1-qism Qarshi 2010 «Kasbiy ta’lim va o‘qitish uslubiyoti»


Download 144.61 Kb.
bet26/69
Sana09.01.2022
Hajmi144.61 Kb.
#262977
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69
Bog'liq
psixologiyad004

Ong haqida tushuncha. Ob’ektiv borliq inson miyasida turli xil darajada aks etadi. Ong psixikaning eng yuksak darajasi bo‘lib, u faqat in- songagina xosdir. Ong ijtimoiy tarixiy sharoitda, mehnat faoliyatida boshqa odamlar bilan til yordamida munosabatda bo‘lishi natijasida shakllangan. Ong genetik taraqqiyot jarayonida ham ong ijtimoiy muhit ta’siri ostida faoliyat va muloqat jarayonida shakllanadi.

Ongning mohiyati to‘g‘ri tushunish uchun uning tuzilishini ko‘rib chiqish lozim. Ong quyidagi to‘rt muhim psixologik xarakteristika bilan aniqlanadi:

Ongning birinchi xarakteristikasi uning nomida aks ettirilgan: ong, anglash. Inson ongi tevarak-atrof, tashqi va insoning o‘zining ichki dun- yosiga oid bilimlar to‘plami, yig‘indisidan iboratdir. Agar inson tashqi olam va o‘zi ichki dunyosi haqida bilimlarni o‘zlashtirish va anglashdek muhim xususiyatdan mahrum bo‘lganda, unda hech qanday bilim va ong shakllanmagan bo‘lar edi. Bizning bilimlarimiz ongning birlamchi, asosini tashkil kiladi. Bilimlar turli psixik jarayonlar (bilimlar sezgi, idrok, diqqat va h.k. yordamida o‘zlashtiriladi, xotirada saqlanadi, tafakkur jarayonida tahlil qilinadi) yordamida o‘zlashtiriladi va boyitib boriladi. Bilish jarayon- laridan birining buzilishi, kasallanishi (batamom ishdan chiqishi haqida gapirmasak ham bo‘ladi) ongning buzilishiga olib keladi.

Ongning ikkinchi xarakteristikasi unda sub‘ekt va ob’ekt o‘rtasidagi farq o‘z ifodasini topadi. Boshqacha kilib aytganda inson o‘zini boshqalar- dan va tashqi olamdan farqlaydi, unda «men» va «men emas» tushunchasi mavjud. Odam organik olam tarixida birinchi marta undan ajralib chiqdi va o‘zini tashqi olam, tevarak-muhitga qarshi qo‘ydi. Bunday xususiyatning paydo bo‘lishining natijasi insonning o‘z-o‘zini bilishi va o‘zligini angla- shida, o‘z-o‘zini baholashida aks etadi. Insongina o‘zining tashqi olamdan, predmetlardan, boshqa kishilardan farqini, ustunligini va kamchiliklarini anglay oladi. Shunday anglash va taqqoslash kishining shaxs sifatida rivojlanishining asosini tashkil kiladi. Nafaqat alohida shaxsning, balki millatning xalqning rivojlanishi ham uning o‘zligini anglash bilan bog‘liq.

Ongning uchunchi xarakteristikasi - maqsad qo‘yish va maqsadga yo‘nalganlik bilan belgilanadi. Har qanday faoliyat maqsadni aniqlash ongning funktsiyasi. Har qanday faoliyatni amalga oshirishda maqsad qo‘yiladi. Faoliyat motivlari yuzaga keladi, irodaviy qarorlar qabul qi­linadi, harakatlarni bajarish yo‘llari ishlab chiqiladi va sharoitni hisobga olgan holda zaruriy tuzatishlar kiritib boriladi. Ma’lum sabablar ta’sirida maqsad ko‘zlash yoki boshqarish, koordinatsiya qilishdagi buzilishlar ongning buzilishiga olib keladi.

Ongning to‘rtinchi xarakteristikasi - unda odamning ma’lum munosabatlari aks etishida. Inson o‘z atrofida bo‘layotgan voqealarga, ob’ektiv borliqqa o‘z faoliyati va uning natijalariga adekvat munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat uning his-tuyg‘ularda namoyon bo‘ladi. His- tuyg‘ular va munosabatlarning o‘zgarishi, noadekvatligi ongning buzilish- idan darak beradi.

Til, o‘zaro munosabatlar, faoliyat ongning yuqorida ko‘rsatilgan bar- cha sifatlarining tarkib topishining zaruriy sharoiti hisoblanadi.

Psixologiya fanida «ong» tushunchasi bilan bir qatorda «ongsizlik», «ong osti» tushunchalari ham o‘rganiladi va tahlil qilinadi. Ongsizlik psixikaning quyi darajasi bo‘lib, bunda qilinayotgan ishlarga hisobot be- rilmaydi, xulq-atvor va hatti-harakatlar ongli ravishda boshqarilmaydi. Ongsizlik sohasida quyidagi psixik hodisalarni kiritish mumkin: uyqu ho- latidagi hodisalar (tush ko‘rish), ilgari ongli bajarilgan ammo ko‘p takror- lanishi natijasida avtomatlashib ketgan hatti-harakatlar; faoliyatga undo- vchi, ammo anglanmaydigan mayllar va h.k. Kasal odam psixikasida yu- zaga keladigan ba’zi patologik holatlar ham ongsizlik hodisalari jumlasiga kiradi: alahlash, gallyutsinatsiya va shu kabilar.

O‘z - o‘zini tekshirish savollari :



  1. Biologik evolyutsiyada psixikaning paydo bo‘lish g‘oyalarini asoslang.

  2. Biotik faktor nima ?

  3. Sezuvchanlik gnetikasi nimaga asoslanadi ?

  4. Sezgi organi tushunchasini ta’riflang.

  5. Instinkt nima ?

  6. Ko‘nikma tushunchasini izohlang.

  7. Hayvon intelektual tushunchasini aytib bering.

  8. Inson va hayvon psixikasi o‘rtasidagi asosiy farqlar nimalarda na- mayon bo‘ladi ?

  9. Ong haqidagi tushunchani ta’riflang.

  10. Psixikada tilning rolini tushuntiring.

  1. mavzu. SHAXS TUZILISHI VA SHAKLLANISHI.


Download 144.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling