Innovatsion faoliyatda intellektual mulk 16 Intellektual mahsulot
Intellektual mahsulot tovar sifatida
Download 19.7 Kb.
|
Ma'ruza-16
16.2. Intellektual mahsulot tovar sifatida
Turli rivojlangan mamlakatlarda intellektual mulk etakchi bo‘lib, umumiy milliy mahsulot hajmining 50%ni tashkil etadi. Mulk turi sifatida (davlat, xususiy, jamoat, hissadorlik) u bozor munosabatlari ob’ekti hisoblanadi, baholanish qiymatiga ega, shartnomalar va bitimlar, huquqlar berish predmeti bo‘lishi mumkin, tovar aylanmasiga tijoriy maqsadlarda qo‘shilishi mumkin. Ishlab chiqarishda texnologik qo‘llanuvchi bilimlar mehnatning moddiy mahsulotlariga qaraganda ancha kechroq mustaqil mahsulot xususiyatiga ega bo‘ladi. Bu ilmiy-texnik yutuqlarga mulkchilik huquqi ishlab chiqilgach, imkonli bo‘ldi va buning yordamida ixtirolar xususiy manfaatlari va yangi texnika yaratuvchilari huquqlari hamda jamiyat ishlab chiqarish kuchlarini takomillashtirish uchun ushbu yutuqlardan foydalanish tartiblari belgilanadi. Tovar munosabatlari asosiga qo‘yilgan birinchi huquqiy hujjat patent bo‘ldi. Patent (patents – ochiq, yaqqol) – ixtirochiga beriladigan va uning muallifligini tasdiqlaydigan hamda ixtiroga istisnoli huquq va undan foydalanishga monapol huquq beruvchi guvohnomadir. Patent amaliy muddati 10-20 yil bilan chegaralanadi. Patent bilan bog‘liq yuridik ahamiyatli harakatlar sodir etilgani uchun patent bojlari olinadi. 1421 yilda Florensiya shahar boshqarmasi tomonidan arxitektor, haykaltarosh va olim Filippe Brunelleskiga berilgan dunyodagi birinchi patent bilan kema burilishi krani ixtirosi himoya qilingandi. Keyinchalik davlatlar patent egalari va tovar belgilari huquqlarini himoya qiluvchi qonunlar qabul qila boshlashdi. Patent qonunlari AQShda (1787), Fransiyada (1791), Rossiyada (1812) qabul qilingandi, tovar belgilarini qayd etish 1875 yilda Buyuk Britaniyada boshlangandi. Amaliy ehtiyojlarga yo‘naltirilgan fanning rivojlanishi ham texnologiyalar sohasida tovarga oid munosabatlar paydo bo‘lishining muhim omili bo‘ldi. Tadqiqotchilik mehnatining yollanmaga aylanishi, ko‘p sonli korxonalarda ilg‘or texnologiyalardan ko‘p martalik foydalanish ehtiyoji texnologiyalarga litsenziya berish shaklining tarqalishiga olib keldi. Litsenziya – bu texnologiya egasi tomonidan (litsenziar) ma’lum bir muddatga va to‘lov evaziga manfaatdor tomonga (litsenziat) patent bilan himoyalangan yoki himoyalanmagan shu texnologiyadan foydalanishga beriladigan ruxsat. Bilimlarning iqtisodiy rivojlanish asosiy omiliga aylanish, bozorga intellektual mulk yangi ob’ektlarining chiqishi, tovar, moliya va ilmiy-texnik bozorlarning globallashuvi, intellektual mulkni himoya qilish global tizimini ishlab chiqishga urinishlar XX asr so‘nggi choragida intellektual mulk bozorining shakllanishiga olib keldi. Download 19.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling