Oqsil biosintezi va uning genetik darajadagi regulyatsiyasi
Download 3.36 Kb.
|
MAQOLAA
OQSIL BIOSINTEZI VA UNING GENETIK DARAJADAGI REGULYATSIYASI Tursunova Shahnoza Elmurod qizi Esirgapova Dilxumor Mamatqulova Karomat Sultonboy qizi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali II-bosqich talabasi Annotatsiya: Kalit so'zlar: Oqsillar biosintezi ( yoki oqsil sintezi ) asosiy biologik jarayon bo'lib, bu jarayon ribosomalarda kechadi. DNK zanjiridan olingan i-RNK nukleotidlar tartibi shaklidagi axborot ribosoma yordamida oqsil molekulasidagi aminokislotalar tartibiga ko'chiriladi. Oqsil sintezi jarayoni translyatsiya deb ataladi. Nuklein kislotalarda har bir aminokislotalarni taniydigan va tanlab biriktirib olib tashishda vositachilik qiladigan birin-ketin uchta nukleotidlar kombinatsiyasi mavjudki, bu o'z navbatida aminokislota kodi, oqsil kodi, kodon, keng ma'noda genetik kod deb yuritiladi. Oqsil molekulasiga kiradigan aminokislotalar 20ta bo'lganligi uchun kodonlar soni ham 20 dan kam bo'lishi mumkin emas. Bunda hosil bo'ladigaan kombinatsiyalar soni 64, kodlanadigan aminokislotalar soni ancha ko'p. Chunki, 20ta aminokislotadan 18 tasi bittadan ortiq, ya'ni 2ta, 3ta, 4ta va 6ta kodon bilan kodlana olar ekan. Bundan tashqari, uchta kodon UAA, UAG, UGA aminokislotalarni kodlay olmaydiganlar va ularni paydo bo'lishi polipeptid zanjirining tugaganidan darak beradi. Shuning uchun ham ular atamatorlar "tugatuvchilar" deb ataladi. Murakkab strukturaga ega bo'lgan polifunksional biopolimer bo'lmish oqsil molekulalareing biosintezi quyidagi ikkita bosqichda sodir bo'luvchi jarayonlar orqali amalga oshadi: 1. Oqsillarning birlamchi strukturasi bo'lmish polipeptidlarning biosintezi - translyatsiya. 2. Oqsillarning ikkilamchi, uchlamchi va to'rtlamchi strukturasining hosil bo'lishi. 1. Polipeptidlarning biosintezi (translyatsiya) i-RNK, t-RNK, r-RNKlar ishtirokida maxsus fermentlar yordamida hijayra ribosomalarida sodir bo'ladi. Bunda aminokislotalar muayyan sonda muayyan tartibda ketma-ket ulanib, oqsilning birlamchi strukturasi bo'lmish ma'lum sifatga ega bo'lgan polipeptid zanjirlari sintezlanadi. Oqsilning tarkibiy qismi bo'lgan polipeptid zanjiridagi aminokislotalar tartibini belgilovchi dastlabki genetik axborot DNK molekulasida kodlangan bo'ladi. Lekin DNK oqsilning aniqrog'i, polipeptid zanjirining sintezida bevosita qatnasha olmaydi. Bu funksiyani DNK bitta polinukleotid zanjirining muayyan qismida joylashgan nukleotidlar tartibi negzida sintezlangan i-RNK molekulasi bajaradi. Poliribosomalarda oqsil sintezi i-RNKning 5' oxiridan boshlanib 3' oxirida tugaydi. Oqsil sintezi tugagach i-RNK ribosomadan ajralib chiqadi va ribosoma ikkita subparchalarga ajratiladi. Download 3.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling