Lab chiqariladigan joydan ishlatilish joyigacha tashuvchi quvur
Magistral neft quvurining tarkibi va vazifalari
Download 70.12 Kb. Pdf ko'rish
|
5mavzu tasis
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magistral neft quvuri tarkibining umumiy chizmasi
4.4. Magistral neft quvurining tarkibi va vazifalari
Magistral neft quvuri tarkibiga bosh qurilmalar; bosh nasos stansiyasi; quvurning to‘g‘ri chiziqli bo‘limi; oraliq nasos stansi- yalari; turli to‘siqlar orqali o‘tish bo‘limlari; elektrokimyoviy 31 himoya (EKH) vositalari; elektr va aloqa liniyalari; ta’mirlash va quvurni ishlatish obyektlari kiradi (8- rasm). Bosh qurilmalar. Ularning asosiy vazifalari quduqlardan oli- nayotgan neftni suvlar, mineral tuzlar, mexanik qo‘shimchalardan tozalash va uni iste’molchilarga jo‘natishga tayyorlab berishdan iborat. Bosh nasos stansiyasi. Uning vazifasi jo‘natishga tayyorlangan neftni kerakli bosimda quvurga haydashdan iborat. Neftni magis- tral neft quvuriga haydashda porshinli va markazdan qochma kuchli nasoslardan foydalaniladi. Oraliq nasos stansiyalari. Ularning asosiy vazifalari neft oqimining gidravlik qarshiliklar natijasida yo‘qotilgan bosimini birlamchi bosimgacha ko‘tarib berish va yana quvurga haydash- dan iborat. Neftni qayta ishlash zavodi vazifasi. Quvur yoki boshqa trans- port turi orqali olib kelingan neftni fraksiyalab kerakli neft mah- sulotlarini ajratib olish va ularni iste’molchilarga jo‘natishdan iborat. Neftni qayta ishlash jarayonida undan 600 dan ortiq neft mah- sulotlari ajratib olinadi. Magistral neft quvurining qolgan obyektlari magistral gaz quvurining obyektlari bajaradigan ishlarni bajaradi. 8- rasm. Magistral neft quvuri tarkibining umumiy chizmasi: 1– neft quduqlari; 2– bosh qurilmalar; 3– bosh nasos stansiyasi (BNS); 4– quvurning chiziqli bo‘limi; 5 – sun’iy to‘siqlar; 6– oraliq nasos stansiya- lari (ONS); 7– tabiiy to‘siqlar; 8– EKH vositalari; 9– neftni qayta ishlash zavodi yoki uzatuvchi neft ombori; L– magistral neft quvurining uzunligi. Download 70.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling