12. Korxonaning umumiy xo ‘ jal ik ob’ektlarini loyihalash. Xomashyoni qabul qilib olish va saqlash
Download 0.51 Mb.
|
12 у
Xomashyoni qabul qilib olish va saqlash. Xomashyo GQIK va GKKlarga magistral quvurlar, temir yo’l, suv va avtomobil trasportlari bilan keltiriladi. Quvur transporti bilan 80% xom gaz va 8-10% gaz mahsulotlari tashiladi. Barcha gazni qayta ishlash korxonalari gaz qazib olinadigan rayonlar bilan quvurlar orqali bog‘langan. Gazni GQIK ga berilishini tekshirib turish uchun korxonaga yaqin joyda yoki korxona territoriyasida qabul qilish va berish punkti tashkil qilinadi. Punktni tarkibida-maxsus trubalarni parafin uglevodlardan vaqti-vaqti bilan tozalab turadigan iflos loylarni ushlaydigan filtrlar va hisoblagich bo’ladi. Hisoblagichlarni ko‘rsatgichi GQIK ga qancha gaz berilganini ko‘rsatadi va bosh gazni uzatuvchi stantsiyaga va markaziy dispetcherlik punktiga hisoboti berib turiladi. Qabul qilish-uzatish stantsiyalarning filtrlari oldiga himoya klapanlari quyiladi, chunki punktni oldidagi zadvijkani berkitganda bosim nixoyat darajada ko‘tarilib ketib trubalar yorilib ketishi mumkin. Himoya klapanlaridan chiqqan gaz xom gaz rezervuariga yuboriladi. Punktdan rezervuargacha bo‘lgan quvur GQIK ga qarashli bo‘ladi va rezervuar oldida erdan chiqarib ko‘tarilgan bo‘ladi. GKKlar GQIK lardan homashyo oladilar. Quvurlar orqali GKKga benzin fraktsiyasi, suyutirilgan gazlar, aromatik uglevodorodlar beriladi. GKK ko‘pincha homashyo sifatida gaz ishlatadi. Gaz GKKga magistral quvur sistemasi orqali gazni tarqatish punktidan beriladi. Bu punktda gaz korxona uchun kerakli bo‘lgan bosimgacha pasaytirib beriladi va shu erni o‘zida hisoblagichlar quyilib gazni hisobi olinadi. Gaz GQIK ga temir yo‘l tsisternalarida temir yo’lni o‘tkazish va yuk ko’tara olish qobiliyatiga qarab beriladi. Gazni tashish uchun ikki, to’rt - olti va sakkiz o‘qli sisternalar qo‘llaniladi. Sisternalarni turiga qarab marshrutni uzunligi belgilanadi. Marshrutni uzunligi 720 m, og‘irligi 3900 t bo’ladi. Yangi qurilayotgan GQIK da Gazni qabul qilib olish uchun uzunligi 360 m bo‘lgan estakada quriladi. Uni ikki yonida ikkita uzunligi bo‘yicha sostav qo‘yiladi, sisternalarni pastki qismidan gaz tushirib olinadi va quvurga beriladi. Quvurlardan balandligi relsdan pastdan bo‘lgan nolinchi (nolevoy) rezervuarlarga u erdan korxonani asosiy homashyo rezervuarimga beriladi. Qishda gazni ba’zi bir sortlari, gaz mahsulotlarning ba’zi turlarining qotish harorati yuqori bo‘lganligi uchun quyish punktlariga quyuqlashgan holda keladi. Yuklarni tashish qoidalariga ko‘ra bunday mahsulotlarni tushirish vaqti yilning 15 oktyabridan 15 apreligacha uzaytiriladi va ularni isitish vaqti ham uzaytiriladi (2.1 jadval). Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling