Lab chiqariladigan joydan ishlatilish joyigacha tashuvchi quvur
Download 70.12 Kb. Pdf ko'rish
|
5mavzu tasis
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2. Magistral quvurlarning klassifikatsiyasi va kategoriyasi
- IV BOB. MAGISÒRAL NEFÒ-GAZ QUVURLARI ÒO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOÒLAR
28 4.1. Magistral quvurlarning turlari Magistral quvurlar deb, neft-gaz va neft mahsulotlarini ish- lab chiqariladigan joydan ishlatilish joyigacha tashuvchi quvur bo‘limiga aytiladi. Magistral quvurlarning ishchi bosimi 10 MPa dan yuqori bo‘lmay, ularning shartli diametrlari 1420 mm gacha bo‘ladi. Magistral quvurlar tashiladigan mahsulotning turlariga ko‘ra: neft, gaz va neft mahsulotlari magistral quvurlariga bo‘linadi. Magistral gaz quvuriga gazni kompleks tayyorlash qurilma- lari tarkibidagi bosh kompressor stansiyasi (BKS) dan gazni taqsimlash stansiyasi (GÒS) gacha bo‘lgan oraliq kiradi. Magistral neft quvuri bo‘limiga neftni kompleks tayyor- lash qurilmalari tarkibidagi bosh nasos stansiyasi (BNS) dan neftni qayta ishlash zavodi (NQZ) gacha yoki uzatuvchi om- borgacha bo‘lgan oraliq kiradi. Magistral neft mahsuloti quvur- lariga NQZ dan mahsulotlarni saqlovchi omborgacha bo‘lgan oraliq kiradi. 4.2. Magistral quvurlarning klassifikatsiyasi va kategoriyasi Magistral quvurlar qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ) 2.05.06-85 ga ko‘ra quyidagicha klassifikatsiyalanadi. Magistral gaz quvurlari ishchi bosimiga ko‘ra 2 ta sinfga bo‘linadi. Birinchi sinf magistral gaz quvurlariga ishchi bosimi 2,5 MPa dan 10 MPa gacha bo‘lgan quvurlar kiradi; ikkinchi sinfga ishchi bosimi 1,2 MPa dan 2,5 MPa gacha bo‘lgan quvurlar kiradi. Magistral neft va neft mahsulotlari quvurlari shartli diametr- lari bo‘yicha 4 ta sinfga bo‘lingan: 1- sinfga shartli diametri 1000 mm dan katta bo‘lgan quvurlar; 2- sinfga shartli diametri 500 mm dan 1000 mm gacha bo‘lgan quvurlar; IV BOB. MAGISÒRAL NEFÒ-GAZ QUVURLARI ÒO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOÒLAR 29 3- sinfga shartli diametri 300 mm dan 500 mm gacha bo‘lgan quvurlar; 4- sinfga shartli diametri 300 mm dan kichik bo‘lgan quvur- lar kiradi. Magistral quvurlarning istalgan bo‘limlarini mahkamligini ta’minlash maqsadida QMQ 2.05.06-85 bo‘yicha ular quyidagi kategoriyalarga bo‘lingan. Shartli diametri 1200 mm va undan yuqori bo‘lgan gaz quvur- lari va shartli diametri 700 mm va undan yuqori bo‘lgan neft va neft mahsuloti quvurlari 3- kategoriyaga; shartli diametri 1200 mm dan kichik bo‘lgan gaz quvurlari hamda shartli diametri 700 mm dan kichik bo‘lgan neft va uning mahsuloti quvurlari 4- kate- goriyaga kiradi. Download 70.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling