Tashkilot imijini shakllantirishda


Download 25.74 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi25.74 Kb.
#1609267
  1   2   3   4
Bog'liq
ilmiy maqola - artel imiji


TASHKILOT IMIJINI SHAKLLANTIRISHDA
PR TEXNOLOGIYALARNING O’RNI
(ARTEL KOMPANIYASI MISOLIDA)
Abdullayeva Shahzoda …. qizi
O’zJOKU Axborot xizmati va PR yo’nalishi 2-kurs magistranti
sabohatmagistr@gmail.com
tel: +998909783305
Annotatsiya: Ilmiy maqolada mamlakatimiz, shuningdek Markaziy Osiyo sanoat bozorida o’z o’rniga ega bo’lgan taniqli o’zbek brendi “Artel” kompaniyasining PR sohasida amalga oshirayotgan ishlari, yutuqlari tahlil etiladi. o’rganish mumkin bo’lgan jihatlar tilga olinadi. Bu ishning ahamiyatli tomoni shundaki, PR xizmatini samarali yoʻlga qoʻyish bugun har qachongidan ham zarur. Chunki, yurtimizdagi yirik-yirik korxonalarda PR xizmatini yoʻlga qoʻysak, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar xaridorgir boʻladi va chetdan kirib kelayotgan sifatsiz mahsulotlar tarqalishining oldi olinadi, mahalliy mahsulotlarimizga keng yoʻl ochiladi.
Kalit so’zlar: imij, artel, PR, texnologiyalar, yutuq, HR, tajriba, tahlil

Pablik rileyshnz bugun zamonaviy kasb darajasiga koʻtarildi, desak xato boʻlmaydi. U sohalar ichida eng yosh kasblardan sanaladi. Aytish mumkinki, hozirgi kunda u kasbiy faoliyat sifatida shakllanib boʻldi. Aslida uning tarixiy ildizi XIX asrga borib taqaladi, ammo XX asrga kelib oʻzini toʻlaqonli namoyon etdi. Mamlakat ijtimoiy hayotida PR ning paydo boʻlishini oʻziga xos ijobiy hodisa, yangilik sifatida talqin qilmoq kerak.


Jamoatchilik bilan aloqalar - PR (pablik releyshenz) maʼlum bir obyektning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimlarda imijini yaratish va amalga oshirish texnologiyasidir. Gʻoyalar, tovarlar, xizmatlar, shaxslar, tashkilotlar, firmalar, brendlar ushbu texnologiyaning muhim jihatini tashkil qiladi.
Bugungi kunda dunyoda PR ning yirik ijtimoiy-siyosiy tuzilma sifatida mavqei juda baland. Uning faoliyatini ijtimoiy va iqtisodiy, hukumat hamda parlamentlararo munosoabatlarda, xalqaro va millatlararo aloqalarda, moliya yoʻnalishida, savdo-sotiq, sanoat ishlab chiqarish, investitsiya sohalarida, turli tadqiqot hamda ommaviy axborot vositalarida koʻrishimiz mumkin. Zero, bugunda ayni ana shu sohalarda PR ga talab va ehtiyoj kundan-kunga oshib bormoqda. Axborot texnologiyalari tobora yuksalib borishi bilan birga shunga yarasha axborotlar ham dunyoning u burchagidan bu burchagiga bir zumda yetib bormoqda. Jahon axborot maydonida siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy oʻzgarishlar ham shunga yarasha boʻlayotganini har daqiqa kutatib turibmiz.
Mamlakatimizda ham bugungi kunda har sohada xalqaro andozalarga intilish kuzatilyapti. Oʻzbekistonimiz taraqqiyotining 2022-2026 yillarga moʻljallangan 7 ta strategik yoʻnalishi ham aynan jamoatchilik bilan aloqalarni oʻzida ifoda etishi bilan ahamiyatlidir. Har bir yoʻnalish mantiqan jamoatchilik bilan munosabatlarda davlatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi. Zero, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yoʻli tanlangan davlatimizda jamoatchilik bilan aloqalarsiz taraqqiyotni, kelajakni, umuman strategiyani tassavvur etib boʻlmaydi.
Dunyo-bozor, deyishlari ham bejiz emas. Dunyo bozorida axborot globallashuvi bilan birga ishlab chiqarish, aholiga xizmat koʻrsatish sifati va rang-barangligi tobora oshmoqda. Tabiiyki, sanoat, ishlab chiqarish kundan-kunga taraqqiy etib borar ekan, bir-biriga raqobatli korxona, firma va tashkilotlar paydo boʻladi. Har kim manfaat uchun muvaffaqiyatga erishishning yoʻllarini izlaydi va bu yoʻlda kurashadi. Ayonki, bunday vaziyatlarda dunyo boʻylab ommalashayotgan pablik rileyshnz xizmati katta rol oʻynamoqda.
Mamlakatimiz bozorida o’z o’rniga ega bo’lishga ulgurgan “Artel” kompaniyasi muvaffaqiyatlarida zamirida ham PR texnologiyalaridan unumli foydalanish natijasi yotadi. Kompaniya o’z faoliyatini 2011-yilda gaz plitalarini ishlab chiqarishdan boshlagan. Bugungi kunda Artel kompaniyasi bir xonadon uchun zarur bo’lgan barcha turdagi maishiy texnikani ishlab chiqaradi. qisqa vaqt ichida Artel – O’rta Osiyoning eng yirik maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchi korxonasiga aylandi.
Xo’sh, oddiy “sotuvchi” tashkilotdan “ishonchli hamkor” kompaniya imijini yaratishgacha bo’lgan yo’lda PR texnologiyalar ularga qanday yordam berdi. Buni tahlil qilish orqali Artel to’plagan tajribani yangi ish boshlagan va o’sib kelyotgan kichik firmalar, korxonalarga o’rgatish mumkin. Natijada tadbirkorlarimiz tayyor PR strategiyani o’zida sinab ko’rsalar mamlakatimizning ishlab chiqarish qobiliyati yanada rivojlanishiga hissa qo’shgan bo’ladi.
Har qanday PR strategiyalar tuzish dastavval kompaniyaning missiyasi va qadriyatlarini ishlab chiqishga e’tibor qaratishdan boshlanadi. Kompaniyaning maqsadi shunchaki tovar sotish bo’lmasligi kerak. Xususan, Artel missiyasi - ommabop, ishonchli va sifatli mahsulotlar yordamida Markaziy Osiyo hamda MDH davlatlari bozorining ulkan ulushini egallash hamda qo`shni davlatlar bozorlaridagi o`z o`rnini mustahkamlash.

Download 25.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling