Tashkilot imijini shakllantirishda


Toʻrtinchi yoʻnalish – taniqli shaxslar, efir yulduzlari va blogerlar bilan yaqindan ijodiy hamkorlik


Download 25.74 Kb.
bet4/4
Sana19.06.2023
Hajmi25.74 Kb.
#1609267
1   2   3   4
Bog'liq
ilmiy maqola - artel imiji

Toʻrtinchi yoʻnalish – taniqli shaxslar, efir yulduzlari va blogerlar bilan yaqindan ijodiy hamkorlik.
Tabiiyki, ko’zga yaqin, sevimli insonga aylangan yulduzlarining Artel mahsulotlarini ishlati.shi va boshqalarga ham tavsiya qilishi odamlarda mahsulot sifatiga shubha qoldirmaydi. Bu borada korxona har mavsumning eng tilga tushgan shaxslarini(2022 yilgi reklamalar yuzi aktrisa Yulduz Rajabova va chempion Bahodir Jalolov bo’ldi) reklama va ijtimoiy aksiyalariga jalb etish PR texnologiyasidan unumli foydalanib keladi.
“Agar jamoatchilik fikri qarshi boʻlsa hech bir ishda yutuqqa erishib boʻlmaydi. Jamoatchilik qoʻllab-quvvatlagan hech bir harakat besamar ketmaydi”, — degan ekan Avraam Linkoln7. Bu ayni haqiqatdir. Kompaniyaning jamoatchilik ishonchini qozonishga bo’lgan eng katta yutuqlaridan biri uning kelajakka- ta’limga sarmoya tikishidir. Aynan shu tufayli Artel Technical School maktabi bunyod etilgan. Artel Technical School – aniq va tabiiy fanlarni chuqur o’rganuvchi maxsus o’quv dasturiga ega bo’lgan ixtisoslashtirilgan maktab. Maktabdagi darslar uch tilda olib boriladi. Boshlang’ich maktab yoshidagi bolalar O’zbekistonda hali kam o’rganilgan robototexnika fanini o’rganishadi va innovatsion texnologiyalar bilan ishlashga o’rganishadi. O’zbekiston maktablarida ushbu o’quv dasturi analoglarga ega emas. Artel Technical school – yuqori intellektual qobiliyatga ega, yuqori kvalifikatsiyalangan yosh avlodni tayyorlsh uchun yaratilgan maktab8.
Fikrimcha, kompaniyaning imijini yuksaltirgan yana bir jihat uning HR sohasidagi yutuqlaridir. Ayni shu jihatni ko’proq targ’ib etish maqsadga muvofiq bo’ladi.


2021 yilda Artel kompaniyasining kadrlar bo‘limi kompaniyaning barcha bo‘limlarida HR-jarayonini kompleks raqamlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasini taqdim etdi va uni amalga oshirishni boshladi. Bugungi kunda kompaniya HR sohasini raqamlashtirishga qaratilgan kompleks strategiyasini amalga oshirishda davom etmoqda. Aynan shu ishlar sababli Central Asia Employer Brand Award — EMBRAS 2021 tanlovining «Yilning eng yaxshi yutuqlari» nominatsiyasida Artel birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.9
Shuningdek, kompaniya «Xayrli ishlar» nominatsiyasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Shu tariqa xalqaro maydonda nufuzga ega bo‘lgan Central Asia Employer Brand Award Artel`ning yil davomida HR sohasida bajargan ishlarini yuqori baholadi. «Xayrli ishlar» nominatsiyasida kompaniyaning xodimlari ijtimoiy loyihalarda qatnashgani, shuningdek, Artel`dan yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolar bilan ishlaydigan maxsus bo‘limi bor ekani haqida yaxshi fikrlar aytildi.
Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyodagi eng kuchli kompaniyalar bilan raqobatlashish uchun siz nafaqat eng yaxshi ish beruvchi bo‘lishingiz, balki xalqaro hamjamiyatning yuqori me’zonlari va tendensiyalariga javob berishingiz kerak. Bunda zamon talabi bo’lgan PR va HR sohasi bilimlarini puxta o’zlashtirish, jahon tajribalarini sinab ko’rish, o’z ustida ishlashdan qochmaslik kerak.

1 https://artelgroup.org/

2 https://artelgroup.org/articles/

3 https://daryo.uz/2021/02/07/

4 https://m.kun.uz/uz/news/2020/12/15/

5 https://xs.uz/uz/post/artel

6 https://aniq.uz/uz/yangiliklar/

7 https://gujum.uz/mutolaa/

8 https://kun.uz/uz/news/2017/08/21/

9 https://www.gazeta.uz/oz/2021/10/30/artel

Download 25.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling