Tabiiy gazlardan suyuq uglevodorod komponenetlarini ajratish
Download 44 Kb.
|
3 Tabiiy gazlardan suyuq uglevodorod komponenetlarini ajratish
Tabiiy gazlardan suyuq uglevodorod komponenetlarini ajratish 1. Neft-gaz separatorlarining turlari Tabiiy gazni konlarda yig’ish tizimlarini tanlash konlarning turiga, iqlimiy va jo’g’rofiy sharoitlariga, kondagi gaz zaxiralariga, konning maydoni va konfigurasiyasiga, mahsuldor qatlamlarning soni va tavsifnomalariga, quduqlarning ishchi debitiga, quduq usti bosimiga, gazning tarkibiy qismlariga, gaz tarkibidagi zararli qo’shimchalar miqdoriga, kondagi quduqlarning soniga va ularning o’zaro joylashuvi va hamda qabul qilingan gaz tayyorlash usullari va texnologiyalariga qarab belgilanadi (2.1-rasm). Gaz konlarida gazni yig’ish va tayyorlash tizimi quyidagi elementlardan tuzilgan: gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi (GDTQ), gazni kompleks tayyorlash qurilmasi (GKTQ) va bosh inshootlardan (BI). Agarda kondan toza gaz qazib olinsa, unda GKTQ da tozalash amalga oshiriladi. GDTQda oldindan qazib olinadigan gazning hajmi o’lchanadi. Gaz kondensat konlarida GKTQ da har bir quduqdan qazib olinadigan gaz mahsulotining hajmi va qisman ajralib chiqadigan kondensatning namligini o’lchash orqali amalga oshiriladi. Separatsiya uglevodorodli ashyolarning butun harakati davomida kechadi: Ø Neftning quduq bo’ylab ko’tarilishida Ø quvuruzatkichlarda Ø rezervuarlarda Separatsiyalangan gazning chiqishi gaz separatorlarida, xomashyo rezervuarlarida, texnologik qurilmalarda amalga oshiriladi. Separatsiyalangan gazning chiqadigan har bir punkt separatsiyalash bosqichlari bilan nomlanadi. Neft – gaz separatorlarining turlari Ishlatilish maqsadiga ko’ra: Ø o’lchshga mo’ljallangan; Ø ajratishga mo’ljallangan. Neft-gaz separatorlari shakliga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: Ø sferik; Ø silindrik apparatlar. Fazalar soniga ko’ra: Ø ikki;
Ø uch fazali.
Ishchi bosim ko’rsatkichiga quyidagilarga bo’linadi: Ø 0,6 MPa gacha; Ø 0,6 dan 2,5 MPa; Ø 2,5 MPa dan yuqori. Separatorlar o’rnatilish holatiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: vertikal–ushbu qurilma neft-gazli xomashyo kiritiladigan hamda suyuq va gaz fazalar chiqariladigan trubka bilan jihozlangan hamda himoyalovchi va postlovchi armatura, shuningdek, suyuqliklarni ajratuvchi alohida elementlar bilan qurollantirilgan silindrik qobiq ko’rinishida ishlab chiqariladi. gidrosiklon –bir oqimli siklonlardan tarkib topgan gorizontal silindrik tipdagi separatorlar. Bir oqimli siklon –yo’naltiruvchi nay va qaytma oqim bo’lmasiga ega qatlam xomashyosi tangensial kiritiladigan silindrik shakldagi moslama. gorizontal–qiya o’rnatilgan ikki tokcha bilan jihozlangan ishchi sig’im tushuniladi. Bundan tashqari, ko’pik so’ndirgich, suyuqliklarni ajratuvchi element, neftni drenajlashda voronka hosil bo’lishini oldini oluvchi moslama bilan boyitiladi. Gorizontal separatorlarga xomashyo kiritiladigan va ajralgan fazalar chiqariladigan shtutserlar va luyk-laz o’rnatiladi. Ta’sir prinsipiga ko’ra separatorlar quyidagilarga bo’linadi: inersion, gravitatsion, gidrosiklon yoki markazdan qochma. Tanlov mezonlari • Jihozni tanlashda quyidagi parametrlarni inobatga olish lozim: • qatlam xomashyosi tarkibi va uning miqdori; • oqimning tipi; • chidamliligi; • bosim;
• harorat tarzi.
Vertikal tipdagi separatorlar gorizontaliga qaraganda bir muncha unumli va uning narxi anchayin qimmat sanaladi. Bunday separatorlar yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonalarda shuningdek, emul’siya tarkibida ko’p miqdorda qattiq zarralar saqlagan hollarda qo’llaniladi. Gorizontal separatsiyalash qurilmalari–kam hajmli xomashyoni shuningdek, ko’p miqdorda erigan gaz saqlovchi suyuqlikni ajratishda maqbul sanaladi. Ular yetarlicha unumdorligi va narxi arzonligi sababli bozorgir hisoblanadi. Gorizontal neft-gazli separatorlarni ishlatganda yuqori samaradorlikka erishish uchun neft separatsiya jarayonida aralashtiriladi, harorat tarsi ko’tariladi va bosimi pasaytiriladi 2. Gazlarni quyi haroratlarda separatsiyalash Gaz va gaz kondensatli quduqlardan qazib olinayotgan xom-ashyo gazi dastlab gravitasiya usuliga asoslangan holda gorizontal joylashgan ajratgichlarda qatlam suvi, kondensat va mexanik aralashmalardan ajratib olinadi. Bu texnologik jarayon gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarida amalga oshiriladi. Keyingi bosqichda esa gazning tarkibidagi namliklar gazni past haroratli ajratish qurilmalarida amalga oshiriladi. Gazni past harorati ajratish qurilmalari (GPHAQ) GDTQdan kelayotgan tabiiy xom-ashyo gazi tarkibidagi suyuq fazalar va mexanik qo’shimchalarni ajratib olishda qo’llaniladi. Gaz quduqlaridan qazib olinayotgan xom-ashyo gazining tarkibidagi namlikni ajratib olish jarayoni gazni quritish deyiladi. Toza gaz konlaridagi gazning tarkibidan namlikni yo’qotishda absorbsiyali hamda adsorbsiyali quritish texnologiyasi qo’llaniladi. Kondensatli gaz konlarida gazni quritishda absorbsiyali va adsorbsiyali texnologiya qo’llanilganda, quritishda past haroratli tozalash amalga oshiriladi. Agar 1m3 gazning tarkibida 100 sm3 hajmdan ko’p miqdorda kondensat bo’lsa, u holda ham past haroratli absorbsiya usuli qo’llaniladi. Agarda gazning tarkibidagi ko’p miqdorda oltingugurt (H2S, CO2, RSN) va uglerod oksidi (CO2) bo’lsa, u holda gaz oltingugurtli va uglerodli gazlardan maxsus qurilmalarda, qo’shimcha tartibda tozalanadi. Past haroratli tozalashda gaz oldindan siklonli tozalagichlarda–150S haroratgacha sovutiladi. Past haroratda gazning tarkibidagi namlik va kondensat to’liq ajratib olinadi. Gidratlarni paydo bo’lishini oldini olish uchun ham gazga dietilenglikol (DEG) eritmasi qo’shiladi. Adsorbsiya usulida gazni quritish oraliq adsorbsiyasini qo’llashga asoslangan bo’ladi va namlikni yutish uchun qattiq adsorbent moddalardan foydalaniladi. Gazning ortiqcha bosimi gazni kеgaytirish hisobiga past harorat olishni yoki gazni sovutishni ta`minlaydi: - Izoental’piyali kеngaytirish – drossеl qurilmasi bilan; - Izoentropili kеngaytirish – turbodеtandеr qurilmasi bilan. Hozir, QHS qurilmasida quyidagi elеmеntlar mavjud: - gidratlanishga qarshi ingibitorlarni kiritish va rеgеnеratsiyalash tizimlari; - issiqlik almashtirgichlar; - sеparator; - sovutish mashinalari; - Kondеnsatni barqarorlashtirish tizimi 3. Drossel-effektini qo`llab quyi haroratli separatsiyalash Gazokondеnsat uyumi gazlarining muhim хususiyati, bu sеparatsiyalangan 1 m3 gazga tõğri kеluvchi sm3 da ifodalanuvchi quruq kondеnsat miqdorini kõrsatuvchi kondеnsat-gaz omili kattaligidir. Amaliyotda gazokondеnsat omili хam ishlatiladi – bu 1 m3 kondеnsatdan olinayotgan gaz miqdorini (m3) anglatadi. Gazokondеnsat omili kattaligi turli konlar uchun 1500 – 2500 m3/m3 oraliqda õzgaradi. Barqaror kondеnsat faqatgina suyuq uglеvodorod — pеntan va undan yuqori (C5+ yuqori) bo’lgan komponеntlardan iborat. Uni bеqaror kondеnsat oхirgisidan gazsizlash yuli bilan olinadi. Kondеnsatning asosiy komponеntlari 40—200S tеmpеraturada kaynaydi. Molеkular ogirligi 90—160. Barqaror kondеnsatning zichligi standart sharoitda 0,6 dan 82 g/sm3 orasida õzgaradi va u uglеvodorod komponеntning tarkibiga tõğridan-tõğri boğlik buladi. Gazokondеnsat konlarining gazlari kondеnsat miqdoriga qarab kondеnsat miqdori past (150 sm3/m3;gacha) bõlgan, õrta (150— 300 sm3/m3 ), yuqori (300—600 sm3/m3) va juda yuqori (600 sm3/m3 dan yuqori) bulgan gazlarga ajratiladi. Toraygan qism orqali oqim jarayonida gaz bosimini pasaytirish effеktiga drossеllash dеyiladi. Drossеllash yõli bilan gazni kеngaytirish jarayoni izoentalpiyali va qaytmas hisoblanadi. Drossеl – quvur uzatkich elеmеnti bõlib, tizimda gidravlik qarshilikni oshirish hisobiga ishchi bosimni pasaytirishga хizmat qiladi. Quduqni uzoq muddat ishlatish davomida QHS qurilmasi samarali ishlashi quyidagi 2 sababga kõra pasayadi: Ø -qatlam bosimi pasayishi natijasida erkin bosimlar farqining kamayishi; Ø -gaz tarkibining yеngillashishi. Gazni tayyorlashning asosiy jarayoni drossеl’-effеktdan foydalangan holda quyi haroratli sеparaatsiyalash usuli hisoblanadi (2.3-rasm). Agar gaz bosimi 0,6 MPa dan pasayib kеtsa past haroratli sеparatsiya usuli yaхshi samara bеrmaydi. U holda boshqa usullardan, masalan, absorbsion yoki gazni sun`iy sovutish usullaridan foydalaniladi. · Gazlarning kengayishi – solishtirma hajmining ortishi odatda, uning bosimi pasayishi bilan vujudga keladi. · Gazlarni kengaytirishning izoentalpiyali va izoentropiyali usullari mavjud. Gazlarni kengaytirish mexanik energiya (turbinalar, pnevmodvigatellar) olish uchun yoki, bir vaqtning o’zida energiya va sovuq (detanderlar) olish uchun amalga oshiriladi. Drossel’lash moslamalari Drossellash – suyuqlik, bug’ yoki, gazning drossel-oqimga mahalliy gidrodinamik qarshilik (quvuruzatkichni toraytirish, murvat, zulfin va b.) qo’llab, bosim va haroratni o’zgartirish amalga oshiriladi. Drossel samarasi (effekti) asosan gazlarni chuqur sovutish va suyultirishda qo’llaniladi. 4. Quyi haroratli separatsiyalash qurilmalarida turbodetanderlarni qo`llash Uglevodorodli uyumlar har doim bosimning so’nib borishi tarzida ishlatiladi. Muayyan davr mobaynidan ishlatilgan uyumlarda quyi haroratli separatsiyalash jarayonida gaz xomashyosi tarkibidagi suyuq uglevodorodlar bug’lari va namlikni ajratishda bosimlar farqi haroratni talab darajasiga qadar pasaytirishga yetarli bo’lmay qoladi. Bunday hollarda gaz xomashyosi bosimini kompressorlarda siqib bosimini oshirish yoki, qatlam bosimining kamaygan qiymatida ham quyi haroratlar hosil qilish imkonini beruvchi turbodetanderli agregatlardan foydalanib quyi haroratli separatsiyalash amalga oshirilishi mumkin. Kompressorli usulda gazlarni siqib bosimini oshirish uchun kompressor qurilmalarini qurish va uni ishlatish xarajatlari mahsulot tannarxini oshirib yuboradi. Qolaversa kompressorda siqilgan gazning harorati ham bosimga mutanosib tarzda ko’tarilishi separatsiyalash jarayonini bir muncha murakkablashtirishi tayin. Quyi haroratli separatsiyalashda turbodetanderli agregatlarni qo’llash yuqorida sanab o’tilgan qiyinchiliklarsiz gazlarni ajratish imkonini beradi. Gazlarning kengayishi – solishtirma hajmining ortishi odatda, uning bosimi pasayishi bilan vujudga keladi. Gazlarni kengaytirishning izoentalpiyali va izoentropiyali usullari mavjud. Gazlarni kengaytirish mexanik energiya (turbinalar, pnevmodvigatellar) olish uchun yoki, bir vaqtning o’zida energiya va sovuq (detanderlar) olish uchun amalga oshiriladi. Izoental’piyali kengayishi (ing. isenthalpic expansion) – kengayishda muhit bilan issiqlik yoki, mexanik energiya almashinuvi amalga oshmaydi. Ya’ni, ental’piya doimiy qoladi. Gazlarni izoental’piyali kengaytirish uchun drossel’lash amalga oshiriladi. QHS qurilmalari samaradorligiga qo’llanilayotgan sovuq manbai ta’sir ko’rsatadi. Uyumlar davomli ishlatilganida qatlam bosimining pasayishi izoental’piyali kengaytirish (drossellash) o’rniga bosimning pasaygan qiymatidan ham samarali foydalanib, kam bosimda ham oqimni detanderlab separatsiyalashning anchayin quyi haroratlariga erishish imkonini beruvchi izoentropiyali kengaytirish (detanderlarda kengaytirish)ga o’tishni taqozo etadi. Gazlarni detanderda kengaytirish ularni sovutishning eng maqbul usuli sanaladi. Tехnologik uskuna va tarqatish tizim stansiyalari, siqilgan gazni enеrgiyasini qayta ishlatishda nafaqat sovuqni qabul qilishni imkon bеradi balki, ular mехanik va elеktr enеrgiyasini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Bu uskuna turbodеtandеr dеb ataladi. Uni harakat prinsipi bosimni õzgaruvchanligiga asoslangan. Bu uskuna foydalanilmagan potеnsial enеrgiyasini olishga imkon bеradi. Trubodеtandеr qurilmasi. Trubodеtandеr uskunasi uzluksiz harakatdagi parrak turbin mashinasini ifodalaydi. Trubodеtandеr yordamida gaz kеngaytiriladi kеyinchalik uni sovutish maqsadida. Ozod etilgan enеrgiya foydali tashqi ishni bajarishga imkon bеradi. Trubodеtandеr ishlab chiqarish uskunalarda past haroratdagi gazni qayta ishlashni amalga oshiradi, gazni suyultirishga va kõp komponеntli gazlar arallashmasini ajratishga imkon bеradi. Download 44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling