14-,15-laboratoriya p-benzoxinon sintez qilish.


Download 7.75 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.01.2024
Hajmi7.75 Kb.
#1818552
Bog'liq
Benzoxinon olish lab



14-,15-LABORATORIYA
 
P-BENZOXINON SINTEZ QILISH. (GIDROXINONDAN OLISH) 
Formulasi: 
Asosiy reaksiyasi: 
Reaktivlar: 10 g gidroxinon, 5,5 g kaliy bromat, sulfat kislota. Ishlash 
vaqtida ehtiyot chorasini ko‘rish lozim. p-Benzoxinon zaharli modda. Shilliq 
pardalarga ta’sir etadi. 
200 ml sig‘imli tubi dumaloq kolbaga 100 ml suv, 5,5 g kaliy bromat va 5 ml 
5 % li sulfat kislota eritmasi (katalizor sifatida) solinadi. Aralashtirib turib 10 g 
gidroxinon qo‘shiladi. Reaksion aralashmaga termometr tushuriladi va suv 
hammomida 50°C gacha qizdiriladi. Bunda qattiq moddalar eriydi va oraliq modda 
sifatida deyarli qora kristall holidagi xingidron hosil bo‘lishi bilan reaksiya 
boshlanadi. 10-15 daqiqadan so‘ng oksidlanish reaksiyasi tugaydi.
Reaksion massaning qora rangli hosil bo‘lgan p-benzoxinonning och-sariq 
rangiga aylanadi. 
Agar aralashmaning rangi to‘la o‘zgarmasa, unga yana 0,5 g kaliy bromat 
qo‘shish lozim bo‘ladi. Reaksion aralashma 0°C gacha sovutiladi, cho‘kmaga 
tushgan p-benzoxinon filtrlanadi, ozroq muzli suv bilan filtrda yuviladi va havoda 
filtr qog‘oz orasida quritiladi. 
p-Benzoxinon miqdori 9,5 g. 
p-Benzoxinon (p-xinon) o‘ziga xos hidli, sariq tilla rang kristall modda, sovuq 
suvda kam eriydi, issiq suvda, spirtda, efirda, benzolda yaxshi eriydi. Suyuqlanish 
harorati - 115,7°C. 


Molekulyar massasi - 108,09 g/mol. Xinon shliflangan probkali, qoramtir 
shishadan yasalgan bankalarda saqlanadi. Xinon sublimatlanadi, havoda 
uchuvchan. 
Sifat reaksiyalari. 1. Ikkita probirkaga 3 ml dan ligroin quyiladi. So‘ngra 
birida ozgina p-benzoxinon, ikkinchisida esa shuncha miqdorda fenol eritiladi. 
Ikkala eritma aralashtiriladi va sovutiladi, fenoxinonning qizil igna kristallari 
cho‘kmaga tushadi. 
2. Xinonning spirtdagi eritmasidan 2 ml olib, unga 1 ml kaliy yodid eritmasi
so‘ngra 2 ml suyultirilgan sulfat kislota qo‘shiladi. Xinon kuchli oksidlovchi 
bo‘lib, darhol eritmadan erkin yod ajratadi. 

Download 7.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling