Magistral gaz quvurlari. Magistral gaz quvurlarning o‘tkazish


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana08.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1442242
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
04 Magistral gaz quvurlari. Magistral gaz quvurlarning o\'tkazish usulllari.



Magistral gaz quvurlari. Magistral gaz quvurlarning o‘tkazish 
usulllari. Magistral gaz quvurlarini loyihalashdagi vazifalar. 
Gaz quvurlari, undagi bosim va gaz quvurining qo‘llanishiga qarab 
quyidagilarga bo‘linadi: 
a) magistral gaz quvurlari; 
b) shahar gaz quvurlari; 
c) sanoat gaz quvurlari 
Magistral gaz quvurlari o‘ta yuqori bosimda ishlab (5,5

10 MPa.), gaz 
konidan shaharlarga gaz yetkazib beradi. Shahar gaz quvurlari quyidagilarga 
bo‘linadi: 

tarqatish gaz quvurlari; 

iste’molchilarga tarmoq gaz quvurlari

uy ichi gaz quvurlari; 
Taqsimlash gaz quvurlari - gazni turar joy binolariga, sanoat va kommunal 
korxonalarga yetkazib beradi. O‘tkazilishi bo‘yicha esa xalqasimon, boshi berk 
shaklida bo‘ladi. 
Abonent tarmoqlari - gazni taqsimlash gaz quvuridan iste’molchilarga 
yetkazadi.
Uy ichi gaz quvurlari - gazni turar joy binosi ichida tarqatib, gaz jihozlariga 
yetkazib beradi. 
Sanoat gaz quvurlari uchga bo‘linadi:
1) taqsimlash gaz quvurlaridan sanoat korxonasiga kiritish; 
2) bo‘limlararo gaz quvurlari; 
3) korxona ichi gaz quvuri; 
Gazning bosimiga qarab shahar gaz quvurlari quyidagilarga bo‘linadi: 
past bosim gaz quvurlari 0,002 

0,005 MPa; 
o‘rta bosim gaz quvurlari (0,005 

0,3 MPa.); 
yuqori bosim gaz quvuri (0,3 

0,6 MPa); 
o‘ta yuqori bosim gaz quvurlari (0,6 

1,2 MPa); 
Past bosim gaz quvurlari (0,002 

 0,005 MPa). Past bosim gaz quvurlariga 
asosan, turar joy binolari, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari ulanadi. Bunda 
iste’molchining soatlik gaz sarfi 50 m3/soatdan kam bo‘lishi kerak. Chunki katta 
gaz sarfini past bosimda uzatish uchun katta diametrli gaz quvurlari qurish kerak. 
Bu esa iqtisod tarafdan manfaatsiz. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling