardan) foydalanadi. Tekshirish (eksperiment) o‘tkazilib zaruriy tadqiqot (eksperimental) ma’lumotlar yig‘iladi.


Download 144.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling