12. Korxonaning umumiy xo ‘ jal ik ob’ektlarini loyihalash. Xomashyoni qabul qilib olish va saqlash
Download 0.51 Mb.
|
12 у
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xomashyoni saqlash.
- 2. Tovar mahsulotini tayyorlash.
- Tovar mahsulotlarini saqlash.
Bug’ bilan yuvish stantsiyalari. Sisternalarni ta’mirlashga va yangi Mahsulot quyishga tayyorlash uchun par bilan yuvish stantsiyalari quriladi va GQIK, GKK tarkibida loyihalanadi.
2.1 Jadval Gaz va gaz mahsulotlarini transportirovkasi normalari (tashish, tushirish va h.k.)
Loyihani topshirishda asosan sisterna va yarim vagonlarni yuvib tozalashga sutkali dastur tuziladi. Odatda bug‘latish - yuvish stantsiyalarnda bir sutkada 400 - 600 sisterna va 50 - 100 yarim vagonlar tozalanadi. Bu stantsiyada quyidagi operatsiyalar bajariladi: tsisternani bug‘ bilan qizdirib ichidagi quyuq moddalari tushirib olinadi, tsisternani ichki qismi issiq suv bilan yuviladi, suvlar vakuum qurilma yordamida tozalanadi, ventilyatorlar yordamida degazatsiya qilinadi. Xomashyoni saqlash. GQIK da gazni saqlash uchun rezervuarlar parki bo’lishi shart. Loyihalashni texnologik normasi bo’yicha rezervuarlarni sig‘imi GQIK ni 7 sutka davomida tuxtovsiz ishlab turishiga etishi kerak. Agarda GQIK gazni temir yo‘l yoki suv yo‘li orqali olsa rezervuarlar parkining sig‘imi oshirilishi kerak. GQIK ni homashyo bazasida hajmi 20-50 ming m3 bo‘lgan rezervuarlar o‘rnatiladi. GQIK va GKKlarni loyihalashda СНИП 11-106-79 dan foydalaniladi. 2. Tovar mahsulotini tayyorlash. GQIK larda ishlab chiqariladigan tovar mahsulotlar shartli ravishda 2 guruhga bo‘linishi mumkin: 1. Texnologik qurilmalarda olinadigan mahsulot. 2. Har-xil komponentlardan tayyorlanadigan mahsulot. GQIK qurilmalarida individual uglevodorodlar fraktsiyasi C3-C5 (propan, butan, pentan), aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol, ksilollar) qattiq parafinlarni har-xil markalari, moylar uchun prisadkalar ishlab chiqariladi. Tovar mahsulotini tayyorlash operatsiyasini amalga oshirish uchun maxsus ob’ektlar loyihalashtiriladi va ularda kompaundlashni quyidagi asosiy usullari qo’llaniladi. 1. Sirkulyatsiya-to‘xtovsiz aylanib aralashib turadigan-aralashtirgich rezervuarlar. 2. Aralashtiruvchi moslamasi bo‘lgan rezervuarlarda. 3. Quvurlarni o‘zida aralashtirish. Tovar mahsulotlarini saqlash. GQIK va GKK tovar mahsulotlarining asosiy qismini tovar-homashyo bazasida saqlanadi va iste’molchilarga jo’natiladi. Korxonalarni loyihalashtirishda shunga e’tibor berish kerakki tovar mahsulotlarini saqlash va jo‘natish bir erda bo‘lishi kerak. Bunda tovar bazasini boshqarish qulay bo‘ladi, temir yo‘l transportini ishi engillashadi. Faqat suyultirilgan gaz bazasi bundan mustasnodir, chunki yong‘inga qarshi normalarga rioya qilinsa bu baza korxona territoriyasidan 300-500 m uzoqlikda loyihalashtiriladi. Tovar parkini sig‘imi loyihalashning texnologik normasi tomonidan belgilangan bo‘lib, saqlash muddatiga bog‘liq. Saqlash muddati esa, har bir tovar mahsulotini 15 sutkalik ishlab chiqargan miqdorini qabul qilib olish va saqlashga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Suyultirilgan gazlarni omborlarining sig‘imi shu mahsulotni 3 sutkalik ishlab chiqarilgan miqdordan oshmasligi kerak. Agarda gaz mahsulotlari quvurlar orqali jo‘natilsa, saqlash muddatini normasi 7 sutkaga qisqartiriladi. O’rnatiladigan rezervuarlarni miqdori saqlash kerak bo‘lgan mahsulotni miqdoriga va rezervuarni sig’imiga bog‘liq. Iqtisodiy tomonidan qaraganda katta hajmdagi rezervuarlarini qurgan ma’qul. Masalan: 10 ming kub. metrli 3 ta rezervuar o’rniga bitta 30000 m3 rezervuar qurilsa o‘z navbatida tovar parkini maydoni kichraydi. Hap bir tovar mahsuloti uchun kamida 3 ta rezervuar loyihalanadi. Bittasiga mahsulot keladi, ikkinchisi analizda, uchinchisidan mahsulot jo’natiladi. Joylashtirishga qarab rezervuar er osti va er usti rezervuarlari deyiladi. GQIK va GKKlarda tovar mahsulotlarni saqlash uchun 200 kub. m gacha sig’imga ega bo’lgan rezervuarlar, 100 kub. m dan 30000 kub. m gacha metallardan yasalgan vertikal rezervuarlar, 10000 kub. m dan 50 000 kub. m gacha sig‘imga ega bo‘lgan suzib yuruvchi rezervuarlar quriladi. Mazut, gudron, surkov moylari, og’ir smolalar, temir-beton rezervuarlarda, ostki qismi konussimon bo‘lgan rezervuarlarda saqlanadi. Suyultirilgan gazlar, engil benzin fraktsiyalari (to’yingan bug‘larini bosimi 20°C da 90 kPa dan yuqori bo‘lgan) gorizontal silindrik rezervuar va sharsimon rezervuarlarda saqlanadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling