BIOTEXNOLOGIYA USULDA OLINGAN DORI VOSITALARINING GENETIK XAVFSIZLIGI BAJARDI:Xudoyberdiyev X TEKSHIRDI:Umarova Ozoda REJA - 1-BIOTEXNOLGIYADA GENETIKA ASOSLARI
- 2-GENETIK INJENERING
- 3-XROMASA
DNK VA RNK - Bugungi kunda nafaqat O’zbekistonda balki butun dunyoda rivojlanish juda jadallik bilan davom etmoqda.Yangi organlar yaratish texnologiyasi,gen muhandisligi-Organizmlar genlari yoki genlar majmuasining faoliyatini inson manfaatlarini ko‘zlagan holda o‘zgartirish gen muhandisligi (gen injeneriyasi yoki genetik injeneriya) Gen muhandisligi – rekombinant RNK va DNKlar olish, organizm (hujayra)dan genlarni ajratish, genlarni boshqarish (manipulatsiya), genlarni boshqa organizmlarga kiritish va DNKdan tanlangan genlarni olib tashlash yo‘li bilan sun’iy organizmlar yaratish texnologiyalari va usullari katta yutuqlarga erishib bormoqda.
GENETIKA - Gen muhandisligining tadqiqot obyektlari viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar, hayvon va o‘sim liklarning hujayralaridir. Tadqiqot obyektlariga qarab genetik inje neriya: gen muhandisligi, xromosoma muhandisligi, hujayra muhandisligi kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
GEN MUHANDISLIGIGA ASOSLANIB O‘SIMLIK IRSIYATINI O‘ZGARTIRISH - Klassik genetik usul bilan irsiyatni o‘zgartirishda ikki xil genotipli organizm chatishtirilganda ularning barcha xo‘jalik uchun molik va molik bo‘lmagan genlari o‘zaro rekombinatsiyalashadi. Natijada yaratilgan navga genetik tadqiqotchi istagan gendan tashqari, navning xususiyatini buzuvchi boshqa ko‘p genlar ham o‘tadi. Gen muhandisligi usullari orqali irsiyati o‘zgartirilgan o‘simliklarda esa faqat inson manfaatlariga mos keladigan belgi xossalar mujassamlashgan bo‘ladi. Bugungi kunda genetic injeneriyada o’simliklar olamida yangi xususiyatlarga ega turlarni yaratish ustida ishlar qilinmoqda.
HUJAYRA MUHANDISLIGI ASOSIDA HAYVONLAR IRSIYATINI O‘ZGARTIRISH - Hujayra va gen muhandisligi yutuqlari hayvon zotlarini yaxshilash uchun ham tatbiq etilgan. Bu yo‘nalishdagi dastlabki biotexnologiyalardan biri yuqori xo‘jalik va genetik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan qoramol zotlari tuxum hujayrasining ko‘plab hosil bo‘lishiga erishish edi. Ma’lumki, sigirlar bir yilda faqat bir dona, ba’zan 2 dona tuxum hujayra hosil qiladi. Shu sabab nomdor qoramol zotini zudlik bilan ko‘paytirish imkoni bo‘lmagan. Ko‘p miqdorda yuqori sifatli sut beruvchi qoramolga ma’lum gormon inyeksiya qilinib, ko‘plab tuxum hujayra olishga erishiladi. Bu tuxum hujayralar bachadondan olinib, sun’iy urug‘lantiriladi va hosil bo‘lgan zigota xo‘jalik ahamiyati kam, xashaki 140 sigir bachadoniga kiritiladi, ya’ni implantatsiya qilinadi
GEN VA HUJAYRA MUHANDISLIGIGA ASOSLANGAN BIOTEXNOLOGIYA - Tirik mavjudotlarning hayot jarayonlarini chuqur o‘rganish natijasida kashf etilgan bilimlardan foydalanib, biologik makromolekulalar va organizmlar ishtirokida yaratilgan texnologiya biotex nologiya deb ataladi. Insonlar qadim zamonlardan beri biologik jarayonlardan foydalanib ongsiz ravishda sutdan qatiq, bug‘doydan spirt, meva sharbatlaridan sharob yoki sirka tayyorlash texnologiyasidan foydalanib kelgan. Bundan tashqari, zotdor hayvonlar yoki sifatli o‘simliklar navlarini yaratish asosida ham hayotiy jarayonlarning insonlar tomonidan muvaff aqiyatli boshqarilishi yotadi.
- Shuningdek, nonda lizin, triptofan, metionin yetishmaydi. Bu muammoni biotexnologik yo‘l bilan oson hal qilish mumkin. Olimlar ta’kidlashlaricha, 1 t unga 150 gramm lizin qo‘shilganda nondagi oqsil sifati keskin oshishi aniqlangan. Umuman, biotexnologiya va sanoat mikrobiologiyasining rivojlanishi faqat ko‘p tonnali qimmatli oziqa ishlab chiqarishni emas, balki turli xildagi fi ziologik faol moddalar ishlab chiqarish imkonini ham beradi. Eng katta yutuqlar, bir tomondan, odam genomining to‘la ketma-ketligini aniqlash tufayli qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘simliklarni urug‘dan unib chiqib, gullashi va meva berishigacha bo‘lgan barcha hayotiy jarayonlarni boshqaradigan taxminan 25 ming genlarning aniqlanishi sabab erishild
- Gen muhandisligida keyingi paytlarda qo‘lga kiritilgan yutuqlardan yana biri insonlardagi turli irsiy kasalliklarni odam hujayralariga funksional genlarni kiritish orqali davolash texnologiyasidir. Bu genlar terapiyasi deb yuritiladi. Hujayra muhandisligi bemor a’zosidan bitta sog‘lom hujayrani ajratib olib, uni sun’iy oziqa muhitlarida o‘stirish orqali ma’lum to‘qimaga xos hujayralar to‘plamini olish va bu hujayralar to‘plamini butun bir yaxlit a’zogacha tiklash imkoniyatiga ega. Keyinchalik shu yangi organ bemor tanasiga ko‘chirib o‘tkaziladi. Bu «yangi» organlar yaratish texnologiyasi deb ataladi. 1998-yil amerikalik olim J. Tomson «asos» hujayralarda (ingl. stem cells) «yangi» organlar yaratish texnologiyasini kashf etib, biotexnologiyaning bu yo‘nalishi rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi.
TUGADI
Do'stlaringiz bilan baham: |