Mavzu: tadbirkorlik faoliyati, uning ahamiyati va zaruriyati

Download 416.52 Kb.
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi416.52 Kb.
#1547596
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Rafiqov Suhrob

Mustaqillik yillaridan boshlab, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlari boshlandi. Korxonalarni davlat tasarufidan chiqarish va xususiylashtirish, iqtisodiy islohatlarning yetakchi bo’g’ini hisoblanib, mulk shakllarining xilma-xilligi rivojlandi. Demak, xususiylashtirish natijasida demokratik jamiyatning ijtimoiy zaminini tashkil qiluvchi xususiy mulkchilik qatlami shakllana borib, bozor iqtisodiyoti va ishlab chiqarishni samarali rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilishi avj oldi.

Tadbirkorlik faoliyatini boshqarish mexanizmi – biznes faoliyatini tashkil etish, uni yuritishning usul, uslub va tamoyillari majmui bo’lib, ular yordamida biznes faoliyatini boshqarish jarayoni, munosabatlari hamda ular o’rtasidagi aloqa amalga oshiriladi. Umuman, xo’jalik mexanizmi, boshqaruv mexanizmlari bo’yicha juda ko’p taniqli iqtisodchilar, jumladan, L.I.Abalkin, N.Q.Yo’ldoshev, SH.N.Zaynutdinov, G’.M.Qosimovlar o’z fikr va mulohazalarini bildirganlar. V.F.Fillipov xo’jalik mexanizmi o’z ichiga boshqaruvning asosiy elementlari hisoblanadigan rejalashtirishni, iqtisodiy dastaklar va rag’batlarni, tashkiliy tuzilmalarni, usul va uslublarni, ishlab chiqarishni boshqarishda mehnat jamoasi ishtirokining turli shakllarini jamlaydi, deb ta’riflaydi.

Xo’jalik mexanizmi bilan boshqaruv mexanizmi o’zaro aloqada bo’ladi, ular bir-biriga juda yaqin tushunchalar. SHuni ham ta’kidlash lozimki, iqtisodiy adabiyotlarda “boshqaruv mexanizmi”, “xo’jalik mexanizmi”, “iqtisodiy mexanizm” tushunchalari bir-biridan jiddiy farqlanmagan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida “boshqarish mexanizmi” tushunchasi asosiy tashkiliy-iqtisodiy kategoriya hisoblanadi, biznes faoliyati bilan bog’liq bo’lgan boshqa mexanizmlarni o’zida mujassamlashtiradi.

Download 416.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling