Innovatsion faoliyatda intellektual mulk 16 Intellektual mahsulot


Download 19.7 Kb.
bet1/4
Sana01.11.2021
Hajmi19.7 Kb.
#170136
  1   2   3   4
Bog'liq
Ma'ruza-16


16 mavzu

INNOVATSION FAOLIYATDA INTELLEKTUAL MULK

16.1. Intellektual mahsulot.

16.2. Intellektual mahsulot tovar sifatida.

16.3. Intellektual mulki himoya qilish va muhofaza etish.


16.1. Intellektual mahsulot

Alohida bir shaxs yoki jamoaning ijodiy sa’y-harakatlari natijasida yaralgan intellektual mahsulot intellektual xususiy mulk asosini tashkil etadi.

U turli shakllarda bo‘lishi mumkin: kashfiyot va ixtirolar, yangi mahslot va texnika namunalari, yangi texnologiyalar, ilmiy-ishlab chiqarish, konsalting, moliya-iqtisodiy, boshqaruv, marketing xizmatlari hamda adabiy-badiiy ijodning har xil turlari.

Intellektual mulk tushunchasining mazmuni intellektual mulk Butun jahon tashkiloti (IMBT) konvensiyasida bayon etilgan:

-«Intellektual mulk adabiyot, badiiy va ilmiy asarlari, radio va televizion namoyishlarga;

-inson faoliyatining barcha sohalaridagi ixtirolarga;

-ilmiy kashfiyotlarga;

-ishlab chiqarish namunalariga;

-savdo belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, firma nomlari va tijoriy tashkilotlarga;

-adolatsiz raqobatga qarshi himoyaga taalluqli huquqlarni hamda ishlab chiqarish, ilmiy, adabiy va badiiy sohalardagi intellektual faoliyatga dahldor boshqa huquqlarni o‘zida mujassam etadi.

Iqtisodiy taraqqiyotda intellektual mulk rolini yuksak baholash mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu – barcha davlatlarning asosiy zahirasi, chunki uchinchi ming yillikda iqtisodiyot taraqqiyotining asosiy rag‘batlantiruvchisi tabiiy resurslar emas, balki intellektual faoliyat natijalari bo‘ladi.

O‘zbekistonda intellektual mulk tizimi asosida ijodiy faoliyat, uning natijalari, ulardan tijorat maqsadlarida foydalanish va huquqiy himoya masalalarini tartibga soluvchi qonuniy me’yorlar yotadi. Qonunlardan tashqari, intellektual mulk tizimi yaxlitligi uning ishlashini, qonuniy himoyasini va qonunbuzarliklarga qarshi kurashni tashkil etuvchit davlat hokimiyati organlari tomonidan ta’minlanadi.

O‘z mutaxassislarimiz ishlanmalarini himoya qilishning boshqa jihati – ularni xorijda patentlash. O‘z olimlarimizning chet-el firmalari mahsuloti ko‘rinishidagi natijalari ko‘p hollarda o‘zlari yaratilgan mamlaktaga chet eldan kirib kela boshlaydi. O‘zbekistonda bu turdagi faoliyatni to‘xtatuvchi huquqiy asos yo‘q. Agar amerikalik ixtirochi AQShda emas, chet elda ixtirosini e’lon qilsa, bu holatda u qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi – ikki yilga qamoq jazosi yoki 10 ming AQSh dollari miqdorida jarima to‘laydi.

Intellektual mulk – bu individual yoki jamoaviy sub’ektlarning ilmiy-texnik, adabiy va boshqacha ijodini mujassam etuvchi biror-bir ob’ektiv shakllarda ifodalangan ideal ob’etklarga ega bo‘lish, foydalanish, qo‘llash munosabatlaridir. Intellektual mulk inson ongi, aqli mahsulining natijasi bo‘lib, uning chegaralari mislsiz keng, imkoniyatlari tuganmas, o‘zgarishi shunchalik tezkorki, bir necha yillar davomida intellektual mukning yangi turlari yuzaga keladi, uning strukturasi va funksiyalari o‘zgaradi.

Intellektual mulkning barcha ob’ektlari – aqliy faoliyat natijalari yoki namoyonlaridir. Ko‘p hollarda ushbu mahsulotlar inson iste’dodining fan, texnika, adabiyot, san’at sohalaridagi bilvosita va bevosita namoyoni hisoblanadi.

Inson mehnatining boshqa mahsulotlari kabi intellektual faoliyat natijalari bahlanish qiymatiga ega. Ular mahsulot ayirboshlashga tijoriy asosda kiritilishi, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqacha foydali samara berishi, shaxsiy va jamoat ehtiyojlarini qondirishi mumkin. Mulk sub’ekti o‘z hukumi va o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, uchinchi shaxslarni aralashtirmagan holda intellektual faoliyat mahsulotlarini o‘zlashtirishni, egalik qilishni, foydalanish va qo‘llashni amalga oshiradi.

Intellektual mulk mahsulotlari nomoddiy xususiyatga ega ma’lum bir axborot tashuvchilar bo‘lib, bu axborot ilmiy-texnik yoki tijorat aylanishiga faqatgina hujjatlarda rasmiylashtirilsagina mahsulot sifatida qo‘shilishi mumkin.

Ijodiy mehnat natijasi o‘laroq intellektual mulk mahsulotlaridan ko‘pchiligining muallifi bor. Tovar belgisi va boshqacha alomatlar oddiy mehnat sub’ektlari va mahsulotlarini (tovarlar, xizmatlar) individualllashtiradi.

Intellektual mahsulotlar vaqt o‘tishi bilan axloqiy va jismoniy eskiradigan «iste’moldagi narsalar»ga mansub emas.

Intellektual faoliyat natijalaridan bir vaqtning o‘zida chegaralanmagan miqdordagi shaxslar foydalanishi mumkin. Nafaqat mulkdorlar, balki zaruriy litsenziya sotib olingach, istalgan sub’ektlar, qonunda ko‘zda tutilgan hollarda esa intellektual mahsulotning xo‘jayini ixtiyoriga zid ravishda foydalanishi mumkin.

Intellektual mulk ob’ektlari orasida tizimli aloqa mavjud. Ilmiy va texnik jarayon taraqqiyotining har bir bosqichida avvalgilariga ma’lum darajada bog‘liq bo‘lgan yangi intellektual mahsulotlar shakllanadi va rivojlanadi.

Intellektual mulk ob’ektlari intellektual faoliyat natijalariga rasman tasdiqlangan huquqlar hisoblanadi.

Intellektual mulk ob’ektlari (IMO):

-mualliflik huquqi ob’ektlariga (fan, adabiyot va san’at asarlari);

-oraliq huquqlar ob’ektlari (efir va kabeli namoyish, ijro, fonogramma);

-sanoat mulki ob’ektlari (ixtirolar foydali modellar va ishlab chiqarish namunalari, frma nomlari, tovar belgilari, mahsulot yuzaga kelgan joylar belgisi);

-ilmiy va ilmiy-texnik soha ob’ektlariga (integral mikrosxemalari, seleksion yutuqlar, ixtirolar va boshqalar) bo‘linadi.


Download 19.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling