Chin eritmalar
Download 18.25 Kb.
|
1 2
Bog'liqEritmalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suvli eritmalar CHIN ERITMALAR (SOLUTIONIS VERAE)
Mavzu: Eritmalar, Standart eritmalar Reja: Eritmalar haqida umumiy tushuncha Standart eritmalar Suvli eritmalar CHIN ERITMALAR (SOLUTIONIS VERAE) DORI TURIGA TAVSIFNOMA. ERUVCHANLIK HAQIDA TUSHUNCHA Eritma — suyuq dori turi boiib, bir yoki bir nechta dori moddasini eritish yo'li bilan hosil qilinib, inyeksiya uchun ichishga va sirtga mo‘ljallangan bo‘ladi. Fizik-kimyoviy jihatidan eritmalar bir xil guruhga kirmaydi, sababi ularning dispers sistemasi turli disperslik darajasida bo‘ladi: Quyi molekulali birikmalarning chin eritmalari. Yuqori molekulali birikmalarning eritmalari. Kolloid eritmalar. Avvaldan barcha tomfadagi dispers sistemalar alohida muhim xususiyatlari bo‘lishiga qaramay, eritmalar degan nomni olgan (masalan, natriy xlorid eritmasi, protargol, jelatina eritmalari). Suyuq dori shakli ichida eritmalar katta guruhni tashkil qiladi. Biofarmatsevtik jihatdan eritmalar bir qator afzal- liklarga ega. Ulardan asosiylari: a) eritma holida dori mod- dalar tez so‘rilib, zudlik bilan rezorbtiv ta’sir ko'rsatadi; b) kukunlarni qabul qilish joyidagi, shilliq pardalarning yallig‘lanishi kuzatilmaydi (masalan, kaliyli bromidlar, yo- didlar va boshq.); d) qabul qilish uchun qulay; e) tez tay- yorlanadi. Ammo bu eritmalar ayrim kamchiliklardan holi emas. Barcha toifadagi eritmalarning saqlashdagi barqarorligi turli- chadir. Eritma holida ayrim dori moddalarning noxush ma- zasi aniq bo'ladi («ventur»). Amaliy jihatdan qaysidir mod- dani eritish uchun unga strukturasi jihatdan to‘g‘ri keladi- gan shunday eritmani tanlash kerakki, u bir-biri bilan fizik- kimyoviy xossalariga ko‘ra yaqin bo‘lsin. Zamonaviy nuqtayi nazardan qaraganda, bu — empirik qoidaga asosan erituvchi va eruvchi moddada qutblangan guruhlarning mavjudligi (yoki yo‘qligi) ma’lum darajada tushuntirilishi lozim. Qutblangan guruhlar — bu faol funksional guruhlar kimyoviy birikmalar tarkibida bo‘lib, ular bog‘- lanadigan moddalar o'rtasida ma’lum bir bog‘ hosil qiladi. Qutblangan funksional guruhlarga —OH, —CO, —CHO, — COOH misol bo‘ladi. Shu bilan yuqoridagi guruhlar bo'lgan suyuqliklar bir-biri bilan yaxshi aralashadi va bir-birida erishi mumkin. Qutblanmagan erituvchilar tarkibida aktiv funksional guruhi bo'lmagan suyuqliklar kiradi, masalan uglevodlar (vazelin moyi) gloidoalkil (xloroform — CHC13 va boshq.) Suyuqliklarning suyuqliklarda erishi keng chegarada bo‘ladi. Bir-birida chegaralanmagan holda eriydigan suyuqliklarga masalan, efir va suv — kam qutblangan va qutblangan moddalar va bir-birida mutlaqo erimaydigan suyuqliklar (masalan, o‘simlik moylari va suv, etanol, glitserin — qutblangan va qutblanmagan modda). U yoki bu moddaning, u yoki bu erituvchida erishi qutblangan guruhlarning faqat ayrim hollarda yaqinlashuvi bilan birikmalarga tegishli, bunday hollarda modda eruvchanligiga turli raqobatlashuvchi funksional guruhlar, ularning soni molekular og‘irligi, kattaligi va molekulasining shakli va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatadi. Dori moddalarning suvda va boshqa erituvchilarda erish qobiliyati turlichadir. X DFda eruvchanlik haqida alohida ma’lumot keltirilib, u alohida jadvalda ko‘rsatilgan. Ushbu jadval har bir dorixonada bo‘lishi shart. 0‘sha jadvalda doimiy og‘irlik hajm usulida eritish belgisi qabul qilingan bo‘lib, bu belgi, masalan, 1:20 degani, 20 ml erituvchida faqat 1 g modda eriydi ma’nosini bildiradi. Ko‘pincha eruvchanlik moddaning foiz konsentratsiya- larida belgilanadi (misol uchun — 5%). Ma’lum bir moddaning suvda (va boshqa erituvchida) eruvchanligi suvning haroratiga bog‘liq. Juda ko‘p qattiq dori moddalarning eruvchanligiga haroratni ko‘tarish bilan erishiladi. Ayrim hollar bundan mustasno (masalan, kalsiy tuzlari). Download 18.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling