Mavzu: tadbirkorlik faoliyati, uning ahamiyati va zaruriyati
Download 416.52 Kb.
|
Rafiqov Suhrob
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
MAVZU: TADBIRKORLIK FAOLIYATI, UNING AHAMIYATI VA ZARURIYATIby Rafiqov SuhrobREJALAR:1. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari va vazifalari3. O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda tadbirkorlik faoliyatining zaruriyatiKIRISHTadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va yo`nalishlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va konsalting turlarini ajratish mumkin.Tadbirkorlik yoki biznes ( ihgl- business — "bandlik"), deb har qanday qonuniy tijorat faoliyatiga aytiladi. Tadbirkorlik bilan shugullanuvchi shaxs tadbirkor, deyiladi. Xususiy tadbirkorlik kapitalistik iqtisodiyot negizidir. Sotsialistik iqtisodiyotlarda tadbirkorlik bilan hukumat, jamiyat yoki ishchilar kasaba uyushmalari shugullanadi.Tadbirkorlik xojalik yuritish kolamiga qarab, yirik, oʻrta va kichik turlarga boʻlinadi. Yirik tadbirkorlik ishlab chiqarishda 500 dan ortiq kishi band boʻlgan, oʻrta tadbirkorlik esa 20 — 500 kishi band boʻlgan korxona (firma)lar, kichik tadbirkorlik 10 — 20 va undan kam kishi ishlaydigan korxonalarni qamraydi. Yirik va orta tadbirkorlikka, asosan, yirik ishlab-chiqarish, koʻp sonli tovarlar chiqaradigan, mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashgan sohalar kiradi. Kichik tadbirkorlik qishloq xoʻjaligi, aholiga xizmat koʻrsatish sohalarida keng tarqalgan. Kichik tadbirkorlik sharoitga tez moslasha olishi bilan boshqalaridan farqlanadi va shu bois u keng tarqalgan.Tadbirkorlik (biznes) huquqi – tadbirkorlik (biznes) sub’ektlari o‘rtasidagi tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi va bozor sharoitida davlatning iqtisodiyotga rahbarlik qilish chora-tadbirlarini belgilovchi huquqiy qoidalar yig‘indisi.1-rasm. Tadbirkorlikning barqaror rivojlanishi Tadbirkorlik faoliyati - tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.Download 416.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling