Mavzu: Kimyo sanoati korxonalarining mamlakat iqtisodiyotida tutgan o’rni va ahamiyati Reja: Kirish


Download 1.01 Mb.
bet1/10
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1187949
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kimyo sanoati korxonalarining mamlakat iqtisodiyotida tutgan o’rni va ahamiyati


Mavzu: Kimyo sanoati korxonalarining mamlakat iqtisodiyotida tutgan o’rni va ahamiyati




Reja:


Kirish



  1. Kimyo sanoati tushunchasi

  2. Kimyo sanoati tarixi

  3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

  4. Kmyo sanoati statistikasi

  5. O’zbekistonda kimyo mahsulotlari resurs bazasi

  6. O’zbekiston iqtisodiyotida kimyo sanoatining o’rni



Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Bugungi zamon texnologiyalarining rivojlanishi, ehtiyojlarni ortishi, istimolchilar uchun zarur bo’gan oziq ovqat, sanoatidagi muammolar, harbiy nizolar, xomashyoni yetishmasligi, yashash sharoitining yaxshilanib borishi kimyo mahsulotlariga bo’lgan talablarni ortishiga va kimyo sanoatiga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirishga sabab bo’lmoqda.


O’zbekiston hududida tabiiy gaz, neft, ko’mir, oltingugurt, rangli metallar rudasi va boshqa xom ashyolar bo’lganligi uchun mamlakatimiz yirik kimyo sanoatlariga ega.
O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi – bu yerda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan.
Davlatimiz rahbari tomonidan milliy iqtisodiyotimizning kimyo tarmog’ini rivojlantirishga doimiy e’tibor qaratilayotgani, mamlakatimizda xomashyo zaxirasi boyligi, yuqori malakali kadrlar mavjudligi ishlab chiqarishni yangilash va kengaytirish imkonini bermoqda.
Ushbu muhim vazifaning hal etilishi O’zbekiston kimyo sanoatining ham ichki, ham tashqi bozordagi o’rnini yanada mustahkamlaydi.
Bu jarayonda ishlab chiqaruvchilarning har tomonlama qo’llab quvvatlanayotgani soha rivojiga xizmat qilmoqda. Tarmoq va tarmoqlararo hamkorlik mustahkamlanmoqda. Texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlanayotgan korxonalarda xaridorgir, zamon talablariga mos va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ortib, ko’plab yangi ish o’rinlari yaratilmoqda.
O’zbekistonda bundan tashkari оsh tuzi, fоsfоrit, kaliy tuzi, оxak, gips, оltingugurt kоnlari, rangdоr metallurgiya va paxtachilik sanоat chiqindilari va bоsha xоm ashyolarga bоydir. Shuning uchun hоzirgi zamоnda kimyo sanоatini O’zbekistonda rivоjlanishi qulay va zarurdir.
Umuman, 2012-yilda dunyoda loyihaviy moliyalash asosida umumiy qiymati 382 milliard dollarga teng to’qqiz yuzdan ziyod loyiha amalga oshirila boshlangan. Dunyoning eng yaxshi o’nta investitsion loyihasi qatoridan neft-gaz, tog’-kon sanoati, transport va kommunal infratuzilmalari loyihalari o’rin oldi. Ular Avstraliyada (to’rtta loyiha), AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Singapur, Germaniya va O’zbekistonda (bittadan loyiha) amalga oshirilmoqda. O’zbekistonda bu loyiha Usyurt gaz-kimyo majmuasi hisoblanib, rivojlanayotgan mamlakatlar bozoridagi eng yirik investitsion loyiha, deb e’tirof etildi. Rivojlangan davlatlar kimyo sanoatiga katta e’tibor qaratayotgan bir vaqtda O’zbekiston ham bu tarmoqqa e’tibordan chetda qolgan emas. Yuqoridagi ma’lumotlar bunga yaqqol misoldir.



  1. Download 1.01 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling