Asosiy tushunchalar:  Gen regulyatsiyasi


Eukariot gen ekspressiya regulyatsiyasi koʻp


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana25.10.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1720415
1   2   3   4
Bog'liq
Asosiy tushunchalar

Eukariot gen ekspressiya regulyatsiyasi koʻp 
bosqichlarda amalga oshadi 
Keyingi maqolalarda biz eukariotlardagi (biz kabi!) gen 
regulyatsiyasining turli shakllarini koʻrib chiqamiz. Yaʼni biz eukariot 
hujayralarda genlarning ekspressiyasini DNKdan iRNK sintez 
qilinishiga qadar oqsillar translyatsiyasi va oqsil protsessingigacha turli 
bosqichlarda qanday boshqarish mumkinligini bilib olamiz. 
Eukariot hujayra genlarining ekspressiyasi koʻplab bosqichlarni oʻz 
ichiga oladi va ularning deyarli barchasini regulyatsiya qilish mumkin. 
Turli xil genlar regulyatsiyasi har xil nuqtalarda amalga oshiriladi va 


genni (ayniqsa, muhim yoki kuchli gen boʻlsa) bir necha bosqichda 
regulyatsiya qilish koʻp uchraydigan holat emas. 

Xromatinning ochiqligi. Xromatin (DNK va unga tuzilish beruvchi 
oqsillar) strukturasi regulyatsiyasi oson. 
Ochiq va “yoyilgan” xromatin 
gen transkripsiyasini qulaylashtiradi. 

Tanskripsiya. Transkripsiya koʻp genlar uchun asosiy regulyator nuqta 
hisoblanadi. Transkripsiya faktori oqsillar toʻplami DNK ketma-
ketligiga yoki uning yaqinidagi genga bogʻlanadi va uning RNKga 
transkripsiyalanishini tezlashtiradi yoki toʻxtatib qoʻyadi. 

RNK protsessing. RNK molekulasi splaysingi, qalpoq va poli-A dum 
biriktirish jarayonlari ham regulyatsiya qilinadi va shu yoʻl bilan uning 
yadrodan chiqishi taʼminlanadi. Alternativ splaysing jarayoni orqali 
bitta pre-
iRNKdan turli xil iRNK hosil boʻlishi mumkin. 
Eukariot gen ekspressiyasi bosqichlari (har biri kuchli regulyatsiya 
qilinishi mumkin). 
1. Xromatin strukturasi. Xromatin kuchli ravishda qisqargan yoki yoyilgan 
va ochiq 
boʻlishi mumkin.


2. Transkripsiya. Mavjud gen (ochiq xromatinga ega 
boʻlgan) pre-iRNK 
sintezi uchun transkripsiyalanadi. 
3. Protsessing va yadrodan chiqish. 
Boshlangʻich transkript 
protsessingga (splaysing, qalpoq va poli-A dum biriktirish jarayonlari) 
uchraydi va yadrodan chiqariladi. 
4. iRNK barqarorligi. Sitozolda iRNK uzoq muddat davomida barqaror 
turishi yoki parchalanib ketishi mumkin. 
5. Translyatsiya. iRNK polipeptid sintez qilish uchun ribosomalar 
tomonidan 
koʻp yoki kam/tez-tez translyatsiya qilinishi mumkin. 
6. Oqsil protsessingi. Polipeptidlar proteolitik parchalanish 
(aminokislotalarga ajralish) va fosfat guruhi birikishi singari turli xil 
protsessing jarayonlariga uchraydi. 
Ushbu bosqichlarning barchasi hujayrada faol (funksional) oqsil hosil 
boʻlishi uchun berilgan gen ustidan (agar mavjud boʻlsa) bajarilishi 
kerak. 
“Reece 
\[^1\]
 and Purves”dagi diagrammaga asoslangan rasm. 
\[^2\]


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling