Mavzu: Gen injeneriyasi. Reja


Download 14.27 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi14.27 Kb.
#1505368
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5409292476433313415


Mavzu: Gen injeneriyasi.
Reja:



  1. Gen injeneriyasi fanining maqsadi va vazifalari

  2. Gen muhandisligi tadqiqot obyektlari

  3. Gen muhandisligi faniga asoslanib o'simlik irsiyatini o'zgartirish

4. Biotexnologiya mahsulotlarini ishlab chiqarish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Bugungi kunda nafaqat O’zbekistonda balki butun dunyoda rivojlanish juda jadallik bilan davom etmoqda.Yangi organlar yaratish texnologiyasi,gen muhandisligi-Organizmlar genlari yoki genlar majmuasining faoliyatini inson manfaatlarini ko‘zlagan holda o‘zgartirish gen muhandisligi (gen injeneriyasi yoki genetik injeneriya) Gen muhandisligi – rekombinant RNK va DNKlar olish, organizm (hujayra)dan genlarni ajratish, genlarni boshqarish (manipulatsiya), genlarni boshqa organizmlarga kiritish va DNKdan tanlangan genlarni olib tashlash yo‘li bilan sun’iy organizmlar yaratish texnologiyalari va usullari katta yutuqlarga erishib bormoqda.
Biotexnologiya O‘zbekistonda 1980-yillarning boshlarida akademik O. S. Sodiqov tashabbusi bilan boshlangan. O‘zbe kis tondagi bu tadqiqotlarning bevosita rahbari akademik A. A. Abduka rimov bo‘lib, 1980-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida tashkil qilingan gen muhandisligi va biotexnologiyasi laboratoriyasida transgen g‘o‘za navlari yaratish ustida qator ilmiy fundamental tadqiqotlar olib borgan. Shundan keyin O’zbekistonda biotexnologiya sohasida alohida e’tiborga molik ishlar amalga oshirila boshlandi. Bir molekula oqsilning biologik sinteziga javobgar bo‘lgan, DNK zanjiridagi nukleotidlar qatori gen deb ataladi. Murakkab biologik jarayon ketma-ketligini boshqarishda ishtirok etadigan, genetik tuzilishi bo‘yicha deyarli bir-biriga o‘xshash bo‘lgan bir necha genlar, genlar majmuasi yoki oilasini tashkil qiladi. Gen muhandisligi fanining maqsadi genlarning ichki tuzilishini va xromosomada tutgan o‘rnini ehtiyojga mos ravishda o‘zgartirib, ularning faoliyatini idora etishdir. Natijada har qanday tirik mavjudotni, albatta, imkoniyat darajasida maqsadga yanada ko‘proq muvofi qlashtirish yo‘li bilan sanoat miqyosida oqsil moddalar ishlab chiqarish, o‘simlik va hayvon turlarini inson ehtiyojiga mos ravishda o‘zgartirish, irsiy va yuqumli kasalliklarni aniq va tez tashxis qilish hamda sabablarini aniqlash usullari yaratildi. Gen muhandisligi (gen injeneriyasi) fani tirik organizmlarning genlari asosida ish yuritadi. Bunda insoniyatning juda kata bilimi, izlanishlari mavjud.
Gen muhandisligining tadqiqot obyektlari viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar, hayvon va o‘sim liklarning hujayralaridir. Tadqiqot obyektlariga qarab genetik inje neriya: gen muhandisligi, xromosoma muhandisligi, hujayra muhandisligi kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
Hozirgi zamon genetik injeneriyasi usullari vositasida probirkada har qanday DNK molekulasi bo‘lagini aynan ko‘paytirish yoki DNK zanjiridagi xohlagan nukleotidni boshqasi bilan almashtirish mumkin. Albatta, bu qadar yuksak yutuqlarga irsiyat qonuniyatlarini izchillik bilan tadqiq etish natijasida erishildi.Yuksak darajadagi bu texnologiya hozirgi zamon biologiya fanining istiqbolli sohalaridan biridir.

Download 14.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling