Mavzu: tadbirkorlik faoliyati, uning ahamiyati va zaruriyati


Download 416.52 Kb.
bet7/7
Sana17.06.2023
Hajmi416.52 Kb.
#1547596
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Rafiqov Suhrob

Yuqoridagilardan kelib chiqib, boshqarish mexanizmiga boshqarish ob’ekti faoliyati natijalari bog’liq bo’lgan omillarga ta’sir etishni ta’minlovchi boshqarish tizimining faol elementi sifatida qarash lozim. Demak, boshqaruv mexanizmi boshqarish maqsadlariga erishish uchun boshqaruv sub’ektlari tomonidan qo’llaniladigan boshqaruv jarayonlariga ta’sir etuvchi usullar, vosita va dastaklar yig’indisidir.

Boshqaruv mexanizmi – ham boshqaruv imkoniyatini, ham samarani belgilovchi faol aktivlikning motivlar yig’indisi. Lekin, mazkur ta’riflarda boshqarish ta’sirining elementlar yig’indisini amalga oshirish sub’ektiga yetarlicha e’tibor qaratilmagan.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi ortib bormoqda, u mamlakatimiz iqtisodiyotidagi yetakchi kuchga aylanib, bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to’ldirish, aholi daromadi va farovonligini oshirish, ish bilan ta’minlash bilan bog’liq muammolarni hal etishning asosiy manbai hisoblanadi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi ortib bormoqda, u mamlakatimiz iqtisodiyotidagi yetakchi kuchga aylanib, bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to’ldirish, aholi daromadi va farovonligini oshirish, ish bilan ta’minlash bilan bog’liq muammolarni hal etishning asosiy manbai hisoblanadi.

Tadbirkorlik, avvalo, kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, keng tarmoqli bozor infratuzilmasini barpo etishni ko’zda tutadigan qonun hujjatlarining butun bir majmuasi qabul qilindi[Каримов И.А. Мамлакатимизни модернизация қилиш ва кучли фуқаролик жамияти барпо этиш – устувор мақсадимиздир. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги маъруза. // «Халқ сўзи», 2010 йил 27 январь. ].

Bugungi kunda iqtisodiyotning bozor munosabatlari erkinlashuvi va takomillashuviga moslashuvini ta’minlash, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning amaliy imkoniyati, zaruriy asoslari hamda strategik vazifalardan kelib chiqib, respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yuksaltirishga asosiy e’tibor qaratilib kelinmoqda. SHunga ko’ra, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni boshqarish mexanizmini takomillashtirish va unga ta’sir qiluvchi omillarni tadqiq etish dolzarb masalalardan biridir.

Tadbirkor bozor iqtisodiyotining bosh sub’ekti bo’lib, o’ziga qarashli mulklarda mulkiy iqtisodiy munosabatlarni huquqiy jihatdan ma’lum tashkiliy mexanizmlar orqali o’z faoliyati orqali amalga oshiradi[ Учебник по основам экономической теории. М.: 1994. с. 134.]. Demak, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish iqtisodiy taraqqiyotning asosi ekanligini anglashimiz zarur. Tadbirkorlik ishlab chiqarish jarayonida “boshqaruv”, mehnatda “tartib o’rnatish”, “ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish”, “ishchi xodimlar faoliyatini nazorat qilish” ma’nolarida ifodalanadi

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!


Download 416.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling