mavzu. BIOLOGIK EVOLYUTSIYADA PSIXIKANING
PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISHI
REJA:
Psixika materiya evolyutsiyasining natijasi sifatida
Seskanuvchanlik va tropizmlar
Instinktlar, ko‘nikmalar
Hayvonlarning intellektual harakatlari
Inson va hayvonlar psixikasi o‘rtasidagi farqlar
Ong haqida tushuncha
Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlar: seskanuvchanlik, tropizm, se- zuvchanlik, instinklar, kunikmalar, ong.
Foydalanish uchun adabiyotlar: 2, 4, 6, 7.
Psixika materiya evolyutsiyasining natijasi sifatida. Pisxika- ning paydo bo‘lishi materiyaning uzoq taraqqiyoti bilan tushuntiriladi. Ja- miki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to materiyaning yuksak hamda murakkab shakli-inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bo‘lmish aks ettirish xususiyatiga, ya’ni ta’sirlarga javob qayta- rish qobiliyatiga ega. Aks ettirish shakllari materiyaning yashash shakllari- ga bog‘liqdir.
Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o‘zaro mexanik, fizik yoki ximiyaviy munosabatlari tarzida namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, suvning daryo qirg‘oqlarini, qoyalarni yuvishi va yemirishi, quyosh nuri- ning oynadan aks etishi (sinib qaytishi).
Tirik materiyaga o‘tishda harakatning shakllari sifat jihatdan o‘zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiyada aks ettirishning yangi shakli - psixik aks ettirish paydo bo‘ladi.
Materiyaning evolyutsiyada jonsiz materiyadan jonli materiyaga o‘tishni turli nazariyalar turlicha tushuntiradilar.
Shular orasidan akademik A.I.Oparin tomonidan ilgari surilgan naz- ariyani ko‘rsatib o‘tish mumkin. Oparin gipotezasiga muvofiq, bundan 20
taxminan 2 milliard yillar muqaddam atmosferada kislorod ajralib chiqqan. Bu organik moddalarda fotoximik reaktsiya va fotosintez jarayonlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Oqibatda koatservatlar deb atalgan faol oksil molekulalari paydo bo‘lgan. Kotservatlarda hayotning asosiy belgilari
assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari paydo bo‘lgan. Koatservatlar tashqi muhitdagi «ozuqa» moddalarni tanlab o‘zlashtirganlar. Ular yashash uchun zarur bo‘lgan (biotik) moddalarga ma’lum darajada seskan- ish bilan javob berganlar va hayot faoliyati uchun bevosita kerak bo‘lmagan (abiotik) moddalarga nisbatan indefferent (befarq) munosabatda bo‘lganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |