8-mavzu. Ijtimoiy sohada davlat siyosatining takomillashib borishi. Aholi farovonligini oshirish tadbirlari. Mavzuni o’rganishdan maqsad
Download 266.06 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
8-mavzu. Ijtimoiy sohada davlat siyosatining takomillashib borishi. Aholi farovonligini oshirish tadbirlari. Mavzuni o’rganishdan maqsad: Talabalarga O'zbekistonda Ijtimoiy siyosatning olib borilishi, Davlat va nodavlat tashkilotlarning ijtimoiy himyao tizimida tutgan o'rni va “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonunning mazmun- mohiyati haqida ma'lumot berish. Tayanch tushunchalar: Adolat, himoya, ijtimoiy himoya, ijtimoiy siyosat, ijtimoiy soha, korrupsiya Asosiy masalalar (Reja): 1. Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. 2. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi va ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo'naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish. 3. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki. 4. O'zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish. 1. Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim natijalaridan biri ijtimoiy himoya siyosatining demokratik jamiyatni barpo yetishdagi o'rnini va ahamiyatining ortib borishi bilan belgilanmoqda. Bozor munosabatlariga o'tish davrida mamlakatimizda kuchli ijtimoiy himoya tizimi shakllantirildi va hozirda uni takomillashtirish muhim masala bo'lib qolmoqda. Bugungi kunda ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda sifat jixatdan yangi bosqichga o'tish yehtiyoji paydo bo'ldi. Shu munosabat bilan aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashning zamonaviy tizimi shakllantirilmoqda. O'zbekiston mustaqillikka yerishgandan so'ng, jamiyatda bo-zor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida aholini ijtimoiy himoyasini ta'minlash davlat siyosatining bosh yo'nalishi bo'lib qoldi. Binoba-rin, mamlakatda o'tkazilayotgan barcha islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush sharoitlarini vujudga keltirishdir. Mamlakatimizda davlat byudjeti xarajatlarining 60 foizi ijtimoiy-madaniy sohaga: ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat, aholining kam ta'minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashga yo'naltiriladi. Zero, milliy qadriyatlarga tayanish, o'zaro yordam va aholini qo'llab-quvvatlashning jamoaviy shakllari xalqimizning bu boradagi o'ziga xos qadriyatlaridan biridir. Xususan, mahalla instituti mazkur yo'nalishda alohida o'rin tutadi. Bugun yurtimizda inson omili oliy qadriyat darajasiga ko'tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Odamlar yertaga yemas, bugun baxtli yashashni istaydilar”, degan tamoyilni ilgari surishi va buni bugungi siyosatimizning ustuvor yo'nalishiga aylantirishida ham aynan shu mazmun- mohiyat mujassamdir. Mazkur prinsip ijrosi o'laroq, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvar siyosat odamlar hayotiga yangicha mazmun baxsh yetmoqda. Xususan, aholining talab va yehtiyojlarini hisobga olgan holda, qishloq joylarda yangilangan namunali loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish bo'yicha dasturning qabul qilingani odamlar qalbida yashash va ishlashga bo'lgan qarashlarni o'zgartirib yubordi. Dasturga ko'ra, 2017-yilda shahar va qishloqlarda umumiy maydoni 3,5 million kvadrat metrdan ortiq bo'lgan namunali va ko'p qavatli uylar bunyod yetildi. 2017 — 2020-yillarda shaharlarda 945 ta ko'p qavatli turarjoy qurilishi bo'yicha dastur qabul qilingan. Kam ta'minlangan oilalar uchun Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida va yirik shaharlarda 50 mingga yaqin kvartirali, arzon, ko'p qavatli uylar barpo qilinadi. Xususan, 2017- yilda xuddi shunday ko'pkvartirali, umumiy maydoni 800 ming kvadrat metrdan ortiq bo'lgan uylar qurilib, aholiga topshirildi. Faqatgina Toshkent shahrining o'zida 420 ming kvadrat metrli uy-joy foydalanishga topshirilgani boshlangan ishlarning ko'lamini ko'rsatadi, albatta. Biroq aholi farovonligini ta'minlash faqat uy-joy masalasi bilan bog'liq, desak noto'g'ri bo'ladi. Negaki, uzoq yillar davomida aynan ijtimoiy sohada o'nlab muammolar yig'ilib keldiki, oqibatda u odamlarimizning normal hayot kechirishlariga monelik qildi. Bugun, ayniqsa, qishloq aholi punktlarida vodoprovod tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish dolzarb muammolardan biri bo'lib turibdi. Bugun maxsus dastur doirasida 9 ming kilometr vodoprovod tarmoqlari, 1400 quduq va 3600 suv inshootini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilayapti. Bu Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi 3,2 million aholini qo'shimcha toza ichimlik suv bilan ta'minlab, mamlakat bo'yicha aholining toza ichimlik suviga bo'lgan talabini qondirish ko'rsatkichini 67 foizdan 84 foizgacha ko'tarish imkonini beradi. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun mamlakatimizda Uy-joy kommunal xizmat vazirligi tashkil yetildi va Moliya vazirligi qoshida maxsus “Toza suv” fondi faoliyati yo'lga qo'yildi. Yoki yillar davomida odamlarni qiynab kelgan yana bir muammo — yo'llar muammosini olaylik. Bu ham davlatimiz nazoratiga olindi. Ayni vaqtda yurtimizda mintaqaviy va mahalliy ahamiyatga yega yo'l hamda yo'l-transport infratuzilmalarini yanada rivojlantirish dasturi asosida 1,7 ming kilometr umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish, 10,4 ming kilometr xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarini, shahar, tuman markazlari, shahar tipidagi qo'rg'onchalar, qishloq aholi punktlaridagi ko'chalar yo'l qoplamalarini kapital va joriy ta'mirlash ishlari ro'yobga chiqarilayapti. Shahar va qishloqlarimizda transport xizmatini yanada yaxshilash dasturi asosida yaqin davr ichida 74 ta avtovokzal va avtostansiya rekonstruksiya qilinadi. Bu yesa yo'lovchilar uchun qo'shimcha qulayliklar yaratib, ularning xavfsizligini ta'minlashda ayni muddaodir. Qolaversa, 3 mingta yangi zamonaviy avtobus, 5,7 ming mikroavtobus sotib olindi. Shunga yarasha 300 dan ortiq yangi avtobus yo'nalishlari ochiladi. Havo va temir yo'llari qatnovlari infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Toshkent xalqaro ayeroportining yangi terminali yaratilishi bilan bir qatorda temir yo'l liniyalari qurilishi va yelektrlashtirilishi amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari “bizning yeng oliy maqsadimiz odamlarimizni rozi qilish” deya takror va takror ta'kidlab kelmoqda. Xalqona va samimiy aytilgan bu so'z, aslida, mamlakat ijtimoiy siyosatini belgilab beradi. O'zingiz bir o'ylab ko'ring, o'tgan bir yildan ziyod vaqt ichida yurtimizda qanday olamshumul voqealar yuz berdi. Tarixiy o'zgarishlar sharofati bilan davlat xalqqa yaqinlashdi, u yendi xalq uchun ishlay boshladi. Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari faoliyati bugun nainki xalqimiz, balki xalqaro hamjamiyat ye'tirofiga ham sabab bo'lmoqda. Mamlakatimizda ta'lim, sog'liqni saqlash va ijtimoiy sektorning shu kabi boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, xalqimiz dilidagi orzu-istaklar ro'yobiga xizmat qilayotir. Yurtimizda Maktabgacha ta'lim vazirligining tashkil yetilishi aytish mumkinki, milliy davlatchiligimiz tarixida tub burilish yasadi. Zotan, bu yo'l bilan xalqimiz o'z kelajagi poydevorini yanada mustahkam bo'lishini ta'minladi. Oliy va o'rta ta'lim tizimi ham isloh yetilmoqdaki, bu rivojlangan dunyo davlatlari bilan bo'ylashishimiz, dunyo sahnasida munosib o'ringa yega bo'lishimizga zamin yaratadi. Albatta, bu kabi yangilanishlar bugun barcha soha-yu tarmoqlarda yuz ko'rsatmoqda. O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham o'z faoliyatini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” Davlat ¬dasturi doirasida tashkil yetib, aholi farovonligi yo'lida izchil ishlarni olib borayapti. Albatta, bu borada dunyo tajribasi ham muhim o'rin tutadi. Binobarin, davlat dasturiga binoan milliy mentalitetimizga mos keluvchi ilg'or xorijiy tajribalarni qonunchiligimizda mustahkamlab qo'yish va aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan daromad darajasini aniqlash, “iste'mol savati” tushunchasini hayotimizga amaliy qo'llash mexanizmlarini yaratish lozim bo'ladi. Shuningdek, dasturga ko'ra, aholining real daromadlari, ish haqi, stipendiya, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni bosqichma-bosqich ko'tarish, ichki bozorda iste'mol tovarlari va xizmatlar narxlarining keskin oshishiga yo'l qo'ymaslik bo'yicha amaliy choralar ko'riladi. Mehnat bozorida talab mavjud bo'lgan mutaxassislarni tayyorlash tizimini kengaytirish, ayni vaqtda ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishga kengroq jalb yetish ham muhim vazifalar sirasiga kiradi. Shularga mushtarak ravishda kasaba uyushmalarining ijtimoiy himoya sohasidagi vazifa va yumushlari kasaba uyushmalari Federatsiyasining dasturiy hujjatlarida belgilab qo'yilgan. Unga ko'ra, kasaba uyushmalarining mehnatkashlar uchun ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy himoya sohasidagi faoliyati quyidagilarga yo'naltirilmoqda: qonun hujjatlarida aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy himoyalash va qo'llab- quvvatlash ko'zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga ko'maklashish, yolg'iz keksalar, pensionerlar, nogironlar, imkoniyati cheklangan bolalar, kam ta'minlangan va ko'p bolali oilalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari, ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish, bandlikning noan'anaviy shakllarida mashg'ul kishilar (norasmiy sektorda mashg'ul, vaqtincha va mavsumiy xodimlar va boshqalar) hamda ularning oila a'zolari ijtimoiy himoyasiga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, pensionerlar, nogironlar, balog'atga yetmaganlar, yolg'iz keksalar va yuqori darajadagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan fuqarolarning boshqa toifalarini ijtimoiy himoyalash, “Korporativ ijtimoiy mas'uliyat” va “Ijtimoiy mas'ul korxona” konsepsiyasini ishlab chiqish va uni keng qo'llash. Ushbu vazifalarni amalga oshirish jarayonida kam ta'minlangan oilalar, ko'p bolali oilalar, pensionerlar, urush va mehnat faxriylarini jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali moddiy qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari qabul qilinadi. Download 266.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling