Mavzu: boshlang’ich ta'limda o’quvchilarning bilim, KÒnikma va malakalarini tashhis etish
Download 34.9 Kb.
|
Safarova Amina(kurs ishi)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. bob TARBIYAVIY ISHLARNI AMALIYOTDA TADBIQ ETISHDA PEDAGOGNING TUTGAN O’RNI.
MAVZU: BOSHLANG’ICH TA'LIMDA O’QUVCHILARNING BILIM, KÒNIKMA VA MALAKALARINI TASHHIS ETISH REJA: KIRISH I. bob O`QUVCHILARNING BILIM, KO`NIKMA VA MALAKALARINI TASHHIS ETISH 1.1 Bilim, ko’nikma malakalarni shakllatirish. 1.2 Ta'lim olganlikni tashhis etishning mohiyati II. bob TARBIYAVIY ISHLARNI AMALIYOTDA TADBIQ ETISHDA PEDAGOGNING TUTGAN O’RNI. 2.1 O'quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari. 2.2 Boshlang’ich sinflarda tarbiyavish ishlarni tashkil etish XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, uni jahon andazalari darajasiga ko‘tarish fan sohasidagi yangiliklarni amaliy hayotga tatbiq etish_muhim_masalalardan_biri_bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa yosh avlodga ta’lim-tarbiya-berish, ularda fan asoslariga nisbatan bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan_hisoblanadi. Наг tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar_uchun muhim ahamiyatga ega. Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi – bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog‘liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifani yuklaydi. Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. Tabiiyki hozirgi ta’lim islohotlari sharoitida ham barkamol avlod tarbiyasi haqida gapirar ekanlar: «Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvlambor farzandlarimizning unib, o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishga bog‘liqdir.»1 – deb alohida ta’kidlaganlar. Hozirgi paytda yuz berayotgan globallashuv jarayoni va jamiyatni isloh etish sharoitida yangicha fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash ta’lim tizimida ham jiddiy o‘zgarishlar kiritishni talab etadi. Hozirgi paytda maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga yanada yuqori talablar qo‘yilmoqda. Bu talablarga javob berish nutqni rivojlantirishga oid yangi izlanishlarni taqozo etadi. Shunday qilib, pedagogika ilmining hozirgi bosqichida maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga nisbatan qo‘yiladigan talablar bilan ushbu talablar ijrosi o‘rtasida ziddiyatlar namoyon bo‘lmoqda. Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoit yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlash ota-onalarga yordam beradi. Yosh avlodga tarbiya berishdek murakkab vazifani hal etishda maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. Ayni shu joyda yoshlarimiz ijtimoiy jamiyat va ilmiy texnika taraqqiyoti talablariga javob bera oladigan mukammal ma’lumotlarni oladilar. Maktab yoshlarining dunyoqarashlariga poydevor hamda g’oyaviy e’tiqodlari uchun negiz yaratadi, ularning irodalarini shakllantiradi, xalqimiz baxtsaodati yo’lida sidqi dildan mehnat qilishga taayyorlaydi. Download 34.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling