8-mavzu. Ijtimoiy sohada davlat siyosatining takomillashib borishi. Aholi farovonligini oshirish tadbirlari. Mavzuni o’rganishdan maqsad
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli
Download 266.06 Kb. Pdf ko'rish
|
3.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki. 2016 yilda Sh.M.Mirziyoyevning mamlakat Prezidenti etib saylanishi, Prezident to¬monidan «xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak» printsipini e'lon kilinishi, davlat boshqaruvi va xizmatini fuqaro¬lik jamiyati talablariga mos holga keltirish uchun “O'zbekistonda ma'muriy islohotlar kontseptsiyasi”ni qabul qilinishi O'zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning yangi bosqichini boshlab berdi. So'nggi uch yil ichida NNTlar soni sezilarli o'sgan. 2017 yil 8 700 ta, 2018 yilda 9 235 ta, 2019 yilning 1 aprelь xolatiga 9964 NNT faoliyat ko'rsatmoqda . 2019 yil 1 oktyabrь holatiga esa 10462 ta NNT ro'yxatdan o'tkazilgan. 2017 yilda “Nuroniy” jamg'armasi, Yoshlar ittifoqi, O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va to¬morqa yer egalari kengashi, Savdo-sanoat palatasi, o'zini o'zi boshqarish organlari faoli¬yatini muvofikdashtirish bo'yicha Respublika Kengashi kabi nodavlat notijorat tashki¬lotlari faoliyatini takomillashtirish, ularni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan alohida farmon va qarorlar qabul qilinishi ham NNTlarning huquqiy asoslari yanada mustahkamlanganidan dalolat beradi. Mamlakatimizda OAV samaradorligi va mustaqilligini, islohotlarning ochiq- oshkoraligini ta'minlash, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida keng ko'lamli ishlar izchil amalga oshirilayotgani hamda bu ijtimoiy-siyosiy hayotni demokratlashtirishga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Bunga mustaqil OAVni tashkil etish va ularning faoliyat ko'rsatishi uchun shart-sharoit yaratish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ularning ishtirokini kengaytirishga qaratilgan tizimli hamda bosqichma-bosqich ishlar ham yordam bermoqda. Bu borada “Ommaviy axborot vositalari to'g'risida”, “Jurnalistlik faoliyatni himoya qilish to'g'risida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to'g'risida”, “Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to'g'risida”gi qonunlar qabul qilindi. Davlatimiz rahbarining 2011 yil 30 dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo'shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to'g'risida”gi qarori sohani yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, o'z tarkibida yuzdan ortiq elektron ommaviy axborot vositasini birlashtirgan Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O'zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi jurnalistlar, nodavlat OAV, jumladan elektron media-tuzilmalarni tizimli asosda qo'llab-quvvatlamoqda. 2009-2012 yillarda Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan o'tkazilayotgan grant tanlovlarida ishtirok etayotgan OAVlar soni to'rt barobarga ko'paydi. Bu davrda OAVni rivojlantirish va faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun ajratilgan grant mablag'lari hajmi ham 25 baravardan oshdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktyabrdagi qaroriga ko'ra O'zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtiriladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini jamoatchilik tomonidan muhokama qilish natijalari Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (ko'rib chiqish uchun) kiritiladi, bunda, qoida tariqasida, kelib tushgan takliflarni ko'rib chiqish natijalari ko'rsatilishi majburiyligi belgilangan Fuqarolik jamiyatining NNT lardan iborat tayanch institutlari yurtdoshlarimizning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishda, ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy maqsadlarga erishishda muhim rolь o'ynamoqda. Bu ko'p sonli NNTning aksariyati Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda tuzilgan. Ularni moliyaviy rag'batlantirish bilan shug'ullanayotgan yagona Fond, ya'ni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab- quvvatlash jamoat fondi esa poytaxtimizda faoliyat yuritadi. 2018 yil 1 iyundan boshlab Prezidentimiz ilgari surgan tashabbus asosida ro'yxatdan o'tkazuvchi organ bilan NNTning tadbirlarini kelishish tartibi, rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida xabardor qilish bilan almashtiriladi. Bu esa, NNTni ro'yxatdan o'tkazish jarayonlarini, ularning faoliyati tartibini belgilovchi qonunchilik normalarida ortiqcha byurokratik talablar olib tashlanishini anglatadi. Endi muayyan NNT o'zi o'tkazadigan tadbirni tegishli davlat organi bilan “kelishishi”ning o'ziyoq ko'pincha turli to'rachilik va sansolarlik holatlarini keltirib chiqarayotgani sir emas. Bundan buyon esa o'sha NNT o'zini ro'yxatdan o'tkazgan davlat organini qanday tadbir uyushtirayotgani haqida xabardor qilishi kifoyadir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil va kelgusi 5 yilda rivojlantirish bo'yicha, ustuvor yo'nalish va vazifalarni belgilab olishga bag'ishlab, 2020 yil 25 yanvarda Parlamentga Murojaatnomasida, “nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bugungi kunda aholini o'ylantirayotgan muammolarga davlat idoralari e'tiborini qaratib, o'zlarining asoslangan takliflarini berib borishlari maqsadga muvofiq bo'ladi. Buning uchun mamlakat va hududlar darajasida nodavlat notijorat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklikni keng yo'lga qo'yib, grantlar va ijtimoiy buyurtmalarni ko'paytirishimiz kerak. Vazirlik va idoralar ham bir chetda tomoshabin bo'lib o'tirmasdan, bunday ijtimoiy hamkorlik ishlarini kengaytirishi lozim. Shuning uchun Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondining faoliyatini takomillashtirish darkor.” , deb ta'kidlagan edilar O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradigan organ sifatida rasman e'tirof etilgan. Diniy tashkilotlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi soddalashtirildi, ro'yxatdan o'tkazishda to'lanadigan davlat boji 5 martaga kamaytirilgan. NNTlarga xorijiy grant mablag'lari mazkur tashkilotlarning istalgan bank muassasalarida ochilgan maxsus hisobvaraqlariga kelib tushishiga ruxsat berilgan. Nodavlat notijorat tashkilotlari sohasida barcha qonun va qonun osti hujjatlarni birlashtiruvchi Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risidagi kodeks loyihasi ishlab chiqilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo'yicha maslahat kengashi tashkil etilib, uning faoliyatini amalga oshirish bo'yicha nizom ishlab chiqilmoqda. Download 266.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling