- REJA :
- 1. Mafkura tushunchasi va uning mohiyati.
- 2. Bunyodkor g’oyalar va mafkuralarning jamiyat xayotidagi ijobiy ta’siri.
- 3. Vayronkor, yot g’oya va mafkuralarning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri.
- Mazmuni va namoyon
- bo’lish shakliga qarab,
- g’oyalarni bir qancha
- turlarga ajratish mumkin:
Milliy g’oya - Milliy g’oya — inson va jamiyat hayotiga ma’no-mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar, g’oyalar majmuidir. Ozodlik va mustakillik adolat va xakikat, tinchliksevarlik va insonparvarlik g’oyalari shular jumlasidandir. Asrlar mobaynida bunday buyuk o’lmas g’oyalar xalqlarga kuchquvvat va ilhom bagishlab, ularni o’z erki uchun kurashga safarbar etib kelgan.
- Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek millat taraqqiyotiga, uning yuksalishiga xizmat qiladigan, xalqlarni jipslashtirib, oliy maqsadlarga safarbar etadigan g’oyalar yuksak g’oyalardir. Odamlar orasiga nifoq, xalqlar o’rtasiga nizo soladigan, kishilarni turli taraflarga ajratib, adovat qo’zg’aydigan tuban buzgunchi g’oyalarga misol bo’ladi. Aslida, bunday qabih niyat va soxta shiorlarni g’oya deb atash ham shartlidir. Qaysi ijtimoiy birlik yoki qatlam orasida tarqalgan, qanday aholi guruhlari yoki elatmillatlarni harakatga keltirayotganiga qarab ham g’oyalarni turlarga ajratish mumkin.
«Mafkura» tushunchasi - «Mafkura» tushunchasi arabchadagi «mufakkir» «mufakkiratun» so’zlaridan olingan bo’lib, chuqur ma’noli, teran mazmunli fikr demakdir. Mafkura tushunchasini ta’riflashda falsafiy adabiyotlar va lugatlarda bir qancha fikrlar beriladi. Mafkura tushunchasiga faylasuf olimlar tomonidan berilgan ta’riflar shakl va mazmun jihatidan har xil. Mafkuraga jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, ahloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va G’oyalar majmuidir, — deb ta’rif beriladi. Ularning barchasida jamiyatdagi muayyan siyosiy, falsafiy, huquqiy, ahloqiy, diniy, badiiy, ilmiy qarashlar, fikrlar, g’oyalar majmui sifatida asoslab beriladi. Demak mafkura — muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning, jamiyatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiyma’naviy rivojlanish prinsiplarini ifoda etadigan g’oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir. Unda manfaatlari ifodalangan ijtimoiy kuchlar va qatlamlarning o’tmishi, bugungi kuni va istiqboli o’z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |