Asosiy tushunchalar:  Gen regulyatsiyasi


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana25.10.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1720415
1   2   3   4
Bog'liq
Asosiy tushunchalar

RNK stabilligi. Sitozoldagi iRNK molekulasining umr koʻrish muddati 
undan qancha oqsil ishlab chiqarilishiga taʼsir qiladi. miRNK deb 
nomlangan kichik tartibga soluvchi RNKlar iRNKlarga bogʻlanib, 
ularning parchalanishiga sabab boʻlishi mumkin. 

Translyatsiya. iRNK translyatsiyasi regulyatorlar tomonidan 
kuchaytirilishi yoki susaytirilishi mumkin. Masalan, miRNKlar baʼzan 
oʻzining nishoni boʻlgan iRNKlarning translyatsiyasini (parchalashdan 
koʻra) bloklab qoʻyadi. 

Oqsillar aktivligi. Oqsillar turli modifikatsiyalarga uchrashi, yaʼni 
parchalanishi yoki turli kimyoviy guruhlar biriktirishi mumkin. Bu 
modifikatsiyalar regulyatsiya qilinishi va oqsillar aktivligiga taʼsir 
koʻrsatishi mumkin. 


Gen ekspressiyasining barcha bosqichlari regulyatsiya qilinishi 
mumkin boʻlsa-da, koʻplab genlar uchun asosiy nazorat nuqtasi – 
transkripsiya. Regulyatsiyaning keyingi bosqichlari koʻpincha 
transkripsiya paytida genlarda yuzaga kelgan “qoʻpol” xatoliklarni 
toʻgʻrilaydi. 
Toʻliq maʼlumot uchun 
transkripsiya faktorlari
 va 
transkripsiyadan 
keyingi regulyatsiya
 maqolasi bilan tanishing. 
Gen regulyatsiyasi va turlar oʻrtasidagi farqlar 
Gen regulyatsiyasidagi tafovutlar koʻp hujayrali organizmdagi 
hujayralarni (masalan, odam hujayralari) funksiyasi va tuzilishining 
oʻziga xos boʻlishini taʼminlaydi. Agar kengroq olib qarasak, genlar 
regulyatsiyasi nisbatan oʻxshash genlar ketma-ketligiga ega turlar 
orasidagi shakl va vazifalardagi ayrim farqlarni tushuntirishga yordam 
beradi. 
Masalan, odam va shimpanze genomi DNK 
darajasida \[\text{98,8}\%\] bir-biriga oʻxshaydi. Ayrim genlarning 
oqsillarni kodlash ketma-ketligi odamlar va shimpanzelarda farq qiladi, 
bu turlar oʻrtasidagi farqlarni keltirib chiqaradi. Shu bilan birga, 
tadqiqotchilar genlar reg
ulyatsiyasidagi oʻzgarishlar ham odam va 
shimpanzening bir-
biridan farq qilishida katta rol oʻynaydi deb 
hisoblaydi. Masalan, shimpanze genomida boʻlgan, ammo inson 
genomida boʻlmaydigan DNK zanjirida regulyatsiya ketma-ketlik 
mavjud boʻlib, ular gen qachon yoki qay darajada ekspressiya 
qilinishini boshqaradi 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling