Mavzu: tadbirkorlik faoliyati, uning ahamiyati va zaruriyati


-rasm. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari


Download 416.52 Kb.
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi416.52 Kb.
#1547596
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Rafiqov Suhrob

2-rasm. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari
Birinchidan, «biznes» yoki «tadbirkorlik» tushunchalariga «kichik» tushunchasining qo’shib aytilishi tadbirkorlikni miqdoran shaklini ifodalaydi. Bunda umumiy sohalar bo’yicha olganda ishchilar soni 50 kishidan oshmagan korxonalar hisobga olinib, bularning tarkibiga mikrofirmalar ham kiritiladi. Biroq mikrofirmalarda ishchilar soni 20 kishigacha bo’lishi kerakligi me’yoriy hujjatlarda belgilangan. Bundan tashqari davlat mulki asosidagi tadbirkorlik shakllari ham hisobga olinadi. Bunday tadbirkorlikni xususiy tadbirkorlik shakllaridan farqli tomoni shundaki, u davlat mulki asosida amalga oshiriladigan faoliyatdir. Boshqacha aytganda, davlat tadbirkorligi yirik korxonalar yoki davlat idoralari tarkibida shakllanganligi uchun ma’lum darajada bandlik sohasidagi muammolarni u yoki bu jihatdan hal etishga yordam beradi.
Ikkinchidan, «xususiy» tushunchasi ham «biznes» yoki «tadbirkorlik» tushunchasiga qo’shilib aytiladiki, bunda mulkchilik shakllari hisobga olinadi. Boshqacha aytganda turli mulk shakllariga asoslangan faoliyat turini «xususiy tadbirkorlik» deb yuritish mumkin. Masalan o’z mulki asosida tadbirkorlikni yuritishda albatta kichikroq doiradagi ishdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
3-rasm. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari

O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda tadbirkorlik faoliyatining zaruriyati.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining ahamiyati, ayniqsa, ko’lami jihatidan katta bo’lmagan yangi bozorlarni o’zlashtirishda yaqqol namoyon bo’ladi. Mavsumiy, milliy, mahalliy tavsifdagi ba’zi mahsulot va xizmatlar talab hajmiga ko’ra yirik ishlab chiqarish uchun ham salohiyatli hisoblanadi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari ning iqtisodiyotning rivojlanishidagi muhim o’rni shu bilan ham belgilanadiki, u aholining ishbilarmonlik faolligini oshirishning, bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy unsur bo’lgan tadbirkorlikni shakllantirishning samarali vositasi hisoblanadi. Natijada, markazlashgan tarzda foydalanishning iloji bo’lmagan ichki zahiralar - aholining pul mablag’lari, moddiy va mehnat resurslarini xarakatga tushirish imkoni vujudga keladi. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikga keng yo’l ochish orqali xalqning ma’naviy qadriyatlarini – milliy hunarmandchilikni yanada rivojlantirishga, unutilgan sohalarni qayta tiklashga imkon yaratiladi.


Download 416.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling