8-mavzu. Mahsulot, tovar
Download 31.32 Kb.
|
8-mavzu. Mahsulot, tovar (ish, xizmat) lar va ularni sotish hiso (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larning baholanishi va ularni hisobga olish vazifalari. Mahsulotni yuklab
1. Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larning baholanishi va ularni hisobga olish vazifalari. Mahsulotni yuklab jo’natish va sotish jarayonini hujjatlarda rasmiylashtirishIshlab chiqarish jarayonining pirovard mahsuli bo’lib tayyor mahsulotlar hisoblanadi. Tayyor mahsulotlar - bu mazkur korxonada ishlab chikarish texnologik jarayonining barcha boskichlaridan utgan, qaytadan ishlashni talab qilmaydigan, standartlar va texnik shartlarga to’liq javob beradigan, texnik nazorat bo’limi (TNB) yoki maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan va korxona omboriga topshirilgan yoki buyurtmachi tomonidan qabul qilingan buyum va mahsulotlardir. Korxona sotish hajmi bilan bir qatorda foyda so`mmasini ham rejalashtiradi, chunki mahsulotning sotish (shartnoma) narxi belgilanganda uning tarkibiga ma’lum so`mmada yoki foizda foyda (daromad) so`mmasi ham kiritiladi. Agar shartnoma (reja) bo’yicha sotishga tegishli mahsulotlar miqdorini shartnoma bahosiga ko’paytirsa reja bo’yicha ularni sotish qiymati kelib chiqadi, foyda foiziga qarab esa reja foyda so`mmasi hisoblab chiqiladi. Bu byudjetga foydadan bo’nak ajratmasini to’lash uchun baza bo’lib hisoblanadi. Korxona aylanma mablag’ining tarkibiy qismi hisoblangan tayyor mahsulotlar UzR 4- sonli «Tovar-moddiy zaxiralar» BHMS ning 7- bandiga binoan quyidagilarning eng kam bo’yicha baholanishi kerak: tannarxida yoki sof sotish qiymatida. Tayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisobot davri tugagandan so’ng, ya’ni mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha xarajatlar hisobga olib, umumlashtirilgandan so’ng aniqlash mumkin. Biroq mahsulotlarning harakati har kuni sodir bo’ladi, shuning uchun joriy hisobda mahsulotni shartli bahoda baholash kerak. Tayyor mahsulotlar harakatining kundalik hisobi ishlab chiqarish reja tannarxida yoki korxonaning shartnoma baholarida yoki hisob bahosi deb nomlanadigan chakana jo’natish baholarida yuritiladi. CHunonchi, mahsulot birligining reja tannarxi korxona reja bo’limida ishlab chiqiladi. U oy oxirida tayyor mahsulotlarning guruhlari bo’yicha farq so`mmasini yoki foizini hisoblash yo’li bilan haqiqiy tannarxga yetkazib qo’yiladi. Farq so`mmasi va foizi mahsulotning oy boshiga qoldig’i hamda uning oy davomidagi kirimiga qarab hisoblab chiqiladi. Farqi tejalganligini yoki korxona tomonidan ortiqcha xarajatga yo’l qo’yilganligini ko’rsatadi va shuning uchun ishlab chiqarish jarayonidagi uning ish natijalarini tavsiflaydi. Tayyor mahsulotlar qaysi schyotlarda hisobga olingan bo’lsa, farqlar ham shu schyotlarda tejalgan bo’lsa qizil siyohda storno (qayta yozuv) qilib, ortiqcha xarajat bo’lsa - oddiy siyohda aks ettiriladi. Farq foizi va jo’natilgan mahsulotning reja tannarxi sotilgan hamda ombordagi oy oxiriga qolgan mahsulotning haqiqiy tannarxini aniqlash imkonini beradi. Hisobda tayyor mahsulotlarga boshqa baholar qo’llanilsa ham farq so`mmasi va foizi shu tartibda hisoblanadi. Tayyor mahsulotlar harakati hisobini to’g’ri tashkil etishda ularning nomenklaturalarini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. Mahsulotlar nomenklaturasi – ushbu korxona tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar turlari nomlarining ro’yxatidir. Mahsulotlar nomenklaturasini tuzishda bir buyumni ikkinchisidan ajratib olish imkoniyatini beradigan tayyor mahsulotlarning ma’lum belgilariga qarab qilingan tasnif asos bo’ladi. Nomenklatura raqami turli miqdordagi raqamlar bilan belgilanishi mumkin. Korxona nomenklaturalaridan quyidagi xizmatlarda: Dispetcherlar – mahsulot ishlab chiqarish grafigining bajarilishini nazorat qilish uchun. TSexlar – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini nazorat qilish uchun va tayyor mahsulotlarni omborga topshirishda nakladnoylar yozish uchun. Marketing bo’limi – mahsulot jo’natish shartnomasining bajarish imkoniyati ustidan nazorat qilish uchun. Buxgalteriya – analitik hisob, svodkalar va hisobotlar tuzish uchun foydalanishi mumkin. SHuning uchun korxonalarning buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizimida tayyor mahsulotlar, ularni yuklash va sotish hisobi alohida o’rin tutib, uning vazifalari quyidagilardan iborat: Tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, ularning zaxiralari holati hamda omborda saqlanishi, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar ustidan uzluksiz nazorat qilish. Yuklangan va jo’natilgan mahsulot (ish, xizmat) larni o’z vaqtida va to’g’ri hujjatlashtirish, xaridorlar bilan olib boriladigan hisob– kitoblarni aniq tashkil etish. Sotilgan mahsulotlarning hajmi va assortimenti bo’yicha mahsulot jo’natish shartnoma rejasining bajarilishi ustidan nazorat qilish. Sotilgan mahsulot uchun olinadigan mablag’lar so`mmasini, mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan haqiqiy xarajatlarni, foyda so`mmasini o’z vaqtida va aniq hisoblab chiqish hamda moliyaviy, statistik hisobotlarda ishonchli ravishda aks ettirilishini ta’minlash. Bu vazifalarning bajarilishi korxonaning bir tekisda ishlashi, sotish hamda ombor xo’jaligini to’g’ri tashkil qilish, xo’jalik operatsiyalarini o’z vaqtida va to’g’ri hujjatlashtirishga bog’liq. Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish sohasidan omborxonaga o’tkazish jarayonida quyidagi dastlabki hujjatlar rasmiylashtiriladi: Qabul qilish – topshirish yuk xatlari. Dalolatnomalar. Rejalar. Kartalar. Tayyor mahsulotlarni yuklab jo’natish o’z ichiga ikkita hujjatni – omborga buyruq va jo’natish uchun yuk xatini oladi. Omborga buyruqni xaridorlar bilan tuzilgan sharnoma shartlariga asosan mol oluvchining nomi, uning kodi, mahsulotning miqdori va assortimenti hamda jo’natish muddati ko’rsatilganligini tegishli xizmat bo’limi yozib beradi. Bu hujjat tegishli xizmat boshlig’i, omborchi va ekspeditor tomonidan imzolanadi. Buyruq – yuk xati (nakladnoy) ikki nusxada tuzilib, birinchisi tovar – transport nakladnoyiga binoan jo’natilgan o’rin miqdorini, yukning og’irligini va mol oluvchining bekatigacha mahsulotni yetkazib berish bo’yicha to’langan temir yo’l tarifi so`mmasini ko’rsatish uchun ekspeditorga beriladi. Ikkinchi nusxasi molning jo’natganligi to’g’risida asos bo’lib omborchida qoladi. Unga binoan ombor hisobi kartochkasining «chiqim» grafasiga jo’natilgan mahsulotning miqdorini yozib qo’yadi va hujjat buxgalteriyaga topshiriladi. Ekspeditor mahsulotni transport tashkilotiga topshirib, undan yukni qabul qilib olinganligi to’g’risida kvitantsiya oladi. Mahsulot jo’natilgandan keyingi kuni ekspeditor buyruq – nakladnoyini va transport tashkilotining kvitantsiyasini mol oluvchining nomiga to’lov talabnoma – topshiriq yoki boshqa hujjat yozish uchun buxgalteriyaga topshirishi shart. SHu bilan bir vaqtda schyot – faKreditura ham yoziladi. To’lov talabnomasida jo’natilgan tovarning assortimenti, miqdori, sotish (shartnoma) bahosi va qiymati ko’rsatiladi, bunday holda schyot faktura to’lov talabnomasiga albatta ilova qilinishi kerak. To’lov talabnomasi mol oluvchining hisob – kitob schyotidan schyot – faKredituraga asosan yuklab yuborilgan mahsulot qiymatini o’tkazib berishi to’g’risida mol yuboruvchining bankka bergan buyrug’i bo’lib hisoblanadi. Schyot – faktura yoki to’lov talabnomasininig alohida qatorida mol oluvchilar tomonidan to’lanadigan idish va o’rama qiymati hamda temir yo’l tarifi ko’rsatiladi. Ayrim hollarda mol yuboruvchining to’laydigan temir yo’l tarifi to’lanmalar so`mmasiga qo’shilishi mumkin, QQS so`mmasi alohida qatorda ko’rsatiladi. Mahsulotlarni bir me’yorda ishlab chiqarish xaridorlarga mahsulot jo’natish shartnoma majburiyatlarini, mahsulotni o’z vaqtida sotish, barcha hisob – kitob va to’lovlarni bajarilishini ta’minlaydi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi 2810 - «Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyotini debeti va 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyotini krediti bo’yicha aks ettiriladi. 2810- «Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti aktiv inventar schyot bo’lib, uning saldosi, ya’ni qoldig’i korxonaning ombordagi mahsulotlar qoldig’ining haqiqiy tannarxini ko’rsatadi; debet oboroti – asosiy ishlab chiqarishdan qabul qilingan mahsulotlarning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxini, shuningdek mol oluvchilar tomonidan qaytarilgan mahsulotlar so`mmasini, kredit oboroti hisobot oyida xaridorlarga yuklab jo’natilgan mahsulotlar, ya’ni sotilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini ko’rsatadi. 2810 “Ombordagi tayyor mahsulot” schyo`tning to’liq ma’lumotlari ikki bahoda – haqiqiy va hisob bahoda olinadi. Bu oy oxiriga bo’lgan tayyor mahsulotlarning umumiy hajmidagi haqiqiy xarajatlar salmog’ini (oy boshiga qoldiq plyus mahsulotning kirimini ularning hisob bahosiga nisbati) topish uchun zarur. Agar shu foiz 100 ga teng bo’lsa, demak, haqiqiy xarajatlar rejaga teng ekanligi; agar foizi 100 dan kam bo’lsa, korxona mahsulot tannarxining pasayganligini, natijada ushbu mahsulotni sotishdan u rejadan ortiq foyda olganligini; agar shu foiz 100 dan ortiq bo’lsa, korxona kalkulyatsiya moddalari bo’yicha me’yorga nisbatan ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’yganligini va bu o’z navbatida, foydani kamaytirganligini ko’rsatadi. SHu jami mahsulotlarning haqiqiy tannarxini ularning hisob (reja) tannarxiga bo’lgan foiz nisbati buxgalteriya tomonidan hisobot oyida yuklab jo’natilgan, xaridorlar tomonidan qaytarilgan va oy oxiriga qolgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash uchun foydalaniladi. Oy oxiriga qolgan mahsulotlar haqiqiy tannarxini aniqlashning zaruriyati shundaki, uni Bosh daftar bilan taqqoslash mumkin, omborlardagi qoldiqlarni hisobga olish daftari bilan esa hisob bahosidagi qoldiq taqqoslanadi. Tayyor mahsulotlarning ombordagi hisobi operativ – buxgalteriya usulida yuritiladi ya’ni mahsulotlarning har bir nomenklatura raqamiga materiallarning ombor kartochka hisobi (17-M shakli) ochiladi. Tayyor mahsulotlarni kirimi va chiqimiga qarab omborchi hujjatlarga asosan kartochkalarga qiymatliklar miqdorini (kirim, chiqim) yozib qo’yadi hamda har bir yozuvdan keyin qoldig’i chiqariladi. O’tgan sutka ichida omborda yig’ilib qolgan hujjatlar (qabul qilish – topshirish nakladnoylari, buyruq- nakladnoylar, tovar- transport nakladnoylari) ni buxgalter har kuni qabul qilib boradi. Ombor hisobining to’g’ri yuritilishi buxgalterning ombor hisobi kartochkasiga qo’yilgan imzosi bilan tasdiqlanadi. Moddiy – javobgar shaxs ombor hisobi kartochkalariga asosan har oyda tayyor mahsulotlar nomenklaturalari, o’lchov birligi, miqdorini ko’rsatib tayyor mahsulotlar qoldig’ini hisobga olish qaydnomasini to’ldiradi va uni buxgalteriyaga topshiradi. Buxgalteriyada hisob bahosi bo’yicha taksirovka qilinadi va buxgalteriya ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Tayyor maxsulotlarni ishlab chikarishdan omborga topshirish kabul kilish, topshirish yukxatlari bilan rasmiylashtiriladi va bunday hujjatlarda quyidagilar ko’rsatiladi: Maxsulotni topshirayotgan tsexning nomi. Uni kabul kilayotgan ombor. Maxsulotning nomenklatura kodi-raqami va nomi. O’lchov birligi. Maxsulotning nomi. 10.Topshirish sanasi. Javobgar shaxslarning imzolari. Download 31.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling