Asosiy tushunchalar: Gen regulyatsiyasi
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Asosiy tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gen regulyatsiyasi hujayralarning turlicha boʻlishini taʼminlaydi Gen regulyatsiyasi
Asosiy tushunchalar: Gen regulyatsiyasi hujayrada DNKdagi genlar ekspressiyasi ustidan (oqsil funksional masulot sintez qilish uchun) oʻrnatilgan nazoratdir. Koʻp hujayrali organizmlardagi har xil hujayralar bir xil genlar toʻplamiga ega boʻlishiga qaramay, turli xil belgilarni namoyon qiladi. Hujayradagi genlar ekspressiyasi undagi oqsil va funksional RNKlarni belgilab beradi va hujayraning oʻziga xos xususiyatlarini yuzaga chiqaradi. Eukariot hujayralarda, masalan, inson hujayrasida gen ekspressiyasi koʻp bosqichlarni oʻz ichiga oladi, regulyatsiya shu bosqichlarning birida sodir boʻlishi mumkin. Lekin koʻplab genlar regulyatsiyasi bevosita transkripsiya bosqichida amalga oshiriladi. Kirish Odam tanasi immun hujayralaridan to teri va neyronlargacha boʻlgan yuzlab turdagi har xil hujayra turlarini oʻz ichiga oladi. Bu hujayralarning deyarli barchasi bir xil DNK toʻplamiga ega – shunday ekan, nega ularning tuzilishi va vazifasi har xil? Javob: gen regulyatsiyasi har xil! Gen regulyatsiyasi hujayralarning turlicha boʻlishini taʼminlaydi Gen regulyatsiyasi bu hujayraning genomdagi koʻplab genlar ichidan qaysi gen “ishga tushishi” (ekspressiyasi)ni nazorat qilish usulidir. Gen regulyatsiyasi tufayli tanamizdagi deyarli barcha hujayralar bir xil DNK toʻplamiga ega boʻlishiga qaramay, har bir hujayrada alohida aktiv genlar toʻplami mavjud. Turli xil genlar ekspressiyasi tanamizdagi har xil hujayralarning turli xil oqsil lar toʻplamiga ega boʻlishiga olib keladi va bu har bir hujayra turining oʻziga xos vazifasini belgilaydi. Masalan, jigarning vazifalaridan biri spirt kabi zaharli moddalarni qon oqimidan chiqarib tashlashdir. Buning uchun jigar hujayralari alkogol degidro genaza fermentining subbirliklarini (boʻlaklarini) kodlovchi genlarni ekpressiyalaydi. Ushbu ferment spirtni toksik boʻlmagan molekulalarga parchalaydi. Inson miyasidagi neyronlar tanadagi toksinlarni parchalamaydi, shuning uchun ular bu genlarni ekspressi yalamaydi yoki “oʻchirilgan” holatda saqlaydi. Xuddi shunga oʻxshab, jigar hujayralari neyromediatorlardan foydalanib signal yubormaydi, shuning uchun ular neyromediator genlarini oʻchirilgan holatda saqlaydi. Chap tomonda: jigar hujayrasi. Jigar hujayrasida alkogolni parchalovchi degidrogenaza oqsillari mavjud. Agar yadroga nazar tashlasak, RNK hosil qilish uchun alkogol degidrogenaza geni ekspressiyasi amalga oshirilayotganiga, neyromediator geni ekspressiyasi esa amalga oshirilmayotganiga guvoh boʻlamiz. RNK qayta ishlanadi va translyatsiya qilinadi, shu tariqa hujayrada alkogol degidrogenaza oqsillari sintezlanadi. Oʻng tomonda: neyron. Neyron neyromediator oqsillaridan tarkib topgan. Agar yadroga qarasak, RNK hosil qilish uchun alkogol degidrogenaza geni emas, balki neyromediator geni ekspressiyasi amalga oshirilayotganiga guvoh boʻlamiz. RNK protsessingi va translyatsiyasi yakunlanadi, shu tariqa hujayrada neyromediator oqsillari sintezlanadi. Jigar hujayralari va neyronlar (yoki koʻp hujayrali organizmdagi har qanday ikkita hujayra turi) oʻrtasida turli xil ekspressiyalanuvchi koʻplab farqli genlar mavjud. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling