Mavzu: Gen injeneriyasi. Reja


GEN VA HUJAYRA MUHANDISLIGIGA ASOSLANGAN BIOTEXNOLOGIYA


Download 14.27 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi14.27 Kb.
#1505368
1   2   3   4
Bog'liq
2 5409292476433313415

GEN VA HUJAYRA MUHANDISLIGIGA ASOSLANGAN BIOTEXNOLOGIYA
Tirik mavjudotlarning hayot jarayonlarini chuqur o‘rganish natijasida kashf etilgan bilimlardan foydalanib, biologik makromolekulalar va organizmlar ishtirokida yaratilgan texnologiya biotex nologiya deb ataladi. Insonlar qadim zamonlardan beri biologik jarayonlardan foydalanib ongsiz ravishda sutdan qatiq, bug‘doydan spirt, meva sharbatlaridan sharob yoki sirka tayyorlash texnologiyasidan foydalanib kelgan. Bundan tashqari, zotdor hayvonlar yoki sifatli o‘simliklar navlarini yaratish asosida ham hayotiy jarayonlarning insonlar tomonidan muvaff aqiyatli boshqarilishi yotadi. Shunday biologik texnologiyalar biotexnologiyaning birmuncha sodda ko‘rinishlari bo‘lib, ular an’anaviy biotexnologiya deb ataladi. Keyinchalik biologik fanlar, xususan, biokimyo, mikrobiologiya va genetika fanlarining rivojlanishi tufayli birmuncha murakkab bo‘lgan, o‘ta nozik va unumli zamonaviy biotexnologiyaga asos solindi. Zamonaviy biotexnologiya mikro organizmlarni sanoat miqyosida ko‘paytirib, ular biomassasidan insonlar uchun zarur bo‘lgan moddalar – fermentlar, gormonlar, vitaminlar olish yo‘nalishlarida rivojlanib bormoqda. XX asr davomida yaratilgan biotexnologiyalar asosida mikroorganizmlar yotadi, desa to‘g‘riroq bo‘ladi. Tez ko‘payadigan, genetik jihatdan chuqur o‘rganilgan mikroorganizmlardan foydalanib turli xil mahsulotlar: doridarmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa biologik faol moddalarni ishlab chiqarish imkoniyatlari bor. Masalan, bakteriyalar genomiga odam oshqozon osti bezidan olingan insulin genini kiritish orqali biologik faol va toza bo‘lgan insulin gormonini yoki o‘sish gormoni genini kiritish bilan somatotropin gormonini ko‘plab miqdorda ishlab chiqarish mumkin. Hozirda bir qator dunyo biotexnologik kompaniyalari shu usul orqali turli dori-darmonlarni ishlab chiqarmoqda. Bugungi kunga kelib, zamonaviy biotexnologik usullar bilan gen muhandisligi yordamida farmatsevtika uchun interferonlar, insulin, soma totropin, gepatitga qarshi vaksina, fermentlar, klinik tadqiqotlar uchun diag nostik ashyolar (narkomaniya, gepatit va boshqa bir qator yuqumli kasalliklarni aniq lash uchun test tizimlar, biokimyoviy tekshirishlar uchun reaktivlar, egiluvchan biologik plastmassalar, antibiotiklar) ishlab chiqariladi. Olimlar aniqlashicha, nonda oqsil miqdori unchalik ko‘p emas. Shuningdek, nonda lizin, triptofan, metionin yetishmaydi. Bu muammoni biotexnologik yo‘l bilan oson hal qilish mumkin. Olimlar ta’kidlashlaricha, 1 t unga 150 gramm lizin qo‘shilganda nondagi oqsil sifati keskin oshishi aniqlangan. Umuman, biotexnologiya va sanoat mikrobiologiyasining rivojlanishi faqat ko‘p tonnali qimmatli oziqa ishlab chiqarishni emas, balki turli xildagi fi ziologik faol moddalar ishlab chiqarish imkonini ham beradi. Eng katta yutuqlar, bir tomondan, odam genomining to‘la ketma-ketligini aniqlash tufayli qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘simliklarni urug‘dan unib chiqib, gullashi va meva berishigacha bo‘lgan barcha hayotiy jarayonlarni boshqaradigan taxminan 25 ming genlarning aniqlanishi sabab erishildi. Gen muhandisligida keyingi paytlarda qo‘lga kiritilgan yutuqlardan yana biri insonlardagi turli irsiy kasalliklarni odam hujayralariga funksional genlarni kiritish orqali davolash texnologiyasidir. Bu genlar terapiyasi deb yuritiladi. Hujayra muhandisligi bemor a’zosidan bitta sog‘lom hujayrani ajratib olib, uni sun’iy oziqa muhitlarida o‘stirish orqali ma’lum to‘qimaga xos hujayralar to‘plamini olish va bu hujayralar to‘plamini butun bir yaxlit a’zogacha tiklash imkoniyatiga ega. Keyinchalik shu yangi organ bemor tanasiga ko‘chirib o‘tkaziladi. Bu «yangi» organlar yaratish texnologiyasi deb ataladi. 1998-yil amerikalik olim J. Tomson «asos» hujayralarda (ingl. stem cells) «yangi» organlar yaratish texnologiyasini kashf etib, biotexnologiyaning bu yo‘nalishi rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. «Asos» hujayralar shunday hujayralarki, ular embrional hujayralarga o‘xshagan, hali u qadar takomillashmagan hujayralar to‘plamidan iborat bo‘lib, sun’iy muhitda o‘sish va har qanday to‘qimagacha rivojlanish qobiliyatiga ega. Endigi vazifa olingan to‘qimalardan foydalanib, faoliyati va shakli bo‘yicha tabiiy organlarga o‘xshash bo‘lgan «yangi» tana a’zolarini yaratishdir. Aminmizki, hozirgi o‘quvchilar biotexnologiyaning barcha yo‘nalishlari qatorida bu yo‘nalishni ham rivojlantirishda ishtirok etadilar va ona Vatanimizning dunyo fanida tutgan o‘rnini yuksak rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko‘tara oladilar
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida biotexnologiyalarni rivojlantirish va bio-xavfsizlik tizimini shakllantirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi
Quyidagilar biotexnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari deb hisoblanadi:

  • biotexnologiyalarni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan me'yoriy-huquqiy bazani shakllantirish va biologik xavfsizlikni, ayniqsa gen muhandisligi faoliyati xavfsizligini ta'minlash;

  • biotexnologik mahsulotlarni tadqiq qilish, joriy qilish, ishlab chiqarish va sotish uchun infratuzilmani yaratish;

  • biotexnologiyalar sohasidagi ustuvor innovatsion va investitsion loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish;

  • yangi innovatsion biotexnologik mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar darajasini oshirish, ularning global ilmiy makonga integratsiyalashuvini ta'minlash;

  • biotexnologik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash va qo‘llashda biologik xavfsizlikni ta'minlash;

  • yangi biotexnologiyalar, bioinformatika, biofarmatsevtika, biotibbiyot, fudomiks, metabolomiks, xemometriks, katta hajmdagi ma'lumotlarni tahlil qilish kabi sohalarda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining barqaror ishlashi va rivojlanishi uchun sharoit yaratish;

  • biotexnologik mahsulotlarning yangi bozorlarini shakllantirish, shuningdek, biotexnologik mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va sertifikatlash bo‘yicha me'yoriy-huquqiy asoslarni takomillashtirish;

  • ichki bozorda va ishlab chiqarish sohalarida biotexnologik mahsulotlarning iste'molini va qo‘llanish hajmini oshirish;



Xulosa qilib aytadigan bo’lsak bugungi XXI asrimiz texnologiya-larga boy asr. Yildan yilga insoniyatning erishayotgan yutuqlari juda yuqori darajada. Inson aqli, bilimi oshib borar ekan dunyo miqyosida misli ko’rilmagan yangiliklar hali ancha yaratiladi. Genetik injeneriya va biotexnologiya yosh fanlar qatoriga kirishiga qaramay bugungi kunda uning insoniyat hayotidagi roli kata ahamiyatga ega. Bugungi ekologik muammolar avj olib borayotgan vaqtda muammolar bilan birga har xil kasalliklar ham insonlarni tashvishga solib bormoqda. Shu kasalliklarning oldini olish, ularni davolash ishlari genetic injeneriya va biotexnologiyaga ham bevosita aloqador deb o’ylaymam



Download 14.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling