Mavzu: tadbirkorlik faoliyati, uning ahamiyati va zaruriyati
Tadbirkorlik faoliyatining shakllari va vazifalari
Download 416.52 Kb.
|
Rafiqov Suhrob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hozirgi davrga kelib, me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilanganidek, mulk shakllari quyidagicha
Tadbirkorlik faoliyatining shakllari va vazifalariHar qanday mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda juda ko’plab mamlakatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlaydigan mexanizmlar ishlab chiqilganki, ularni barchasi iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki berib kelmoqda.Kichik biznes yoki xususiy tadbirkorlik korxonalari mamlakat iqtisodiyotining turli jabhalariga kirib borgan sari, yangidan yangi g’oyalarni amaliyotga tadbig’i kuchaymoqda. SHuning uchun davlat miqyosida uning siyosatida ushbu sohani barqaror rivojlanishiga yo’naltirilgan chora-tadbirlar doimo qo’llanilib kelinadi.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishiga xo’jalik yuritishning ma’muriy-buyruqbozlik tizimining salbiy oqibatlarini bartaraf etishdagi asosiy yo’nalishlar sifatida ham qarash mumkin. Jumladan, aynan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi davrida noto’g’ri yuritilgan ijtimoiy siyosat oqibatida yirik shaharlarda ishlab chiqarishning haddan ziyod to’planishi, kichik shahar va qishloq joylarda esa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning past darajada qolishi tabaqalashuvni keskinlashtirdi. Ayniqsa mamlakatimizdagi ko’plab kichik shaharlar va qishloq aholi punktlaridagi ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasiga salbiy ta’sir ko’rsatdi.Hozirgi davrga kelib, me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilanganidek, mulk shakllari quyidagicha:xususiy mulk;jamoat (shirkat) mulki;davlat mulki; xorijiy fuqarolar, tashkilotlar, davlatlar, shu jumladan, xorijiy huquqiy va jismoniy shaxslar mulklari. Yuqorida keltirilgan mulk shakllari asosida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish mumkin. Bunda tadbirkorlik faoliyatining ham huquqiy-tashkiliy shakllari namoyon bo’ladi, ya’ni: yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati; xususiy tadbirkorlik (ishchilarni yollash mumkin); jamoa tadbirkorligi (bunday tadbirkorlik turi bir necha jismoniy shaxslardan iborat guruhga asoslanadi); sherikchilik asosidagi tadbirkorlik. O’zbekiston Respublikasida korxonalar to’g’risidagi Qonunga muvofiq mulk shakllari va tadbirkorlik faoliyatining turlari asosida korxonalarning har xil turlari barpo etildi. Tadbirkorlikni kichik va xususiy korxonalar faoliyatida ko’rish mumkin. Shuning uchun ham ommaviy holatda «kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati» sub’ektlari deb yuritish odat tusiga aylandi. Bu iboralarning mazmuniga quyidagicha izoh berish mumkin: Download 416.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling