Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar Bajardi: Do’stmamatov U


Download 9.89 Kb.
bet1/4
Sana17.10.2023
Hajmi9.89 Kb.
#1706277
  1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilg-genderi.org


Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar

mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar

Bajardi: Do’stmamatov U.

Siyosiy islohotlar


  • Huquqiy demokratik davlat asoslarining barpo etilishi Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O’zbekiston o’z siyosiy mustaqilligini mustahkamlash, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga yo’naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o’tkazish yo’lidan bormoqda.

  • Milliy huquqiy davlat qurilishida quyidagi omillarga tayanildi:

Xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillar inobatga olindi;


Rivojlangan demokratik davlatlar tajribasiga tayanildi;
Ko’p ming yillik o’zbek davlatchiligi tarixi va o’ziga xos ma’naviy-axloqiy qadriyatlariga asoslandi;
Vakillik hokimyatini vujudga keltirishning eng demokratik tizimi-qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini barpo etish yo’lidan bordi;
Davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi prezidentlik boshqaruv usulini yaratish yo’li tanlandi.

Oliy Majlis


  • 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deb ataladigan bo’ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida "O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", deb belgilab qo’yildi. Konstitutsiyaga muvofiq bir palatali parlament-O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari ko’rildi. 1993-yil 28-dekabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida", 1994-yil 22-sentabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida" qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis hududiy saylov okruglari bo’yicha ko’p partiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo’lishi belgilandi.

  • 1994-yil 25-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi-marta erkin, demokratik va ko’p partiyaviylik va muqobillik asosda saylovlar o’tkazildi. Har bir saylov okrugida ikki-uch nomzod, jami 700 nafar nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilar birinchi-marta nomzodlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo’ldi. Nomzodlarning birontasi ham etarli ovoz ololmagan saylov okruglarida 1995-yil 8 va 25-yanvar kunlari takroriy saylovlar bo’ldi. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi.

Download 9.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling