8-mavzu. Mahsulot, tovar
Debet 9010 Mahsulot sotishdan tushum Kredit
Download 31.32 Kb.
|
8-mavzu. Mahsulot, tovar (ish, xizmat) lar va ularni sotish hiso (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar» korrespondentsiyasi (9000)
- Mahsulot sotish hisobi bo’yicha jurnal-order
Debet 9010 Mahsulot sotishdan tushum
Kredit 9910 Yakuniy moliyaviy natija Debet 9910 Yakuniy moliyaviy natija Kredit 9040 yoki 9050 sotilgan Mahsulotlarning qaytarilishi yoki berilgan chegirmalar SHunday qilib, moliyaviy hisobotga kiritiladigan tushum so`mmasi sof tushumdan iborat bo’lib, u quyidagi matematik formulaga asoslangan: MAHSULOT SOTISHDAN SOF TUSHUM = Mahsulot sotishdan tushum – Qo’shilgan qiymat va aktsiz soliqlari – Berilgan chegirmalar – Qaytarilgan Mahsulotlar summasi Mahsulot sotish yuzasidan qo’shimcha ma’lumotlar moliyaviy hisobotlarga izohlar va tushuntirishlarda keltiriladi. 9010, 9020 va 9030 schyotlarning kreditida aks ettirilgan so`mma oy oxirida 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti bilan korrespondentlangan holda yopiladi. Hisoblash usulida, ya’ni mahsulotni topshirish (yuklab jo’natish), ish va xizmatlarni bajarish fakti sotildi deb hisoblanganda 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti qo’llaniladi. Bu schyot aktiv bo’lib, uning saldosi buyurtmachiga topshirilgan mahsulotlar, ishlar, xizmatlarning to’lanmagan sotish qiymatini ko’rsatadi; debet oboroti hisobot oyida topshirilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning sotish qiymatini, kredit oboroti esa hisobot oyida xaridorlar tomonidan to’langan so`mmani ko’rsatadi. Quyida mahsulot sotish operatsiyalarini schyotlarda aks ettirish sxemasi keltiriladi. «Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar» korrespondentsiyasi (9000)
Yuklab jo’natilgan va sotilgan mahsulotlarning turlari bo’yicha sintetik hisobi tegishli jurnal–orderda yuritiladi. Bu jurnal- order 2810, 9410, 9010, 9020, 9030, 9210, 9220, 4010 - schyotlarning kredit oborotlarini va 9010, 9020, 9030 - schyotlarining analitik ma’lumotlarini yozish uchun tayinlangan. Quyida jurnal–orderining shakli keltiriladi. Mahsulot sotish hisobi bo’yicha jurnal-orderSo`m hisobida
Yuklab jo’natilgan mahsulotlar hajmidagi yil boshidan jamlanuvchi oborotlari haqiqiy tannarxni taqdim etilgan schyotlar so`mmasiga bo’lgan foiz nisbatini hisoblash uchun foydalaniladi. Bu nisbat 100% dan kam bo’lishi kerak, chunki u korxonaning mahsulot sotishdan tushgan tushumidagi haqiqiy xarajatlar ulushini ko’rsatadi. Qolgan qismi foyda ulushini ko’rsatadi. Koxona bo’yicha foiz nisbati 82,0 (2520000 x 100 : 3068000). Demak, sotishdan tushgan tushumning qariyb 18% ini foyda tashkil etadi. Ushbu ko’rsatkich nafaqat reja bajarilishini tahlil qilishda, balki oy oxiriga qolgan yuklab jo’natilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va xizmatlarning haqiqiy tannarxini hisoblashda katta ahamiyatga ega. Buning uchun barcha schyotlar bo’yicha oy oxiriga to’lanmagan sotish qiymatidagi so`mmani foiz nisbatiga ko’paytiriladi. Koxonada haqiqiy tannarx bo’yicha qoldiq 90692 so’mga teng (110600 x 82,0 : 100). Jurnal–orderning analitik ma’lumotlari bo’yicha foyda so`mmasiga buxgalteriyada yozish uchun quyidagi korrespondentlanuvchi schyotlarni ko’rsatib ma’lumotnoma tuzadi: Debet - 9010, 9020, 9030- schyotlar Kredit - 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti. Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan tushum hisobi Xaridor va buyurtmachilardan olingan avanslar hisobi. Tovarlarni sotishdan olingan tushum hisobi. Ishlarni bajarish va xizmatlarni ko’rsatishdan tushum hisobi. Tovarlar eksporti bo’yicha xisob- kitoblar hisobi. Olingan bo’naklarning sintetik hisobi 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotida yuritiladi. Bu schyot moddiy qiymatliklarni yetkazib berish uchun yoki bajarilgan ishlar uchun olingan avanslar bo’yicha, shuningdek buyurtmachilar uchun bajarilgan qisman tayyor bo’lgan mahsulot va ishlarni to’lash bo’yicha olib boriladigan hisob – kitoblar to’g’risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. Olingan bo’naklar so`mmasi, shuningdek qisman tayyor bo’lgan ishlar va xizmatlar uchun olingan to’lanmalar, pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar (5010, 5110, 5210) ning debeti va 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotining kreditida aks ettiriladi. Masalan, ishlab chiqarish tannarxi 560000 so’m, sotish qiymati 800000 so’m bo’lgan Mahsulot uchun hisobot yilining 15 aprelida 15 % miqdorda, ya’ni 120000 so’m oldindan bo’nak to’lov qilindi. Mahsulot xaridorga 20 aprel kuni jo’natildi. 15 aprel kuni quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi beriladi: Download 31.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling