1-qism Qarshi 2010 «Kasbiy ta’lim va o‘qitish uslubiyoti»


Hayvonlarning intellektual harakatlari


Download 144.61 Kb.
bet24/69
Sana09.01.2022
Hajmi144.61 Kb.
#262977
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69
Bog'liq
psixologiyad004

Hayvonlarning intellektual harakatlari. Ayrim narsalar o‘rtasidagi murakkab munosabatlarning aks ettirilishi intellektual hara- katlarning asosini tashkil qiladi. Yuksak darajada taraqqiy etgan hayvonlar narsalar o‘rtasidagi munosabatlarni payqay oladilar va mazkur vaziyatga qarab, uning natijasini oldindan ko‘ra olishadilar. Bunday harakatni aqliy harakat tipi deyish mumkin.

Odamlar yuksak darajada taraqqiy etgan hayvonlar orasida pri- matlarni (odamsimon maymunlarni) alohida o‘ringa qo‘yadilar. Ularning faoliyatining aktivligi, buning ustiga ularda ko‘zning yuksak darajada tara­qqiy qilganligi ularning idrok doiralarini beqiyos ravishda kengaytiradi, tajriba boyliklarini nihoyatda oshirib yuboradi, ko‘nikmalarning tarkib topishi hamda harakat shakllarining vujudga kelishi uchun boshqa hayvonlardagiga qaraganda baquvvat asosni yuzaga keltiradi .

Maymunlar intellekti (aqli) ularning murakkab masalalarni yecha olishlari bilan ajralib qolmay, balki ular faoliyatining yo‘nalishi bilan ham xarakterlanadi. Maymunlar qo‘llariga tushib qolgan narsalarni soatlar davomida mayda bo‘laklarga ajratilar, odamlarni har xil usullar bilan o‘z qafaslari oldiga jalb qiladilar, yerda sudralib ketayotgan hashoratni kuzatib tura oladilar. Maymunlar xulk-atvoridagi bunday xususiyatlarning kelib chiqishiga ularning yashash usuli sabab bo‘lgan. Boshqa hayvonlarga nis- batan maymunlarda harakatlarning taraqqiyot darajasi qo‘l tipidagi oldingi oyoqlarning mavjudligi bilan ham bog‘liqdir. «qo‘l»ning mavjudligi tufayli maymunlar tevarak-atrofdagi narsalar bilan juda murakkab munosabatlarga kirishish imkoniyatiga egalar.

Ma’lum sharoitlarda maymunlarda instinktiv shakllari ham namoyon bo‘ladi. Birok taraqqiy etgan katta maymunlarning instinktiv harakatlari taraqqiyotning pastki bosqichidagi hayvonlarning instinktiv harakatlaridan jiddiy farq kiladi. Masalan, uy qurish jarayonida maymunlar materialni an- aliz qilib ko‘rar ekan. Instinktlarda tashqi sharoit hisobga olinar ekan.

Maymunlarda ko‘nikma xosil qilishning ham o‘ziga xosligi bor. Agar past darajada rivojlangan hayvonlarda ko‘nikma tez shakllantirilsa, may­munlarda bu jarayon biroz murakkab kechadi. Maymunlarning «qiziquvchanligi» natijasida ularning diqqatini ko‘pincha biror harakat va ob’ektga qaratish, to‘plash qiyin.




  1. Download 144.61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling