Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi


Download 25.75 Kb.
bet1/5
Sana05.02.2023
Hajmi25.75 Kb.
#1167486
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7-9


7-22_1. Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi. O‘zbekistonda iqtisodiy jarayonlarni boshqarish chuqur tarixiy tomirlarga ega. Yuqorida aylgandek, boshqaruv fan sifatida shakllangunga qadar davrlarda ham ushbu jarayonning tub mohiyati va mazmunini tushungan va amaliyotda qo‘llagan turli xildagi murakkab odamlar guruhiga muvaffaqiyatli ravishda rahbarlik qilgan, o‘z tajriba va nuqtai nazarlarini kelajak avlodga meros sifatida qoldirgan buyuk shaxslar bo‘lganki, ularni o‘rganish hozirgi zamon boshqaruv fanini rivojlanishiga samarali ta‘sir ko‘rsatadi. Ana shunday shaxslardan Al- Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino (IX-Xasrlar), Yusuf Xos Xojib (XI-XIIasrlar), Amir Temur, Nizomulmulk (XIII-XIYasrlar), Zahriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy (XYasrlar)ning boshqaruvga oid asarlari bugungi kunda ham qo‘llanma bo‘ladigan ko‘rsatmalar hisoblanadilar. Masalan, ‖Qutadg‘i bilik‖, ―Temur tuziklari‖ va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi tashkil topgandan buyon o‘tgan 20 yil ichida bozor islohatlariga oid qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari , Vazirlar Mahkamasiningqarorlari mamlakatimizda bozor mexanizmlarini iqtisodiyotiga joriy etishga karatilgan. O‘zbekiston iqtisodiyotini Prezident Islom Karimov asoslab bergan tamoyillar asosida bozor munosabatlariga o‘tkazish bozor mexanizmlarini shakllantirish dasturi bir qator mamlakatlarda ―O‘zbek modeli‖ deb e‘tirof etildi. Ushbu modelь jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga dosh berib, mamlakatimizni barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratdi. 2.Motivatsiya-o‘zini va boshqalarni maqsadlarga erishish uchun faoliyatga undash jarayonidir. Boshqaruvning motivatsiya usullarini quyidagilarga ajratish mumkin: iqtisodiy motivatsiya usullari - ish haqi, mukofot, imtiyozli foizlar,foydalarda ishtirok etish, aktsiyalar paketi , qo‘shimcha ish haqi va boshqalar; ijtimoiy motivatsiya usullari- ijtimoiy tan olinish, tashakkurnoma, qoyil qolish, ilohiylashtirish, nafratlanish va h.k;  psixologik motivatsiya usullari- shaxs ahamiyatini his qilish, befarqlik,zararlilik, keraksizlik va boshqalar; hukmronlik motivatsiya usullari- lavozimini oshirish, qo‘shimcha vakolatlar berish va boshqalar; ijtimoiy psixologik motivatsiya usullari- ijtimoiy faollikni oshirish, tajriba almashtirish, tanqid, ishga doir boshqaruv va kasbiy etika va h.k; ma‘naviy motivatsiya usullari- shaxsiy yoki ommaviy tan olish, maqtov va tanqid;  maqsadli usul; ishlarni loyihalashtirish va qayta loyihalashtirish (boyitish) usuli; xodimni jalb qilish usuli (partisipativ usul); motivatsiya va undovlarni o‘rganish sabablari- eksperimental usullar, hulqni va uning sabablarini boshqa tomonidan baholash usullari, o‘rganish usullari (suhbat, so‘rov, anketa to‘ldirish) va boshqalar. Motivatsiyaga jarayon sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. SHuning uchun uni quyidagi shartlikning ma‘lum darajasidagi oltita birini orqasidan biri keluvchi bosqichlar ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin:  ehtiyojni vujudga kelishi;  ehtiyojni qanoatlantiruvchi, bartaraf qiluvchi yo‘llarni qidirib topish; harakatlarning maqsadlari (yo‘nalishlari)ni belgilash;  kerakli harakatlarni amalga oshirish;  amalga oshirilgan harakatlar uchun mukofotlar olish; ehtiyojlarni qanoatlantirish, bartaraf qilish. 3. Tashkilotning ichki va tashqi muhiti . Vaqtning har qanday paytidagi tashkilotning holati va faoliyati– uning ichki omillarining harakati va tashqi muhit omillarining ta‘siri natijasidir. Tashkilotning ichki muhiti uning hayotiy kuchining man‘basi bo‘ladi. U o‘z ichiga tashkilotga faoliyat yuritish va zamon, vaktning ma‘lum oralig‘ida mavjud bo‘lish va yashab qolish imkoniyatini beruvchi salohiyatni oladi. Ammo u agar uning kerakligicha faoliyat yuritishini ta‘minlamasa, uning muammolar va hattoki halokatining manbasi bo‘lishi mumkin. Tashqi muhit tashkilotni resurslar bilan ta‘minlovchi manba bo‘ladi. Bunda tashkilot ham, o‘z navbatida, buning uchun to‘lov sifatida tashqi muhitga o‘z faoliyatining natijalarini berishi kerak. SHunday qilib, tashkilot tashqi muhit bilan doimiy ravishda o‘zaro almashish holatida bo‘ladi. U bilan aloqa uzilishi bilan, tashkilot ham tugaydi. Tashkilotning tashki muhit bilan o‘zaro hamkorligi mavjud bo‘lish imkoniyati, tashkilotning faoliyati, kerakli darajada ichki solohiyatini, hamda vujud- ga kelgan chetga chiqarishlarni bartaraf qilish va unga ko‘rsatilayotgan xunik ta‘sirlardan keyin ham quyilgan maqsadlarga erishishni ta‘minlaydi. Tashqi omillar tashkilotlar ichidagi barcha omillar va jarayonlarga ta‘sir ko‘rsatadilar, shuning bilan bir vaqtda ular tashkilotlarning boshqa operatsiyalariga nisbatan ko‘proq darajada relevantli(muhim)dirlar. Ularni ikkita asosiy guruhlariga ajratish mumkin. Tashkilotning tashqi muhitini turlicha ta‘riflash mumkin. Masalan, nemis olimlari tashqi muhitni ta‘riflash uchun ―murakkab‖ va ―dinamik‖ tushunchalaridan foydalanadilar. Tashqi muhitning murakkabligini ta‘riflarning miqdori va turli-tumanligi bilan aks ettirish maqsadga muvafiqdir, ularni tashkilotlarni boshqarish jarayonida hisobga olish zarur.Tashqi muhitning dinamikligini uning ta‘riflarining o‘zgaruvchanligi bilan aks ettirish mumkin. Yordamida tashqi muhitning o‘zgaruvchanligini baholash mumkin bo‘lgan asosiy ta‘ -riflar uning omillarining tez-tez takrorlanishi, miqdori va muntazamligidir. Tashqi muhitning tashkilotlar faoliyatiga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillari g‘oyatda murakkab, bir ma‘noli bo‘lmagan va o‘zgaruvchandirlar. Buning ustiga, ko‘rsatib o‘tilgan omillar yaqindan o‘zaro ta‘sir ko‘rsatuvchi holatda bo‘ladilar, ulardan birlaridagi o‘zgarish boshqalaridagi o‘zga- rishlarga olib keladi.



Download 25.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling